O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/26
tarix01.12.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#170457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Birinchidan, 
atmosfera 
havosining 
haddan 
tashqari 
bulg'anayotganligidandir. O‘zbekiston shaharlarining dcyarlik hammasida havoning 
ifloslanish darajasi sanitariya talablari darajasidan ancha yomonlashdi. Bu ayniqsa 
O‘zbekistonning sanoat markazlarida xavfli tus oldi. Jumladan olimlarning hisob-
kitoblariga qaraganda havoga chiqarilayotgan zaharli gazlar Olmaliq shahri 
aholisining har biriga 1374 kg, Farg'onada 676, Navoiyda 606, Angrenda 509 
kilogrammdan
26
to‘g'ri kelar ekan. Andijon, Guliston, Qo‘qon, Qarshi, Toshkent, 
Chirchiq va boshqa shaharlar havosi eng ifloslangan shaharlardan hisoblanadi. 
1990-yilda respublika aholisining har biriga hisoblaganda zaharli moddalar chiqiti 
203 kilogrammni tashkil etgan. Bu zaharli moddalarning asosiy manbalari sanoat 
korxonalari va transport vositalaridir. O‘zbekistonnig sanoat korxonalari har yili 1,2 
million tonna, avtotransportdan 2,2 million tonna zaharli chiqindilar tarqatgan. 
Birgina Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan
27
ortiq turli chiqindi 
gazlarni atrofga purkadi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud 
edi. Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo‘lmasdan O‘zbekiston qishloqlarida 
ham xavfli tus oldi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli ximikatlar 
tabiatni xarob qildi. 1987-1990-yillarda dehqonchilik maydonlarida pestitsidlardan 
foydalanish har gektar yerga 19,5-24 kilogrammdan bo‘lgani holda 79-84 ming 
tonnani tashkil etdi. Jami bo‘lib qishloq xo‘jaligida 70 xilga yaqin turli zaharli 
26
«Muloqot», 1992 yil, 3 -4,sonlar, 12-bet.
27
«Fan vaturmush», 1991 yil, 2-son, 12-bet. 


26 
kimyoviy moddalar ishlatildi. E'tiborli joyi shundaki, bu zaharli kimyoviy 
moddalarning faqat 1 foizigina zararkunanda hasharotga ta'sir qilar ekan, qolgan 99 
foizi tuproq, yer, suv, havo, o‘simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini 
zaharlagan. 
Ahvol shu darajada fojiali tus oldiki, g'o‘zalami defoliatsiya qilish bahonasida 
ming-ming tonnalab zaharli ximikatlami odamlar boshi uzra samolyotlarda sepildi. 
Bu har qanday fashizmdan ham dahshatli roq fojia edi. 
O‘zbekiston ekologiyasi buzilishining ikkinchi sababi bu suvga bo‘lgan 
munosabat bilan bog'liqdir. Sovetlar hukumatining ochko‘zligi, Amudaryo, 
Sirdaryo, Chirchiq, Zarafshon daryolari suvlaridan hisob-kitobsiz foydalanish oxir-
oqibatda Orol fojiasini keltirib chiqardi. Ayniqsa, Amu va Sirdaryoga keyingi 20-
30-yil davomida kollektor-zovur, sanoat va kommunal xo‘jaliklarning tashlandiq va 
zaharlangan suvlarning oqizishlari bu fojiani yanada kuchaytirdi. Shu davrda 
Orolning suv hajmi 60 foizdan ortiq kamaydi, uning quruqlikka aylangan sathi 2 
million gcktarni tashkil etadi. Ilgari tuz miqdori har bir litr suvda 9 grammgacha 
bo`lgan bo‘lsa, 90-yillar boshlarida u 2,5-3 barobar ortdi. Havoga, yerga 
sochilayotgan tonnalab qum-tuzlar Orolbo‘yi atrofida ham jonli va ham jonsiz 
tabiatni halokat yoqasiga keltirib qo‘ydi. Aholi dengiz atroflaridagi o‘z makonlarini 
tashlab ketishga majbur bo`ldilar. Masalan, Mo‘ynoq tumanida aholi 50-yillarga 
nisbatan ikki barobar kamaygan. Orol fojiasi tufayli o‘simlik va hayvonot dunyosi 
ham halokat yoqasiga kelib qoldi. 1970-yillardan keyingi davrda faqat Amudaryo 
mansabida qamishzorlar maydoni 7 barobar kamaydi, 50 dan ortiq ko‘l
28
qurib bitdi. 
Ekologik qabohatning uchinchi sababi tuproq tarkibining o‘zgarishi bo‘ldi. 
O‘zbekistonda 1990-yilga kelib o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlar 853 ming 
gektarni tashkil etdi. Tuproq tarkibining o‘zgarishiga hisob-kitobsiz ishlatilgan 
mineral o‘g'itlarning halokatli ta'siri ham katta bo‘ldi. Chunki mutaxassis 
olimlarning xulosalariga ko‘ra fosfor o‘g'iti bilan birgalikda tuproqqa ftor, uran, 
toriy, og'ir metall tuzlar ham o‘tar ekan. Ekologiya buzilishining to‘rtinchi sababi, 
respublika hayvonot va nabotot olamining o‘zgarishi bo‘ldi. O‘zbekistonda yovvoyi 
hayvonlaraing - 99, parrandalarning - 410, baliq-larning - 79 turi mavjud. 1990-yilga 
kelib 32 hayvon, 31 parranda, 5 baliq respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan. «Qizil 
kitob»ga kiritilgan o‘simliklarning soni esa 163 taga
29
yetdi. 
Mamlakatdagi ekologik qabohat aholi o‘rtasida har xil kasalliklarning 
ko‘payishiga olib keldi va katta fojialarga sabab bo‘ldi. Katta yoshdagi kishilar va 
o‘smirlar o‘rtasidagi umumiy kasallanish 1976-yildagi 2466,5 kishidan 1990-yilda 
3598,6 kishiga yetdi. Ma`lumotlarga ko‘ra, 1989-yilning o‘zidagina asab sistemasi, teri, 
teri osti hujayralari kasalliklari 1,4 barobar, qon aylanishi sistemasining kasallanish 1,3 
28
«Fan vaturmush», 1991 yil, 7-son, 14-bet. 
29
O`sha manba. 


27 
baravar ko‘paygan. Faol sil kasalligiga chalinish 3 foiz oshgan
30
. Oshqozon-ichak, 
virusli gepatit kasalliklari ko‘paydi, har xil shish kasalliklari kelib chiqdi. 
Xotin-qizlarda kamqonlik kasalligi avjiga mindi, bolalar o‘limi ko‘paydi. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og'ir bo`lgan mintaqalar - 
Orolbo‘yi, Toshkent viloyati, ayniqsa Angren, Olmaliq, Chirchiq va Toshkent 
shahrida, Farg'ona vodiysining ko‘pgina shaharlarida turli kasalliklarga chalinish 
yuqori darajadadir. «Orol-88» ekspeditsiyasi a'zolarining bergan ma`lumotlariga 
qaraganda Qoraqalpog'istonning Bo‘zatov tumanida har 1000 go‘dakdan 260 tasi 
nobud bo`lgan. O‘zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik kasalligiga chalingan, har 
uch nafar o‘zbek yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli harbiy xizmatga noloyiq
31
deb topilgan. O‘zbekistonda har yili ruhiy nuqsonli 6 mingdan ortiq bola
32
tug'ilardi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin