O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix01.12.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#170457
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Birinchidan, 
xalqimiz chorizm mustamlakachi saltanati va sovet mustabid 
saltanati o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini, har ikkalasi ham o‘zbek xalqining 
milliy dushmani ekanligini aniq -ravshan tushundi. 
Ikkinchidan, 
katta tajribaga ega bo‘lgan dushmanga qarshi kurashda milliy 
istiqlolchilar tajribasizlik qildilar. Kurash asosan stixiyali tarzda olib borildi, ularda 
siyosiy kurash madaniyati yetishmadi, xalqimiz dushmanga qarshi kurashda yakdil 
bo‘laolmadi, milliy birlik bo‘lmadi. Xalqning ma’lum bir qismi hali ham 
mustamlakachilarga ishonar edi. Milliy birlikni ta’minlay olmadi. Umumiy 
dushmanga qarshi kurashda birlasholmadi.] 
Uchinchidan, 
mustamlakachilarga qarshi kurashda xalqni o‘z orqasidan 
ergashtira oladigan, nazariy-ilmiy asoslangan dasturga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot 
bo‘lmadi. 
To‘rtinchidan, 
80-yillar oxirlaridagi voqealar mamlakatda ijti- moiy-siyosiy 
va iqtisodiy sohalarda zudlik bilan sifat o‘zgarishlami amalga oshirish lozimligini 
ko‘rsatdi. 
Ekologik qabohat 
Sovetlar saltanatining O‘zbekistonda olib borgan qabohatli mustamlakachilik 
siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqarishning ekstensiv yo‘ldan 
rivojlantirilishi, paxta yakkahokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli moddalarning 
ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo‘jaligida haddan ziyod ishlatilishi 
mamlakatimizda ayniqsa 80-yillarda halokatli tus olgan ekologik buhronni keltirib 
chiqardi. Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Turkiston o‘lkasida ekologik 
qabohatning dastlabki tamal toshini V.I.Lenin qo‘ygan edi. Biz bu yerda 1918-yil, 


25 
18-mayda V.I.Lenin imzolagan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining «Turkistonda 
sug'orish ishlariga 50 million so‘m mablag' ajratish to‘g'risidagi» dekretini nazarda 
tutmoqdamiz. Aslida shu pul berilmagan edi. «Inqilob dohiysi» bu ajratilgan 
summani Mirzacho‘l yerlarini o‘zlashtirishga sarflashni nazarda tutib, o‘tgan 
asrning 70-yillarda bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus ohmi N.F.Ulyanov, 
P.P.Semyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. V.I.Lenin boshlagan bu 
«tashabbus»ni Sovetlar hukumati Kommunistik firqa rahnamoligida rivojlantirdi. 
«SSSRda paxta mustaqilligi uchun kurash» amalda O‘zbekiston xalq xo‘jaligining 
ekstensiv yo‘l bilan bir tomonlama rivojlanishining bosh omili bo‘ldi va turg'unlik 
yillarida ekologik buhronni kuchaytirdi. Ayni paytda Markaziy Osiyo sharoitidagi 
tog' relyefi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori quyosh harorati va boshqa shuning 
singari geografik va iqlimiy xususiyatlar yildan yilga ortib bordi. Urbanizatsiya 
jarayoni kuchayib sug'orma qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlari kengaydi
kommunikatsiyalar o‘tkazildi, o‘rmonlar kesib yuborildi, suv resurslaridan oqilona 
foydalanilmadi, yerosti qazilma boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar 
amalda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, zug'um edi. Tabiat ham albatta insondan o‘ch 
olishi tabiiy bir holdir. O‘zbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi tabiiy 
holatlar belgilaydi: 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin