Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Konsignatsiya muomalalari hisobi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

12.9. Konsignatsiya muomalalari hisobi 
Bir tomonning (konsignantning) boshqa tomonga (konsignatorga) xorijiy mamlakat 
omboridagi tovarni o‘z nomidan, biroq konsignant hisobiga sotish to‘g‘risidagi topshirig‘i 


konsignatsiya
deyiladi. 
Konsignatorni - konsignatsiya savdosini tashkil qilish topshirig‘ini bajarishni o‘z 
zimmasiga oluvchi, biroq tovarning egasi hisoblanmagan shaxsni taqdirlash miqdori va tartibi 
konsignatsiya shartnomasida sotiladigan tovar qiymatining muayyan foizi ko‘rinishida yoki eng 
kam narx bilan sotish narxi o‘rtasidagi farq ko‘rinishida beriladi. 
Korxonalar tomonidan konsignatsiya shartlari asosida olinadigan tovarlar 004-
«Komissiyaga olingan tovarlar» balansdan tashqari hisobvarag‘ida hisobga olinishi kerak. 
Konsignatsiya muomalalarini hisobga olish Adliya vazirligi tomonidan 1999 yilning 21 
yanvarida ro‘yxatga olingan Moliya vazirligining «Konsignatsiya operatsiyalari buxgalteriya 
hisobining xususiyatlari to‘g‘risidagi» tushuntirishi, «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son 
BHMA hamda Moliya vazirligi, Davlat Soliq O‘o‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, 
Markaziy bank tomonidan 2001 yil 7 noyabrda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi, statistika va 
boshqa hisobotda xorijiy valyuta muomalalarini aks ettirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» bilan 
tartibga solinadi. 
Konsignatsiya asosida amalga oshiriladigan muomalalarda daromaddan ajratma va O‘O‘S 
to‘lash alohida xususiyatlarga ega. Buni quyidagi muomalalarda ko‘rib chiqamiz. 
1. Faoliyatning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i va O‘O‘Sni 
to‘lovchilar. 
- Konsignatsiya tovarining kelib tushish paytida hisoblangan va to‘langan O‘O‘S 
summasiga: 
D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» 
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik». 
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». 
- Bojxona bojlari va aktsiz solig‘ini hisoblab yozish va to‘lash: 
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» 
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik». 
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». 
Tovarlarni shartnomaviy bahoda sotish: 
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
K-t 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad». 
- Tovar invoysi va BYuD bo‘yicha konsignant daromadi va konsignant daromadi qiymatiga (agar 
bu shartnoma shartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa) sotish kuniga bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha: 
D-t 9120-«Sotilgan tovarlar tannarxi» 
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar». 
Bir vaqtning o‘zida 004-«Komissiyaga qabul qilingan tovarlar» hisobvarag‘idan 
konsignatsiya tovari qiymati hisobdan chiqariladi. 
- Tovarni sotishdan tushgan tushumni kirim qilish: 
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» 
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar». 
- Konsignatorning yalpi daromadi summasiga: 
D-t 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad». 
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija».
- Sotish hajmiga hisoblangan O‘O‘S summasiga: 
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar». 
- Bojxonada avval to‘langan O‘O‘Sni hisobga olish: 
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» 
K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari». 
- Byudjetga to‘langan O‘O‘S summasiga: 


D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». 
- Davr xarajatlarini hisobdan chiqarish: 
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» 
K-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar». 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin