93
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI SHAXSINING
SHAKLLANISHIDA DO‘STLIK VA O‘RTOQLIK
MUNOSABATLARINING O‘RNI
Avazbekova Shohsanam Nurmamat qizi
Namangan davlat universiteti 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6592141
ANNOTATSIYA.
Maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxsining
shakllanishida do‘stlik va o‘rtoqlik munosabatlarining ahamiyati xususida so‘z
yuritilgan.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
do‘stlik; o‘rtoqlik; axloqiy sifat; ijtimoiy munosabat;
do‘stlik va o‘rtoqlik odoblari.
O‘zbekiston buyuk kelajagini yaratish, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari
darajasiga erishishida evolyutsion rivojlanish yo‘lini tanlangan. O‘zbek xalqiga
xos, tarixan qaror topgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar, urf-odatlar,
an’analar, axloqiy sifat va fazilatlarni o‘quvchi-yoshlarda tarbiyalash bugungi
kunning kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalaridandir.
Maktab ta’limiga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchisi yangi ijtimoiy munosabatlar
tizimiga qo‘shiladi, tengdoshlari bilan o‘quv faoliyatida birgalikda ishtirok etadi.
Garchi, boshlang‘ich ta’limda o‘quv faoliyati asosiy o‘rinda tursada, tarbiyaviy
vazifalar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Chunki, tarbiya va ta’limni bir-
biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda
tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu
bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va
tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni
etishtirib beradi.
Ayniqsa, boshlang’ich sinf o‘quvchilarida o‘zaro do‘stlik munosabatlarini
tarbiyalashga jiddiy muosabat bilan yondashish ham fikrimizning yorqin
dalilidir.
Qanday kishilarni do‘st, o‘rtoq deb ataymiz?
Bir tashkilotda, korxona yoki idoralarda birga ishlaydigan, maktab, kollej yoki
institutlarda o‘qiydigan va yagona maqsad uchun kurashatgan jamiyat a’zolarini
o‘rtoq deymiz. Umuman O‘zbekistonda yashayotgan ko‘p millatli fuqarolarning
barchasi bir-biriga do‘qt va o‘rtoqdirlar. Keng ma’nodagi bu tushuncha barcha
kishilarning porloq kelajak uchun – huquqiy, demokratik jamiyat qurish uchun
bir qadan bosh chiqarib, hamkorlikda ishlayotganida yaqqol namon bo‘ladi.
Buning yorqin dalili qaynoq hayotimizning o‘zidir.
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida o‘zaro do‘stlik munosabatlarini tarbiyalash –
kichik maktab yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasidir. U
94
Dostları ilə paylaş: |