Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Ulug‘bek HAMDAM: 
Modern asarlar o‘z kitobxonini 
topayotgan, uni qadrlovchilar soni ko‘payib borayotgan 
bir paytda tamomila o‘zga bir nuqtayi nazar bilan chiqa-
yotgan, bu hodisani bizga hamon yot deb qarayotgan 
olimlarimiz ham bor. Bu o‘rinda men professor Bahodir 
Sarimsoqovning keskin chiqishini nazarda tutayotirman.
Umarali NORMATOV:
Adabiyotshunos B. Sarim-
soqov modernizm, aniqrog‘i, absurd va ekzistensializm 
adabiyotini
 
tanqid qilishda hatto sho‘ro davrining eng 
jangari munaqqidlarini
 
ham yo‘lda qoldirib ketdi. XX
 
asr o‘zbek adabiyotining qator namunalarida absurd 
va ekzistensi alizm ko‘rinishlari mavjudligi xususidagi 
qarashlarga javoban yozilgan «Absurd ma’nisizlikdir» 
(O‘zAS. 2002-y. 28-iyun) maqolasida olim jahon adabiyo-
tidagi bu oqimlar sha’niga keskin tanqidiy gaplar aytadi. 
Uningcha, «umuman olganda, badiiy-estetik hodisalar-
dagi absurd tushunchasi ijobiy hodisa emas», «absurd 
o‘z oti bilan ma’nisizlik», «absurd asar jamiyatda ana shu 
asarga umuman estetik talab bo‘lmagan paytda, ijodkor-
da esa «ehtiyoj farzandi» (A. Oripov) tug‘ilmaganda yozi-
ladi. Aniqrog‘i, absurd asar ijtimoiy-estetik jihatdan arziy-
digan 
g‘oya 
tashimaydi», «absurd asar ma’naviy-ahloqiy 
konsepsiyasiz, muayyan 
g‘oya 
tashimaydigan, hayotga 
loqayd va ma’nisiz munosabatni ifodalaydi. Bu – uning 
belgilovchi mezoni. Absurd tuyg‘u
 
– ma’nisizlik tuyg‘usi. 
Absurd insonning o‘zi yashayotgan jamiyatga, muhitga, 
o‘z-o‘ziga, hattoki yaratuvchiga begonalik tuyg‘usi», «ab-
surd barcha zamon va makonlarda ma’nisizlik bo‘lib ke-
laveradi», «u badiiyat dunyosidagi inqiroz
 
«botqog‘i»dan 
iborat...»
Olim absurd adabiyotini shu tariqa qayta-qayta qora-
lar ekan, ekzistensializmni qisqa va lo‘nda qilib «subut-


138
139
sizlik» deb ataydi, bu bahoda sobit ekanligini ta’kidlab, 
«men ekzistensializmga nisbatan «subutsiz» sifatlovchi-
sini to‘la anglagan holda ishlatdim va bu masalada bahs-
lashishga hamisha tayyorman» deb yozadi.
Tabiiyki, har qanday adabiy-badiiy oqimda bo‘lgani 
kabi, absurd va ekzistensializm adabiyotida ham ijtimo-
iy-estetik jihatdan arziydigan

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin