Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Umarali NORMATOV:
Albatta, asr tongotarida bosh-
langan yangicha izlanishlar bora-bora sustlashib ketdi. 
Nega shunday bo‘lgani ma’lum. Futurizm, simvolizm 
ko‘rinishlari, «so‘nggi priyom»lar ustida boshlangan 
sof adabiy bahslar keskin mafkuraviy-siyosiy dag‘dag‘a, 
aybnoma, tazyiqlarga aylana boshladi. 30-yillar o‘rtala-
riga kelib sotsrealizm sovet adabiyotining ijodiy metodi 
deb e’lon qilinganidan so‘ng modernizmning har qan-
day ko‘rinishi taqiq va ta’qib ostiga olinadigan bo‘ldi. 
Ta’qib-tazyiqlar avjiga chiqqan o‘sha yillarda ham sots-
realizm qolipiga tushmaydigan ayrim asarlar, chunonchi, 
Abdulla Qahhorning absurd belgilari mavjud hikoyalari, 
«Sarob», «O‘tmishdan ertaklar»dek yirik asarlari, Oybek-
ning sof «ko‘ngil lirikasi» yaratilaverdi.


134
135
60-yillarga kelib ijodiy izlanishlar, bosib o‘tilgan yo‘lni 
qayta baholash uchun qisman yo‘l ochildi. Biroq «qo‘rquv 
saltanati», hadik tuyg‘usi hatto eng yorqin izlanuvchan 
ijodkorlarni ham hamon o‘z iskanjasida tutib turardi. 
Ba’zi misollar. Oybek o‘sha kezlari bitilgan tarjimayi holi-
da shunday deydi: «Mening birinchi she’rlarimda ko‘pgi-
na qarama-qarshiliklar, izlanishlar uchrab turardi. Davr-
ning eng muhim voqealariga hamohang she’rlar bilan bir 
qatorda sababsiz mungli nido bilan sug‘orilgan mavhum 
she’rlarim ham bor edi... «Tovushim» nomli she’rimda 
uzil-kesil shunday deganman: «Kurashadi ikki to‘lqin, qa-
rab turaymi? Yo‘q! Bolg‘alar, o‘roq safi ila boraman!» Men 
hamma vaqt «qo‘llarida bolg‘a ushlaganlar» to‘g‘risida 
yozishni orzu qilardim».
Shu tariqa Oybekdek ulkan iste’dod egasi davr tazyiqi 
ostida ilk ijodidagi o‘zining noyob izlanishlari samarala-
ridan yuz o‘girishga majbur bo‘ladi. Qarangki, shoir o‘zi 
xush ko‘rgan «davrning eng muhim voqealariga hamo-
hang», «qo‘llariga bolg‘a ushlaganlar» to‘g‘risidagi she’r-
lari allaqachon eskirdi, ahamiyatini yo‘qotdi; muallif sal-
biy baholagan «voqelikdan yiroqlashtiradigan», «sabab-
siz mungli nido bilan sug‘orilgan mavhum she’rlar»i esa 
XXI asrga yetib keldi, hozirgi she’rxonlarni, she’riyat tad-
qiqotchilarini ayni o‘shanday ko‘ngil taronalari ko‘proq 
maftun etayotir... Adabiyot dunyosi qiziq ekan-da, ba’zan 
shoirning o‘zi ham to‘g‘ri degani noto‘g‘ri, noto‘g‘ri dega-
ni haqiqat bo‘lib chiqarkan.
Butun umri ijodiy izlanishlar bilan kechgan, ayniqsa, 
60-yillar milliy she’riyatimiz tafakkur tarzida yuz bergan 
muhim o‘zgarishlar boshida turgan, «99 miniatyura» ki-
tobi bilan katta e’tibor qozongan novator shoir Asqad 
Muxtor ham o‘sha davr zamonaviy jahon she’riyatidagi 
noan’anaviy izlanishlarni aslo hazm qila olmaydi, mo-
dernistik yo‘llardan borayotgan shoirlarni she’riyatning 
o‘z ichidan chiqqan «ashaddiy dushmanlari», «lo‘ttiboz 
abstraksionistlar», she’rni fikrdan ham, hisdan ham, man-
tiq va maslakdan ham mahrum qilishga, uni «yashash, 
ulg‘ayish qurolidan shaldiroq o‘yinchoqqa aylantirishga 
urinuvchilar» deya ayblaydi. Bu, albatta, davr adabiy si-
yosatining, maf kuraviy-siyosiy tazyiqlarining shoir shuu-
ridagi oqibat-asorati edi. O‘sha yillarda rasmiy doiralarda 
modernizmga munosabat ayni shunday edi. Baxtimizga, 
zamonlar o‘zgardi, johil mustabid adabiy siyosatning ta-
giga suv ketdi. Afsus, ming afsus, bugungi erkin ijodiy 
tafakkur zamonida ham modernizmga goho xushlamay, 
o‘gay ko‘z bilan qarashlar uchrab turibdi. Iste’dodli tanqid-
chi Suvon Meli hech tap tortmay mana bularni yozadi: 
«Anchayin ishonch bilan aytish mumkinki, modernizm
G‘arb hodisasi sifa tida o‘zbek ma’naviy muhitida nash’-u 
namo topa olmay di. Modernistik qora va tushkun kayfi-
yat bizda ildiz ota olmaydi. Sharqona islomiy ma’naviyat, 
o‘zbek ma’naviyati bunga yo‘l qo‘ymaydi». Atoqli adi-
bimiz Odil Yoqubovning fikricha, har bir xalqning faqat 
adabiyot va san’atigina emas, kundalik turmushi ham 
har xil bo‘ladi. Masalan, Afrikada bambuk degan daraxt 
o‘sadi. Afrika va Janubiy Amerikada kokos yong‘og‘i
 
va 
kaktus o‘sadi. Bu mamlakatlar aholisi ana shu ne’mat-
larni jon-dillari bilan iste’mol qilishadi. Bu daraxtlarni 
ildiz-pildizlari bilan ko‘ chirib olib kelib, o‘zimizda eking, 
xalq ularning mevasini tili tamshanib iste’mol qilarmi-
kan? Yo‘q. Iste’mol qilmaydi. Bizning bobolarimiz ular 
o‘rniga qovun ekishgan. Bizning ajdodlarimiz va o‘zimiz 
ham shirinligidan odamning tilini kesadigan shu qovun-
larni iste’mol qilib balog‘at yoshiga yetganmiz. Mening 


136
137
nazarimda, Abdulla Qodiriy va Cho‘lponning asarlari 
ana shu qovunlarni eslatadi...»
Dunyoni, milliy madaniyatlar, san’at va adabiyotlarni 
«G‘arb» va «Sharq» deb keskin ajratish, ularni bir-biriga 
qarama-qarshi qo‘yishdan qachon qutular ekanmiz!? 
Milliy qadriyatlar, an’analar qanchalik rang-barang bo‘l-
masin, dunyo bitta-ku, jamiki elatlar, butun bashariyat 
bitta Odam Ato bilan Momo Havvoning zurriyodi-ku! 
Dunyoning biron chekkasida, biron millat madaniy hayo-
tida paydo bo‘lgan noyob badiiy ixtiro, xayrli tajriba bos-
hqa o‘lkalarga, milliy adabiyotlarga ko‘chib o‘tishi, u yer-
da ildiz otib, unib-o‘sib, yangidan hayot boshlab, nash’-u 
namo topaverishi tabiiy bir hol. Yozuvchi aytmoqchi, Ab-
dulla Qodiriy, Cho‘lponning shirinligidan tilni kesadigan 
qovunlarimizni eslatadigan asarlari tarkibida G‘arb me-
valarining ta’mi – elementlari to‘lib-toshib yotibdi-ku! Bu 
jarayon g‘oyat tezlashmoqda. Odamzod shunga chuqur 
ehtiyoj sezmoqda. Odamlarning, xususan, yosh avlod-
ning yashash, fikrlash tarziga, ma’naviy ehtiyojiga bir 
nazar tashlang – har damda siz yangilikka – modernga 
tashnalikni ko‘rasiz. Milliy adabiyotimizda modern yo‘na-
lishning qaror topib borayotganligi hayotiy ehtiyoj, zaru-
rat taqozosidir…
Modernizm o‘zbek muhitiga yot G‘arb hodisasi degan 
gaplarni bugun, ya’ni plyuralizm adabiy hayotning tabiiy 
hodisasiga aylangan, xilma-xil adabiy oqimlarning amal 
qilishi
 
tabiiy bir hol bo‘lib qolgan, eng muhimi, noan’a-
naviy yangicha yo‘llar allaqachon nash’-u namo topgan, 
milliy hodisa tusini olgan, uning muayyan yutuqlari ada-
biyotshunoslik tomonidan e’tirof etilgan, ular o‘z kitob-
xonlarini topgan, topayotgan kunlarda eshitish g‘alati 
tuyularkan.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin