148
149
qadahlar oldda», –
degani kabi, yoshlarning she’riyati-
mizda ro‘yobga chiqarishi lozim bo‘lgan ishlari haqiqatan
ham oldinda. Chunki haqiqiy modern she’r tili – poetik
tili hali hech bir shoirda to‘laligacha shakllanib ulgurgan
emas. Biz ko‘pincha u yoki bu modern shoirning she’ri-
dan bir parchani uzib olib, uni o‘zimizcha sharhlaymiz.
Nazarimda, biz o‘sha chog‘da she’rdagi ma’niga ko‘proq
asir bo‘lamiz, ajab emaski, ushbu suhbatimizda ham shu
ruh yetakchilik qilayotgan bo‘lsa.
Chunki biz shunga
ko‘nikkanmiz. She’rdagi ma’nini qo‘l bilan tutish she’r-
ning san’ at asari sifatidagi go‘zalligini tutishdan chandon
yengildir. Bizda modern she’r hali san’at asari sifatida
o‘zining qiyomiga yetgani yo‘q dedik. Biz hozirgacha o‘z
nazarimizdagi modern she’rda faqat shakl farqliligini, ifo-
da o‘zgachaligini ko‘ryapmiz, xolos. An’anaviy she’riyati-
miz 60 – 70-yillarda Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf
Parfi kabi shoirlar, keyinroq 70-yillar avlodi ijodi misoli-
da o‘zining yuksak cho‘qqisiga chiqqandi. Lekin modern
she’rimiz hali hatto Oybek yetib borgan simvolistik man-
zillarga qadar ham kela bilgani yo‘q. Takror aytaman, bu
o‘rinda men she’rga fikr aytish vositasi deb emas, balki
san’at asari sifatida qarayapman.
Dostları ilə paylaş: