160
161
ilinjida qilgan murojaatida, balki, umuman, asarning bor
bo‘y-bastiga singdirilgan dunyoqarash va kayfiyat maz-
munida yashirin.
Dostonning «Izohsiz lug‘at» deb nomlanishining siri
ham ehtimol yuqorida aytganimiz –
dunyoning azaliy
holi – Oq va Qora kuchlarning mangu ziddiyati va bu
kurashda odamzodning Oq rang tomonida turishi, tura
olishi zarurligi, shartligiga ishora borligida deb o‘ylay-
man. Ma’lumki, lug‘at –
kishilik
turmushida nimaning
(so‘zning, atamaning) nima (ma’no bildirishini) ekanligini
farqlashga yordam beruvchi bir ko‘rsatma kitob. Izohli
lug‘at masalaga yana da oydinlik kiritadi, so‘z ma’nisini
«chaynab og‘zimizga solib qo‘yadi». Endi «Izoh siz lug‘at»
degani nimasi?.. Bu bor-yo‘g‘i so‘z o‘yini yo oliftagarchilik
emasmi deganga o‘xshash fikr ham keladi kallaga. Biroq
dostonning asosida turgan o‘sha ikki azim Kuchlar qis-
matini eslasak, nomlanish mantiq va mazmun kasb eta
boshlaydi: izohsiz lug‘at, ya’ni izohga hojat yo‘q! Dunyo
dunyo bo‘libdiki, dostonda tilga olingan Kuchlar va ular-
ning omonsiz jangi bor. Dunyo deb atalgan kitob shu ikki
so‘zdan iborat: Oq va Qora! Biroq ularga izoh berilma-
gan, izohni har bir kishining o‘zi yozadi, kimlarning qis-
matiga oqni ta’riflash, kimnikiga qoraning sharhini bitish
tushadi. Shunga qaramay, shoir baribir o‘z tanlovini izhor
qilib ketmoqda:
Barmog‘im qaboqqa qo‘ydim, o‘rtandi,
Emrandim, nigohim tindi, aylandi.
Bildim, a’zoyi badanim hayot shirasidan.
Hamshiram
–
turna,
Qondoshim
–
jayron,
Jigarim
–
arg‘uvon.
Xok-u turobdanman, inim – qumursqa, og‘am – ot,
Bildim
–
odamiyzodman,
Odamiyzod...
So‘nggi «Bildim – odamiyzodman, Odamiyzod» degan
misra shoirning o‘sha mangu
kurashda qaysi tomonda
ekanini bildiradi... Chunki odamiyzod bo‘lish oson emas,
buning uchun kishi «Qora»ning lazzat-farog‘atidan voz
kechib, «Oq»ning zahmatlariga bardosh berishi shart!..
Dostları ilə paylaş: