Ќo‘shma korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
paytidagi va ustav kapitaliga amalda valyuta va valyuta boyliklariga oid badallarni kiritish paytidagi
valyuta kurslarining farќlanishi natijasida kursdagi tafovut yuzaga keladi.
Misol. Ta’sis shartnomasiga muvofiќ ќo‘shma korxonaning ustav kapitalida chet ellik muassisning
ulushi 200 ming dollardan iborat. Hujjatlarni ro‘yxatda olish paytida 1$ 300 so‘mga teng
bo‘lganligini hisobga olgan holda, uning ulushi 60000 ming so‘m, deb baholandi. Biroќ pul
mablag‘lari bilan badallar to‘lash paytida 1$ 310 so‘mga teng bo‘lgan. Bu esa korxona so‘m hisobida
200 ming dollarni olib, 60000 ming so‘m emas, balki 62000 so‘mga ega bo‘ladi, degan ma’noni
anglatadi. Bu tafovut 2000 (62000-60000)ming so‘m ќo‘shimcha sarmoyaga kiritiladi:
D-t 5210-«Mamlakat ichkarisidagi valyuta mablag‘lari»-62000 ming so‘m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar ќarzlari»-60000 ming so‘m
K-t 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farќ»-2000 ming so‘m.
Biroќ keyinchalik xorijiy valyutadagi pulga oid moddalar har bir hisobot davri yakunlanadigan
sanada ќayta baholanadi, bu ќayta baholash natijasi kelgusi davrlar daromadi yoki xarajatlariga
o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: