Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Farmoningga yig‘lab cho‘kay tiz,
Sevgin meni!..
Darhaqiqat, go‘zal, haroratli misralar! Aynan shu misra 
mamlakatning eng baland tog‘i cho‘qqisiga tikilgan bay-
roqqa o‘xshaydi. Bu o‘rinda bayroq o‘sha mamlakatning 
borligiga, kuch-qudratiga yo‘naltirilgan bir ramz bo‘l-
gani yanglig‘, «Farmoningga yig‘lab cho‘kay
 
tiz» misrasi 
ham oshiqning sevgilisiga bo‘lgan cheksiz ishqidan bir 
dalil, nishon. Aynan shu misrada uning ma’shuqasi uchun 
har narsaga tayyor ekanligi ayonlashadi. Qolaversa, ay-
nan shu misra «Usmon Nosir» deb atalgan tarjimon, 
ayni paytda, «shoir-mamlakat» qudratini ham ko‘z-ko‘z 


88
89
qilguvchi bayroqdir. Birgina shu bayroqqa qaraboq tarji-
monning yusak iste’dodiga guvoh bo‘lish, undan hayrat-
lanish mumkin. Bu misralar asliyatda quyidagicha:
Я опущусь на дно морское,
Я полечу за облако.
Я дам тебе все, все земное –
Люби меня!..
«Я дам тебе все, все земное» tarjimada «Yer ne’matin 
senga tutay, qiz» deb o‘girilgan. Nazarimda, ruschadagi 
ta’kid (все, все...)ni berish uchun ham yana bitta misra 
tug‘ilgan. Ha, qo‘shilgan emas, aynan tug‘ilgan, ijod qi-
lingan:
 «Farmoningga yig‘lab cho‘kay tiz...»
Tarjimadagi ijodkorlik («Farmoningga yig‘lab cho‘kay
 
tiz»)ni yana qofiya («qiz – tiz») taqozosi deb ham talqin 
qilish mumkindir, ehtimol. Lekin gap faqat bunda emas. 
Asliyat qofiyasiga e’tibor berilsa, u yo‘q («морское – 
земное» qofiya emas). Bu borada (ya’ni qofiya masa-
lasida) tarjima varianti ustun ekanligini e’tirof etmoq 
kerak. Lekin asliyat o‘zicha juda go‘zal. U shu daraja-
da go‘zalki, hatto qofiyaga muhtoj emas. «Я опущусь 
на дно морское, Я полечу за облако» misralarining 
ma’no, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimasi «Dengizlarning 
tubiga tushaman (tushay), Bulutlarning ortiga uchaman 
(uchay)» bo‘lar edi. Usmon Nosir Lermontov chizgan 
manzarani Lermontov taklif qilgan badiiy gap konstruk-
siyasiga ko‘ra emas, balki o‘z so‘zlari bilan qayta yozib 
chiqadiki, natijada «Dengizlarning tublarin quchay, Bu-
lutlardan balandga uchay» kabi oltin misralar, chinakam 
ijod, asliyatga tengma-teng ijod namunasi dunyoga 
keladi. Chunki dengizning tubiga tushish bilan uni qu-
chish, bulutlarning ortiga uchish bilan ulardan baland-
ga uchish o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Xuddi 
oddiy gap bilan she’riy misra orasidagi tafovut kabi. Le-
kin baribir, unutmaslik kerakki, to‘g‘ri tarjima asliyatga 
adekvat (uyg‘un) tarjimadir.
Tarjima tarixiga nazar tashlasak, asosan, ikki xili ko‘zga 
yaqqol tashlanib turadi. Biri – taglamali (подстрочный) 
tarjima, ikkinchisi – mazmun tarjimasi. Aslida, badiiy 
tarjimaning necha xili bo‘lishiga qaramay, eng muhimi, 
asar ruhi to‘g‘ri tarjima etilmog‘i shart. Shu ruh berildi-
mi, qolgani katta-kichik tahrirlar bilan tuzatilishi mum-
kin. Ruh berilmasa-chi, barchasi bekor: chiroyli so‘zlar, 
silliq gap konstruktsiyalari, hikmatli so‘zlarning o‘rin-
li ekvivalentlari, qo‘yingki, butun «toat-ibodat» suvga 
oqadi-ketadi.
Adekvat tarjima muhim. Shu darajada muhimki, u asar 
taqdirini yo bor qiladi, yo yo‘q. Hozirgi zamonga kelib 
jahon adabiyoti va tarjima sohasida talay muammolar 
paydo bo‘ldi. Xususan, Moskvada o‘tkazilgan davra suh-
batida tarjimon va jurnalist Irina Kuznetsova aytadi: «Tah-
ririyatga fransuzcha she’rlar oqib keladi. Ular, asosan, 
Rembo, Verlen, Mallarme she’rlaridir. XX asrning ikkinchi 
yarmiga oid she’rlardan juda kam yuborishadi. Yuborish-
sa ham, turgan-bitgani dahshat! Ular tarjimasini hech kim 
uddalay olmaydi, axir!.. Gap shundaki, 50- va 60-yillarda 
fransuz adabiyotida navbatdagi inqilob sodir bo‘ldi. Na-
zarimda, xuddi shundan Fransiyada zamonaviy poeziya 
boshlandi. Yangi avlod «reallikni bosh dan oyoq ramzlash-
tirgan» syurrealizm merosiga qarshi bosh ko‘targan edi. 
Syurrealizm estetikasini Fransis Ponj «romantik-lirik sara-
ton ishig‘i» deb atagan. Xullas, lirika ma’nosini ohanjama-
dan xoli qilaman deya novatorlar oshi rib yuborishdi: axlat 
uyumiga nafaqat qofiya va poetik ko‘chimlarni chiqarib 
tashlashdi, balki she’riyatning barcha vositalarini gum-


90
91
don qilishlariga sal qoldi. Ularning uslublarida she’rga 
joy qolmadi. Bir fransuz tanqidchisi bu davrni «muzlash 
davri» deb nomlagandi, adashmasam. Nihoyat, mana, 
yaqindagina «erish» boshlandi. «Muzlash davri»ning 
she’rlari ikki-uchta bir-biri bilan hatto grammatik jihatdan 
bog‘lanmagan so‘zlardan iborat edi. 70-yillarning oxirla-
rida fransuz shoirlari bizga (Rossiyaga) kelganda so‘radik: 
«Har bir so‘zingizning ortida nima turibdi? Ular ortidagi 
bo‘shliqni nima bilandir to‘ldirishimiz kerak, axir!..» Chun-
ki, masalan, xitoy va yapon she’rlarining ortida an’ana, 
o‘qishi bilan ma’rifatli inson qalbida tug‘iladigan ko‘plab 
assotsiatsiya turadi. Bu yerda esa urushdan keyingi man-
zara yodingizga tushadi». Bu fikrga javoban forumning 
yana bir ishtirokchisi Yevgeniy Bunimovich quyidagicha 
fikr bildiradi: «Zamonaviy fransuz she’riyatini zamonaviy 
tarjimonlar tarjima qilishi kerak. Men boy madaniy kon-
tekst faqat yaponlarda bor degan fikrga qo‘shilmayman. 
O‘qimishli fransuz uchun o‘z konteksti ortida ko‘p narsa 
turgan bo‘lishi, uni ruschaga oddiy so‘zlar bilan tarjima 
qilganimizda u sezilmasligi mumkin. Chunki ruschada u 
kontekst yo‘q...» Davra suhbatining yana bir ishtirokchisi 
Mark Freydkin aytadi: «Deylik, mening qiziqishim XIX asr 
va XX asrning birinchi yarmi. 30 yoshlilarni 30 yoshlilar va 
hatto undan ham yoshlar tarjima qilishi kerak. Ayniqsa, 
bugungi she’riyat shaklan butunlay boshqa, yangi qiyo-
faga kirib borayotganda. Men ba’zan ingliz tilida qanday 
yozishayotganiga qiziqib internetga kiraman. Aytish ke-
rakki, kaminaning an’anaviy qarashlari bilan hamohangli-
gi yo‘q internetdagi she’rlarning. Shu uchun menga katta 
gonorar taklif qilishsa-da, men ularni tarjima qilmayman. 
Bu ularning rasvoligi yoki yozishni eplay olmaganidan 
emas. Yo‘q, ular bor-yo‘g‘i boshqa «til»da yozishyapti, 
ular qo‘llagan badiiy priyomlar menga notanish. Bosh-
qa auditoriyaga mo‘ljallangan she’riyat bu» (tarjima lar – 
U.H
.).
Bu munozaradan ham ko‘rinib turibdiki, tarjimada, tar-
jimonda gap ko‘p. Tarjimon hammani tarjima qila olmay-
di. Tarjimon o‘z ruhi, dunyoqarashi, didi va o‘z yo‘nalishi-
ga muvofiq tushgan asarnigina qoyillatib tarjima qilishi 
mumkin. Qolaversa, bir xil tizilgan so‘zlar zimnida ikki 
millat ijodkori ham, o‘quvchisi ham tamomila bosh qa-
boshqa ma’nolarni tushunishi mumkin. Ularning bir-biri-
ga muvofiq tushishi uchun ikki millat vakilining yashash 
sharoitlari, shartlari va boshidan kechirganlari o‘rtasida 
talay mushtarak jihatlar bo‘lmog‘i lozim. Yo‘qsa, «men ne 
deyman-u, qo‘bizim ne deydi»ni aytgan kishining holiga 
tushish hech gap emas.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin