Ulug‘bek HAMDAM:
Fikringizni hurmat qilaman.
Biroq Bahodir akaning o‘zbek adabiyotida absurd asar
yaratilgan emas, buning uchun bizda zamin-muhitning
o‘zi yo‘q degan gaplari, har qancha munozarali bo‘l-
masin, baribir, muayyan asosga ham egadek tuyuladi.
Ayniqsa, bu gap sobiq sho‘ro davri o‘zbek adabiyotiga
140
141
tadbiqan olinganda yanada ishonarli jaranglaydi. Chu-
nonchi, A. Qahhorning siz eslagan asarlarini absurd ada-
biyot namunalari deya to‘la ishonch bilan aytish biroz
bahstalab. Chunki u asarlarda absurd ruhni, kayfiyatni
«tug‘ib beradigan» voqelikning ayrim parchalari chindan
ham tasvirlangan, lekin, nazarimda, asarning chinakam
absurd adabiyot namunasiga ko‘tarilishi uchun unda aks
etgan absurd voqelik asar muallifi tomonidan to‘la idrok
etilgan, anglangan bo‘lishi shart. Sho‘ro davrida ijod qil-
gan shoir va adiblarimizning hech birini, fikrimcha, tom
ma’noda absurd ijodkor deya olmaymiz...
Umarali NORMATOV:
Bu fikr ham munozarali. Hat-
to absurd asarning ahamiyatini har jihatdan himoya qilib
chiqqan Jabbor Eshonqulov «Voqelik va xayolot» sar-
lavhali mazmundor maqolasida (O‘zAS. 2002-y. 12-iyul)
«absurd asar absurd ijodni talab qiladi», «absurd ijod
yo‘q joyda absurd asar ham bo‘lmaydi» deydi. To‘g‘ri gap.
Biroq bunday qarash biroz aniqlik kiritishga muhtoj. Ab-
surd adabiyot nazariyachilarining fikricha, absurd ijodga
mansub bo‘lmagan adiblar bisotida ham absurd g‘oyasi
,
tuyg‘usi, absurd qahramon qarashi, absurd muammosi
qo‘yilaverishi mumkin.
Masalan F. Kafka absurd ijodkor
emas, lekin bu buyuk adib asarlarida absurd problema-
si butun keskinligi bilan yoritilgan. Bugina emas, jahon
adabiyotidagi Gogol, Dostoyevskiy singari daho re alist
yozuvchilar ijodida ham ayni shu holni kuzatish mumkin.
Shuningdek, absurd doirasi ham nihoyatda keng. Sizif
haqidagi rivoyatda namoyon bo‘lgani kabi keng qam-
rovli, azal va abadga daxldor ma’nolarni tashuvchi asarlar
bilan barobar, oddiy kundalik real voqea-hodisalar qa-
lamga olingan asarlarda ham bu tuyg‘u, g‘oya namoyon
bo‘laverishi mumkin. Biz har xil maqomga solib, torti-
shib, chalkashtirib yurgan absurd tushunchasi mohiyati-
ni Kamyu Sizif haqidagi qadimgi mif misolida sodda va
lo‘nda qilib ochib bergan.
O‘sha asotirga ko‘ra, bu foniy dunyoning hoy-u ha-
vaslariga mukkasidan berilib ketgan Sizif og‘ir
jazoga –
poyoni yo‘q samarasiz mashaqqatli mehnatga mahkum
etiladi: u ulkan xarsangtoshni tog‘ cho‘qqisiga ne-ne
azoblar bilan dumalatib chiqadi, endi yetdim deganida
bu tosh orqaga – pastga dumalaydi. Sizif bunday sama-
rasiz mashg‘ulotni uzluksiz davom ettiradi. Kamyu Sizifni
absurd qahramon deb ataydi. Sizifning mangu besamar
mehnati, fojeiy qismatini eslatadigan hodisalarni bu fo-
niy dunyoda hamma zamonlarda, har qadamda uchra-
tish mumkin. Adib umr bo‘yi mehnat qilayotgan hozirgi
ishchilarning qismati absurdlik bobida Sizifnikidan kam
emasligini ta’kidlaydi.
Ana shu qarashlarga tayanadigan bo‘lsak, XX asr o‘z-
bek adabiyotida, xususan, Cho‘lpon, Qahhor ijodida,
80-yillar oxiri va 90-yillarda paydo bo‘lgan o‘nlab she’r,
doston, hikoya, romanlarda absurd tuyg‘usi, g‘oyasi, ab-
surd qahramonni eslatadigan talay personajlar mavjud-
ligi sirayam ajablanarli emas. A. Qahhorning o‘tmishdan
olib yozgan hikoyalari, «Sarob» va «O‘tmishdan ertak-
lar» asarlari bu jihatdan yangi o‘zbek adabiyotida noyob
hodisadir. Qahhor ijo dida absurd talqinning mavjudligi
xususida so‘z ochish, B. Sarimsoqov da’vo qilganidek,
uni realizmga zid «ma’ nisiz adabiyot» botqog‘iga tash-
lash emas! Qahhor asarlarida absurd xususiyatlarining
mavjudligini e’tirof etish aslo bu ulug‘ adibni realizm-
dan chetlatish degani emas! Kamina qalamiga mansub
«O‘tmishdan ertaklar» va absurd» maqolasida Qahhor
asarlaridagi absurd alomatlari rea lizm an’analari zamini-
142
143
da shakllangan, mustabid mafkura sinfiylik tushunchala-
ri g‘uborlaridan xoli bo‘lmagan betakror adabiy hodisa
ekani aytilgan. Shuningdek, «Lolazor», «Otamdan qol-
gan dalalar», «Tushda kechgan umrlar», «Olabo‘ji» kabi
realistik romanlardagi bir qator personajlar qismatida
absurd muammosining qo‘yilishi zamonaviy jahon ada-
biyotidagi mavjud tajribalarga aynan mosdir.
Nihoyat, absurd asarlarda shaxsning jamiyatdan qo-
chishi, begonalashuvi, yolg‘izlik muammosi talqini xu-
susidagi e’tirozlarga ham qo‘shilish qiyin. Bu muammo
faqat absurd adabiyotigagina tegishli emas, Odam Ato
zamonidan tortib hamma davrlar adabiyotida qandaydir
ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Jumladan, o‘zbek mumtoz
adabiyotimizda, Navoiy, Bobur, Mashrab she’riyatida bu
tuyg‘u g‘oyat
zo‘r ehtiros bilan yoritilgan. Absurd ada-
biyot esa bu muammoni butun keskinligi bilan o‘rtaga
qo‘ygan. Bizda ham shunday. Qolaversa, deyarli barcha
mintaqalarda bo‘lgani kabi, Sharqda ham keng tarqalgan
bu foniy dunyoning «besh kunlik», «omonat», «bevafo»
ekani haqidagi qarashlar, bu qarashlarning, xususan, Yas-
saviy, Boqirg‘oniy, Mashrab, So‘fi Olloyor kabi shoirlar
ijodidagi talqini hozirgi milliy adabiyotimizdagi absurd-
ning muayyan falsafiy zaminidir. Shunisi xarakterliki, ab-
surd adabiyoti umidsizlikni yoyadigan, tarkidunyochilik-
ni targ‘ib etadigan adabiyot emas. Kamyuning fikricha,
inson farzandi absurddan cho‘chimasligi, undan xalos
bo‘lishga intilmasligi darkor, chunki buning aslo iloji yo‘q,
absurd dunyosi bu tun insoniyat hayotini qamrab olgan.
Inson shunday harakat qilishi va yashashi kerakki, u o‘zini
bu absurd dunyoda baxtli his qilsin. Absurd adabiyoti-
ning eng yorqin namunalari bag‘rida ayni shu g‘oya nur-
lanib turadi.
E’tirof etish kerak, absurd, ekzistensializm, umuman,
modernizm muammolarini, xususan, ularning milliy ada-
biyotimizdagi ko‘rinishlarini o‘rganish, talqin etishda hali
tajriba kamligi uchun qator qiyinchilik va chalkashliklar
uchramoqda. Ularni ro‘kach qilib bu jiddiy muammodan
yuz o‘girishga qaratilgan da’vatlar, cho‘chitishlarni tu-
shunish qiyin. Bunaqa da’vat, cho‘chitishlar zamon ruhiga
zid! Absurd tasvir – san’at va adabiyotdagi o‘nlab, balki
yuzlab talqinlarning biri. Uni xushlamaslik, unga qo‘shil-
maslik, u bilan bahslashish mumkin, biroq uni butunlay
rad etish ziyoli, olim odamning ishi emas!
Kishini quvontiradigan holat shundaki, so‘nggi yillar
adabiyotshunosligida XX asr o‘zbek adabiyotini o‘rga-
nish, talqin etishda aqidaparastlar mezonlaridan qochib,
yangicha yo‘llar qidirish mayli kuchayib bormoqda. Bu
yo‘llardagi dastlabki izlanishlar, yangicha kuzatish, tah-
lil va talqinlar, umuman, XX asr o‘zbek adabiyoti, uning
jahon zamonaviy adabiyotida tutgan o‘rni xususidagi ta-
savvurlarimizni xiyla boyitmoqda. Ayniqsa, milliy adabi-
yotimiz nodir namunalarining jahon zamonaviy adabiyo-
ti, jumladan, modernizm durdonalari bilan siyosiy tahlil
va talqinlari kutilmagan xulosalar chiqarish uchun izn va
asos bermoqda.
Shu paytga qadar «Qutlug‘ qon» romani M. Gorkiy ijodi,
xususan, «Ona» romani an’analari ta’sirida dunyoga kelgani
aytilardi. S. Sodiq «Yangi o‘zbek adabiyoti» qo‘llanmasida
bu asarni J. Steynbekning «Nobel» mukofoti berilgan «G‘a-
zab shodalari» romani bilan qiyos qilib, bu ikki asar asosiy
pafosi va bosh qahramonlar – Yo‘lchi va Tom qismati talqi-
nida talay mushtarakliklar mavjudligini ko‘rsatadi.
X. Do‘stmuhammad «Ozod iztirob quvonchlari» kito-
bida yapon adibi Akutagava Ryunoskening «Biseyning
144
145
sadoqati» hikoyasi bilan Oybek lirikasi, «Rasyomon dar-
vozasi» bilan G‘. G‘ulomning «Mening o‘g‘rigina bolam»
hikoyasida g‘aroyib ohangdoshlik jihatlarini topadi. Yosh
tadqiqotchi Sh. To‘ychiyeva «Cho‘lpon va Kamyu» maqo-
lasida «Kecha va kunduz» va «Begona» asarlaridagi sud
jarayoni tasvirini qiyoslash orqali har ikkisida ekzistensi-
alizm, absurd tuyg‘usi va g‘oyasi
talqinidagi o‘xshashlik-
larni aniqlashga urinadi. Suvon Meli Dostoyevskiyning
«Telba» va G‘. G‘ulomning «Shum bola» asarlari qiyo-
siy tahliliga bag‘ishlangan ma’ruzasida bu ikki asardagi
asoslanmagan ongning namoyon bo‘lishi xususida qi-
ziqarli kuzatishlarni o‘rtaga tashlaydi. M. Sharafiddinova
esa beriroq kelib, O‘. Hoshimovning «Ikki eshik orasi» ro-
mani badiiy strukturasiga oid tadqiqotida mazkur roman
ifoda tarzi yo‘llari jihatidan Nabokov asarlari poetikasiga
yaqin turishini aytadi...
Shaxsan men ham A. Qahhorning «Sarob» romanida-
gi bosh personaj tasviri va talqini ko‘p jihatdan Kafkaning
«Jarayon»iga yaqin turishi, bu romanda, shuningdek,
«O‘tmishdan ertaklar»da ekzistensializm, absurdizm xu-
susiyatlari mavjudligani isbotlashga harakat qilganman.
Shunisi qiziqki, «Telba» romanini mustasno etganda,
qiyos qilingan asarlarning barchasi deyarli bir davrda,
mualliflari bir-biridan mutlaqo bexabar holda yaratil-
gan. G‘aroyib hol: bir asrda jahonning turli nuqtalarida,
turli xil sharoit va milliy zaminda, turli tillarda dunyoga
kelgan san’at namunalarida bu xil mushtarak jihatlar-
ning mavjudligi sababi, ildizi qayerda? Ko‘lamli, teran
tadqiqotlarga arziydigan mavzu! Ehtimol, hozircha bu
boradagi mavjud kuzatish, mulohazalar ayrim hamkasb-
larimizga g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin, lekin shu xil fikr-
lashga, bahsga undaydigan ilmiy
faraz, versiyalarning
o‘rtaga tashlanayotganining o‘zi quvonarli hol! Taraqqiy
etgan mamlakatlarda ilmiy faraz, yangicha g‘oyalarning
qadr-qimmati fundamental tadqiqotlarnikidan kam
emasligini unutmaylik.
Dostları ilə paylaş: |