Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod


g‘oya tashimaydigan, ba diiy  nochor asarlar bor. Biroq bu absurd va ekzistensializmning  XX



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

 
g‘oya tashimaydigan, ba diiy 
nochor asarlar bor. Biroq bu absurd va ekzistensializmning 
XX
 
asr jahon taraqqiyparvar adabiyotidagi munosib o‘rni-
ni, ushbu oqimga mansub shaxs va uning ruhiyatini bu-
tunlay yangi tomonlardan badiiy kashf etib bergan nodir 
asarlar ahamiyatini inkor etish uchun aslo izn bermaydi. 
O‘ta murakkab, ziddiyatli bu falsafani, adabiy-badiiy ho-
disani anglash, o‘rganish yo‘lidagi bizdagi dastlabki xayrli 
qadamlarni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga bu harakatni yo-
monotliq qilish, menimcha, insof va odobdan emas.
B. Sarimsoqovning absurd va ekzistensializmga ber-
gan bahosi o‘ta munozarali. San’at hodisasi sifatida ab-
surd tushunchasi bu so‘zning lug‘aviy ma’nosidan o‘zga-
charoqdir. Absurd, B. Sarimsoqov da’vo qilganidek, aslo 
ma’nisizlik emas, aksincha, teran ma’noga ega. Absurd 
adabiyot, san’atda adashgan, aldangan, behuda, sa-
marasiz mehnat-faoliyatga, ma’nisiz qismatga mubtalo 
etilgan shaxsning fojiasini ochib berish, kutilmagan to-
monlardan o‘ziga xos tarzda badiiy tahlil
 
etishdan iborat.
Ulug‘bek HAMDAM: 
Darhaqiqat, g‘alati hol, para-
doks. Fojia, tushkunlik, o‘lim kabi tushunchalar hayotda 
ijobiy ma’noga ega emas. Biroq bu mavzularda yaratil-
gan ba diiy durdona asarlarni sevib o‘qiymiz, ular necha 
asrlardan buyon odamlarni hayajonga solib keladi.
Umarali NORMATOV: 
To‘g‘ri! Absurd bobida ham 
ayni shunday. Absurd ko‘hna dunyo, hayot, yashashning 
ma’nosi haqidagi o‘ziga xos mushohadalar majmuasi-
dir. Absurd asar odat tusiga kirgan hayotiy hodisa, jara-
yonlarni yan gicha idrok etishga, bahsga undashi bilan 
qimmatli. Absurd asar aslo befarqlik, loqayd munosabat 
emas, balki fikrdagi, qalbdagi tug‘yon-isyon mahsulidir. 
Absurd ijod sohibi va
 
nazariyachisi Kamyuning «Absurd 
bu – o‘z cheki-chegarasini anglaydigan aql-idrok», «Men 
fikrdan nimani talab qilsam, absurd ijoddan ham ayni 
shuni – isyon, erkinlik va rang-baranglikni kutaman» de-
gan so‘zlarini unutmaylik!
Nahotki, XX asr absurd adabiyotining yuzlab nodir 
namunalari, jumladan, ona tilimizga allaqachon tarjima 
qilingan, kitob bo‘lib chiqqan, bugungi kunda maktab 
o‘quv dasturiga kiritilgan «Begona», «Vabo» asarlari ja-
miyatda ana shu asarlarga umuman estetik talab bo‘l-
magan paytda, ijodkorda esa «ehtiyoj farzandi» tug‘il-
maganda yozilgan bo‘lsa?! B. Sarimsoqov da’vo qilga-
nidek, absurd ada biyot «muayyan g‘oya
 
tashimaydigan 
adabiyot» ekan, nega bu adabiyotning ulkan namo-
yandasi va nazariyachisi A. Kamyu o‘z davrida «Ovru-
pa vijdoni», «aqllar hukmdori» degan nom oldi? Olim 
«ma’nisizlik»da, «loqaydlik»da ayblagan oqimga man-
sub adib insoniyat oldiga bugungi kun muammolari-
ni butun keskinligi bilan qo‘yuvchi adabiy asarlarining 
ahamiyati uchun nufuzli «Nobel» mukofoti bilan taqdir-
langan edi-ku!

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin