Umarali NORMATOV:
Darhaqiqat, modernistik yo‘l
biz o‘ylaganchalik, tasavvur qilganchalik oson yo‘l emas. U
– juda azim evrilishlar hosilasi. Bu yo‘lning yo‘lchisi – shoir
ham, uning qismati ham o‘ziga xos sir-sinoatlarga boy.
166
167
Ulug‘bek HAMDAM:
Har lahzada yaltiroq shahar-
dan voz kechib, dala-tuz bag‘riga qaytish kayfiyatida
yashamagan kishi she’r yozish qasdida qo‘liga qalam
olmasin. Xuddi shunday, yuragiga Majnunni qamab
qo‘ymagan erkak shoir, qalbining to‘rida Laylini asrab
yurmagan ayol shoira ham she’r yozmasa deging ke-
ladi. Zero, yuragida siri bo‘lmagan ijodkor qalamidan
chiqqan «yozuvlar»ning sehriga shubha qilasan kishi.
«Xalqqa ash’or kerak sirli va ezgu» (Mir po‘lat Mirzo tar-
jimasi), – deb yozadi Osip Mandelshtam. Shoirlik takror
va takror ana o‘sha sirga, ana o‘sha sehrga qaytish de-
makdir. Tabiatga qaytish, tabiat mavzulariga murojaat
ham shunday, aslida. Odatda, ijtimoiyot shoir zimmasi-
ga ham talay muammolarni, turli qonun-qoidalar zah-
mati-yu odob-axloq tashvishlarini yuklaydi. Biroq u ja-
zavaga tusharkan (she’r yozarkan), ilk bor egar urilgan
asov ot singari ko‘kka sapchiydi, gardanida g‘ashiga te-
gayotgan nimadandir qutulmoqchi bo‘ladi. Shoir aynan
shu lahzalardagina shoirdir. Uning asl hayoti ham, foniy
olamdagi quvonchi ham shu paytda kechadi... Ilhom
onlarida shoir jismi va u bilan bog‘liq olamni unutadi,
yodida qolgan borlig‘i esa ajib bir tuyg‘uga – musiqa-
ga aylanadi. She’r mazkur ohangning, ya’ni siyratning
nuqsonli surati, xolos. Uni o‘qish emas, go‘zal bir mu-
siqa yanlig‘
eshitish, his qilish lozim va ushbu his orqali
botinda qolib ketgan siyratga tushib bormoq mumkin
bo‘ladi. Ha, shoir mana shu tarzda sirlar dunyosi sari in-
tilib yashaydi, bu mashaqqatli yo‘lda goho omad unga
kulib boqadi: u parvoz qiladi. Ehtimol, u uzoq ucholmas,
qanotlari qayrilib sinar, ojizligini anglar, jismi botib tur-
gan dag‘al voqelik botqog‘idan butunlay xalos bo‘lish
vujud halokatisiz mumkin emasligini tushunar... Biroq
she’ riyat uchun muhimi bu emas, muhimi qafasni yorib
chiqqan qush (ruh) parvozining ilk shiddati, shu shid-
datning hayotsevarligidir!..
Qiziq, men she’rning botiniy ohangi – tuyg‘u mazmuni
haqida gap boshlasam, hamisha mana shunaqa – boshi va
oxiri yo‘q olamga kirib qolaman. Shunda men o‘zimni fikr-
ni istagan joyda to‘xtatsam ham, istagancha davom ettir-
sam ham bo‘laveradigandek sezaman va o‘ylab qolaman:
haqiqatan ham, qaydadir bir ulkan
olam mavjud va u tirik-
likka oid neki bor, hammasini o‘zida mujassam etadi, chun-
ki u hammasining asosidir. Ehtimol, chin dunyo deganlari
o‘sha bo‘lar, bilmadim... Lekin aynan shu olam kishini ezgu-
likka va go‘zallikka chorlaydi, iymon haqida, e’tiqod to‘g‘ri-
sida o‘ylashga, ularsiz tiriklik yo‘q ekaniga ishon tirishga
undaydi. Go‘yo bu olamda inson hayoti ning mazmuni, o‘l-
mak hikmati yashirindek. Biroq unga olib boradigan yo‘llar
juda chalkash, juda murakkab... Haqiqiy san’at asari, china-
kam badiiyat – mana o‘sha sanoqli mahol yo‘llardan biri.
Ushbu olamga boshlovchi va unga eltuvchi, undan xabar
beruvchi san’at qanchalar go‘zal, san’atkor qanchalar has-
sosdir!.. San’atning ilohiyligi haqidagi mulohazalar ehtimol
shu yerda o‘rinlidir, bilmadim...
Yosino tog‘larida
Olcha gullari bilan
Uchayotir oq bo‘ron
Cho‘qqilarning ustida...
Ajratib ham bo‘lmaydi.
(Xurshid Davron tarjimasi)
Saygyo qalamiga mansub ushbu she’rda cho‘qqilar-
ning ustida olcha gullari bilan qo‘shilishib uchayotgan
168
169
oq bo‘ron – birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan,
go‘zallikka og‘iz solgan omuxtalikdan so‘z ochiladi. Bun-
da shoir o‘z munosabatini – qayg‘u yo shodligini yashir-
gan. Rassom kabi ish tutib, hayotning mangu harakati
natijasida tabiatning muayyan kesishiklarida dunyoga
kelguvchi oliy va ko‘pincha oniy nuqtalari – go‘zalligidan
birini she’r deb atalmish shakl yordamida xotiraga mixla-
moqchi bo‘lgan.
Oybekning she’rlari ham shunday tansiq tuyg‘ularni
qo‘zg‘aydi... Kishi o‘zining asl qiyofasi bilan yuzma-yuz
kelganda hamisha hayajonga tushadi, titraydi. San’at-
korning eng go‘zal asarlari ham ana shu titroqning an-
chagina ko‘rimsiz shakli – suvda suzib yurgan to‘lin oy
singari akslardir, topilganning yo‘qolib ketishi to‘g‘risi-
dagi qo‘rquvdan tug‘ilgan qaytariqlardir, asl suvratdan
ko‘chirilgan nusxalardir... Oqshomda dengizga, unga ol-
tin sochlarini tashlab qo‘ygan quyoshga tikilib o‘tirarkan,
shoir qo‘qqisdan o‘z botinida yashirinib yotgan zotning
nigohlariga duch keladi va titraydi. Uchrashuv uni shun-
day jazavaga soladiki, oqibatda shoir bundan xotira qol-
dirmoq istaydi va qo‘liga qalam oladi:
Suvlarda sekin o‘ynar
Oltin qayiqchalardek
Quyosh alangalari.
Suv betiga urilib to‘lqin harakati yordamida tovlana-
yotgan quyosh alangalarini aynan oltin qayiqchalardek
qabul qilgan shoir shu lahzalarda bolaga aylanadi. Axir,
faqat bolagina suvga qog‘ozdan yasalgan qayiqcha-
larni shirin umid-la quyib yuborarkan, ularga oltindan
yasalgandek alohida, sir aralashgan mehr bilan, sodda
samimiyat bi lan yondashadi. Bunday tuyg‘u bizning ak-
sariyatimizda bor, barhayot. Shunga ko‘ra, biz ham hech
ikkilanmasdan, shubhalanmasdan suvlarda o‘ynayotgan
quyosh alangalarini shoir bilan baravar oltin qayiqchalar-
dek qabul qilamiz. Chun ki oltin qayiqchalar haqidagi er-
tak bizning botinimizda hamisha nimaningdir, qandaydir
muqaddas va ulug‘ nimaningdir ilinjida umr kechiradi...
Shuningdek, Bahrom Ro‘zimuhammad, Abduvali Qut-
biddin singari zamonaviy shoirlarimiz ijodida ham ana
shu teranlikda tug‘ilgan she’rlarga duch kelganingda be-
ixtiyor sevinib ketasan kishi.
nafas sovqotadi
derazadan mo‘ralar gullar
junjikadi qushchalar
toyib yiqiladi xayolim
shirin tush kabi gir atrof
derazadan qaragan kabi
xayol oynasidan qarayman
tikilaman issiq oynadan
puflab tashlaydirman nafasni
g‘ijimlanib qolar kechagi tushim
sababsiz xursandchilik ruhimda jim
odimlagim kelmoqda juda
bir o‘zim yashagim keladi qishda
mittigina qor yog‘sa
menga atalgan
sovqotadi nafas qushchaga o‘xshab
mamnuniyat ila termular bir gul
atrof sokinligi
sokinligimdan yuz bora ulkan
qanday sig‘di ekan bu faslga u
(B. Ro‘zimuhammad)
170
171
Bunday she’rlar shoirning ruhiyat bilan bir umrlik mu-
loqotidan, ilohiy borliqda bir umrlik talpinishidan so‘ng
o‘simlik yanglig‘ o‘z-o‘zidan o‘sib chiqadigan ma’ rifat me-
vasidir. Ha, u biz ko‘nikkan, o‘qib-o‘rganish, ta’lim olish na-
tijasida erishiladigan mahsul bo‘lmay, dunyoni badiiy-es-
tetik idrok etish bi lan bog‘liq GO‘ZALLIK MA’RIFATI ne’ma-
tidir... Qolaversa, umuman, modernistik san’atni tushunish
assotsia tsiya tilini tushunish bilan ancha mukammalasha-
di. Chunki bu san’at an’anaviy badiiy tafakkur mahsulidan
farq qilib, izchil mantiqiylikka, uzluksiz tasavvurga asoslan-
maydi. Modernizm real voqelikning ijodkor nuqtayi naza-
ridagi in’ikosinigina, demak, voqelikning «ajratib-tanlab
olingan» ma’lum bo‘laklarinigina badiiy asarda aks ettira-
di. (Uning aytmoqchi bo‘lgani ana shu bo‘laklarning bir-
galikdagi hamkorligi zamirida yashiringan.) Bu bo‘laklar
o‘rtasidagi sabab-oqibat, mantiq-mazmun bog‘lanishlari-
ni go‘yo «unutadi». Modernistik san’at o‘quvchisi esa ana
shu «unutilgan»ni «eslab olish, eslay olishi» shart. Yo‘qsa,
«yopiqli qozon yopiqligicha» qolaveradi...
Dostları ilə paylaş: |