Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
19.5. Rezerv kapitali hisobi 
Amaldagi ќonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil etiladi. Uning miќdori jamiyat 
ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Rezerv kapitali
har yili sof foydadan 
ajratmalar o‘tkazish yo‘li bilan jamiyat ustavida belgilangan miќdorga yetguncha tashkil etiladi. 
Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini ќoplash, imtiyozli aktsiyalar uchun dividend to‘lash, 
aktsiyadorlar talabiga ko‘ra aktsiyalarni ќayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda 
rezerv kapitali hisobvaraќlari uzoќ muddatli aktivlarni ќayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion 
rezervlarga muvofiќ foyda hisobidan tashkil ќilinadigan rezerv hisobi uchun mo‘ljallangan. 
Rezerv kapitali hisobi ќuyidagi hisobvaraќlarda yuritiladi: 
8510-«Aktivlarni ќayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 
8520-«Rezerv kapitali»; 
8530-«BeYoaraz olingan mol-mulk». 
8510-«Aktivlarni ќayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» hisobvarag‘i ќayta baholash natijasida aktivlar 
ќiymatining oshishini hisobga oladi. 
Misol. Transport vositasining boshlanYoich ќiymati 500000 so‘mga, eskirish ќiymati 200000 so‘mga 
teng. 3 koeffitsient bilan ќayta baholash natijasida transport vositasining boshlanYoich ќiymati 
1500000 so‘m (500000*3)gacha oshgan. Transport vositasining eskirishi esa 600000 so‘m 
(200000*3)gacha oshgan. Transport vositasining boshlanYoich ќiymati o‘rtasidagi farќ 1000000 
so‘m(1500000-500000)ga eskirish ќiymati o‘rtasidagi farќ 400000 so‘m(600000-200000)ga teng. 
Ushbu muomalalar hisobda ќuyidagicha aks ettiriladi: 
D-t 0160-«Transport vositalari»-1000000 so‘m 
K-t 8510-«Aktivlarni ќayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»- 1000000 so‘m 
D-t 8510-«Aktivlarni ќayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»- 400000 so‘m 
K-t 0260-«Transport vositalarining eskirishi»- 400000 so‘m. 
Asosiy vositalar kabi ќimmatli ќoYoozlar ham ќayta baholanadi. 
Misol. Korxonada balans ќiymati 80000 so‘mlik ќimmatli ќoYooz bor. Ularning hisobot davri 
oxiridagi bozor ќiymati 85000 so‘mga teng bo‘lgan. 
Agar korxona o‘z investitsiyalarini ќayta baholangan ќiymat bo‘yicha hisobga olsa, u holda ќayta 
baholashdan olingan daromad rezerv kapital hisobvaraќlarida aks ettiriladi: 
D-t 0610-«Ќimmatli ќoYoozlar»-5000 so‘m 
K-t 8510-«Aktivlarni ќayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»-5000 so‘m. 
Agar keyingi hisobot davriga kelib bu ќimmatli ќoYoozlarning bozor ќiymati kamaysa, unda mazkur 
ќimmatli ќoYoozlar bo‘yicha avvalgi ќayta baholash doirasida rezerv kapitalini kamaytirish hisobiga 
uni ќoplash mumkin. Bu ќimmatli ќoYoozlar bo‘yicha tashkil etilgan rezervdan oshuvchi narxning 
pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi. 
Misol. Ќimmatli ќoYoozlarning bozor ќiymati 78000 so‘mga tushib ketgan, ya’ni 7000 so‘mga 
kamaygan: 


D-t 8510-«Aktivlarni ќayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»-5000 so‘m 
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshќa xarajatlar»-2000 so‘m 
K-t 0610-«Ќimmatli ќoYoozlar»-7000 so‘m. 
AJ rezerv kapitali ustavda belgilangan miќdorga yetguniga ќadar har yili sof foydadan ajratmalar 
yo‘li bilan shakllantiriladi: 
D-t 8710-«Hisobot davridagi taќsimlanmagan foyda (ќoplanmagan zarar)» 
K-t 8520-«Rezerv kapital». 
Rezerv kapitali korxona ko‘rgan zararini ќoplash, imtiyozli aktsiyalar uchun dividend to‘lash, 
aktsiyadorlar talabiga ko‘ra aktsiyalarni ќayta sotib olish uchun ishlatiladi. 
Masalan, hisobot davrida foyda mavjud bo‘lmaganida imtiyozli aktsiyalar uchun dividendlar to‘landi: 
D-t 8520-«Rezerv kapital» 
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar». 
Korxona tugatilayotganida turli debitorlarning ќarzlari hisobdan chiќarildi: 
D-t 8520-«Rezerv kapital» 
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar». 
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga muvofiќ turli maќsadlar uchun rezerv fondi boshќa mulkchilik 
shaklidagi korxonalarda ham tashkil etilishi mumkin. 
Mol-mulk tekinga olinganida ќuyidagi provodka beriladi: 
D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar» 
D-t 0410-0490-«Nomoddiy aktivlar» 
D-t 0610-«Ќimmatli ќoYoozlar» 
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» 
K-t 8530-«BeYoaraz olingan mol-mulk». 
Amaldagi ќonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk ќiymati foyda soliYoi bazasini oshiradi. 
Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida aniќlangan adolatli 
ќiymat bo‘yicha hisobda aks ettiriladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin