Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Ulug‘bek HAMDAM:
Ustoz, shu o‘rinda suhbatimiz 
avvalida
 
tilga olingan muammoga qaytib, o‘zbek modern 
she’riyatining milliy asos zamini xususida batafsilroq 
gaplashsak.
Umarali NORMATOV: 
E’tibor bersangiz, yetmish yil-
lik tayyorgarlikdan so‘ng bizda modernizm endi adabiy 
oqim tusini ola boshladi. Avvalo, o‘sha yetmish yillik taj-
riba bu oqimning birinchi asos zaminidir. Adabiyot va 
san’atning uzoq davom etgan hukmron mafkuraviy si-
yosiy tazyiq iskanjasidan xalos bo‘lishi, plyuralizmning 
qaror topishi bizda xilma-xil falsafiy ijodiy oqimlar, jum-
ladan, modernizmning erkin rivoji uchun yo‘l ochib ber-
di. Tabiiyki, bugungi o‘zbek modern adabiyotida, G‘arb, 
qolaversa, jahon zamonaviy adabiyoti, san’atidagi talay 
falsafiy-ijodiy oqimlar, ayniqsa, ekzistensia lizm falsafasi, 
adabiyoti tajribalari ta’sirini ko‘rish mumkin.
Ayni paytda, bizda modern adabiyotning oqim tusini 
olish jarayoni milliy o‘zlikni anglash, milliy-diniy qadriyat-
larni tiklash, jumladan, tasavvuf falsafasi, ada biyotiga qi-
ziqish g‘oyat kuchaygan bir davrga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, 
zamonaviy G‘arb falsafasi, jumladan, ekzistensializm bilan 
Sharqdagi qadimiy tasavvuf ta’limoti orasidagi mushta-
rakliklar modernist ijodkorlarda o‘zgacha qiziqish uyg‘ot-
di, ularni dadil ijodiy izlanishlarga ilhomlantirdi. Ajdodla-
rimizning qadim o‘gitlari, o‘y-mushohadalari, navolari bi-
lan zamonaviy tafak kur – mushohada, bugungi kunning 
g‘oyat
 
serjilo, ko‘ppardali sadolari o‘ziga xos bir tarzda 
uyg‘unlasha boshladi. Modern adabiyotimizning yan-


146
147
gi bosqichi boshida turgan, hozirgi zamon, uning o‘tkir 
muammolari xususida bahs yurituvchi ikki yetuk asar – 
Xurshid Dustmuhammadning «Jajman» hikoyasi va Ab-
duvali Qutbiddinning «Izohsiz lug‘at» dostonidagi milliy 
ruhni o‘zida yorqin ifodalagan, milliy qadriyatlarimizning 
o‘ziga xos timsoli deyishga loyiq nuroniy, donishmand 
qariyalar obrazi ham buni tasdiqlab turibdi. Yoki Faxriyor 
saylanmasining «Ayolg‘u» nomi bilan atalishi dam taso-
difiy emas. «Ayolg‘u» – qadim cholg‘u asbobining nomi; 
lug‘atlarda qayd etilishicha, sof turkiy o‘lan, ashula, yal-
la, kuy, ohang, ta’sirli qo‘shiq degani. Avvalo, «Ayolg‘u» 
nomi bilan atalgan dostonni, qolaversa,
 
shu nom bilan 
chiqqan saylanmadagi boshqa doston va she’rlarni o‘qi-
sangiz, «sof modern» ko‘rinishidagi deyarli barcha asarlar 
qa’ridan aks sado berib turgan qadim ayolg‘u navolarini 
tuyib-eshitib turasiz. Bunaqasini boshqa biron xalq ada-
biyotidan topolmaysiz. Qisqasi, eng yaxshi, yetuk asarlar 
ustidagi kuzatish, tahlillar asosida dadil aytish mumkinki, 
o‘zbek modernizmi boshqalarga taqlid mahsuli emas, u 
o‘ziga xos yo‘ldan boryapti, u milliy adabiy hodisadir.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin