Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Umarali NORMATOV:
She’riyat, umuman, adabi-
yot dunyosi qiziq. Aks holni kuzatish ham mumkin. Eng 
zamo naviy, «sof modern» she’r bag‘rida an’anaviy ruh 
kishi bilmas bir tarzda yashayverishi ham mumkin. Faxri-
yorning «Ayolg‘u» dostonidagi mana bu satrlarga quloq 
tuting-a:
Oylar cho‘kar falakdan jimir jimir jimirlab
Tog‘lar cho‘kar falakka jimir jimir jimirlab
Toshlar qilar kalaka qiqir qiqir qiqirlab
mening esa bo‘g‘zimda
uluv bordir bir ulim
Hey
 
tulugim hey tulum
Hey tulugim hey tulum
Keyingi satrlarda xalqona taronalar ruhi sho‘x, o‘y-
noqi, ayni paytda, o‘kinch-armonlarga to‘la siniq, ajib bir 
ma’yus tuyg‘ular sadosi yanada yorqinroq yangraydi:
ko‘ktangrining bog‘ida gullar unar nopormon
endi men bu gullarni izlab qaydan toparman
singan umidlarimning darvozasin yoparman
gulni izlab boradir
uluvlarim ul ulum
Hey tulugim hey tulum
Hey tulugim hey tulum
Biroq o‘sha an’anaviy, xalqona ruh – ohang bilan 
yo‘g‘rilgan satrlar bag‘rida qad rostlab turgan lirik qah-
ramon shoirning nigohi, tabiat manzaralarini ko‘rish, ku-
zatish, idrok etish tarzi tamomila yangicha, o‘ziga xos. 
Manzaralar harakati, aniqrog‘i, sassiz harakatlar shoir 
ko‘nglida g‘aroyib aks sadolar beradi, ulum uluvga ayla-
nadi, bu g‘aroyib uluv sadosi qulog‘ingiz ostida eshitilib 
turgandek bo‘ladi: bir qarasangiz, aniq-tiniq, bir qara-
sangiz, mavhum, sir-sehrlarga, qandaydir imo-ishora-
larga to‘la asov ruhiy kechinmalar bizni muvozanatdan 
chiqarib, g‘alati holatga soladi. She’riy satrlardagi asov 
ruh hech qanaqa qoliplarga sig‘maydi, an’a naviy she’riy 
tizim talablarini, yozuv-imlo qoidalarini tan olmaydi, ti-
nish belgilariga hojat qolmaydi. Mabodo satrlar mav-
jud qolip-aqidalarga solingudek bo‘lsa, aminmanki, ru-
hiy-hissiy tarovatini yo‘qotadi. Bu mo dern she’riyatning 
muhim belgilaridir.


154
155

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin