Abdurahimova Dilnavoz
Farg'ona davlat universiteti
Filologiya tillarni o'qitish o'zbek tili yo'nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada badiiy tahlil yo‘nalishlaridan biri bo‘lmish lingvistik
tahlil hamda uning Abdulla Oripov she‘rlaridagi tatbiqi keng yoritilgan.Shoir she‘rlarida
qo‘llanilgan maqollarning semantikasi va funksiyasi izohlangan.
Kalit so‘zlar:
lingvopoetika,variantlilik va versiyalilik,sinonimlik.
Tilshunoslar tomonidan badiiy asarning lingvopoetik xususiyatlarini keng ko‘lamda
tadqiq qilish keyingi yillarda alohida ahamiyat kasb etib bormoqda.Abdulla Oripov she‘rlari
ham til xususiyatlari yuzasidan diqqatga sazovordir.Shoirning so‘z
tanlashdagi mahoratini
tahlil etish tilshunoslik uchun o‘ziga xos xususiyatga egadir.Chunki aynan shu jihat orqali
yozuvchining uslubi namoyon bo‘ladi.Abdulla Oripov she‘riyatidagi o‘zgachalik uning badiiy
asar tili,badiiy tasvir vositalari hamda xalqona ruhida.
Xalqimiz ko‘p asrlik og‘zaki va yozma madaniy meroslarga egadir.Ibora
va maqollar
ana shunday madaniy merosimizning ajralmas qismi sanaladi.Ularni gap tarkibida qo‘llash
esa fikrimizni ta‘sirchan,jozibali qiladi.Muallif o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini ibora va
maqollar
orqali qisqa,lo‘nda hamda ta‘sirli ifodalaydi.Iste‘dodli shoir Abdulla Oripov ham
o‘z maqol va iboralardan unumli foydalanib xalqchil asarlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan
ijodkordir.Ushbu maqolada shoir she‘rlarida qo‘llanilgan maqollar quyidagicha
semantik
tahlil qilindi.
1.She‘rlarda maqollarning aynan qo‘llanilishi.
2.Ularning tarkibini kengaytirish yoki sinonimi bilan almashtirish.
3.Maqollarning ba‘zi qismlarini tushirib qo‘llash.
Shoir she‘rlarida qo‘llanilgan maqollar fikrning ixcham ifodalanishiga,his-tuyg‘u
hamda kechinmalarning ta‘sirchan ifodalanishiga xizmat qilgan.
Tuz ichgan joyingga, qirq kun salom qil,
Nechun bu hikmatni aylamayin yod.
Shoirning ming ko’zli
buloqday asl,
Nazmiy chashmasidan bahramand avlod.
She‘rning birinchi misrasida qo‘llanilgan "Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom
ber"maqoli qadim-qadimdan ishlatilib kelinadi.Maqol deyarli o‘zgartirilmagan faqat shoir