Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod


Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi.
 
Tarjima – 
zamonaviy dunyo uchun bag‘oyat muhim masala. Chunki 
tarjima – muloqotning eng ta’sirchan va uzoq yashovchan 
shakllaridan biri, u nafaqat bir insonning o‘zga bir inson 
bilan, balki butun boshli bir millatning boshqa bir millat 
bilan «diydor ko‘rishuvi»dir. Bugungi axborot asrida, har 
tomonlama integratsiyalashuv tig‘izlashgan, tezlashgan 
zamonda madaniyatlararo muloqotsiz oldinga xotirjam 
bir odim ham qo‘yib bo‘lmasligi tobora chuqurroq tu-
shunib borilayotgani haqiqat. Jahon adabiyoti ham tarji-
ma bilan tirik. Faqat har qanday tarjima emas, balki millat 
ko‘nglining, millat botiniy qiyofasining tarjimasigina o‘zi-
ni oqlaydi. «Har bir odamning yuragida o‘z xalqining jajji 
qiyofasi yashaydi», – deydi A. Freytag. Millat guli hisob-
lanmish ijodkor ziyolilar faoliyatida esa (ya’ni ijodlarida) 
bu qiyofa o‘zining butun qirralari bilan, ayniqsa, to‘liqroq 
namoyon bo‘ladi. Bu qiyofa, avvalambor, millatning o‘z-
garmas, barqaror tabiatini, har bir xalqning o‘zigagina 
xos o‘zak xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Tarjima 
orqali mana shu o‘zlikni tanitish kerak bo‘ladi. Bunday 
tanishuv esa o‘zga tillarga tarjimasiz, xorijiy tillarni mu-
kammal bilishsiz mumkin emas. Zero, «Til robitayi vosi-
tayi olamiyondir» (Avaz O‘tar). Mana, nima uchun tarjima 
bugun hayot-mamot masalasiga aylanib boryapti ekan. 
Aks holda, o‘z javharidan, turlanmaydigan asos-mohiya-
tidan mahrum bo‘lgan millat qiyofasiz bir holga tushib, 
globalizmning ayovsiz girdobiga tortiladi-da, o‘z ildi-
zidan, bora-bora esa o‘zligidan ham ayrilib, o‘zi bor-u, 
nomi va shoni yo‘q odamlar to‘dasiga aylanadi. Bunday 
qismatni hech bir xalq aslo o‘ziga ravo ko‘rmasa kerak. 
Demak, jahonga so‘z bilan o‘zlikni namoyon qilishning 
birdan bir yo‘li baland saviyali, asliyatga muqobil badiiy 
tarjima yo‘lidir.
Biroq tarjimada ham tarjima bor. Tarjima bor – asli-
yatning «panjasiga panja uradi», tarjima bor – asliyat 
mohiyatini to‘la yetkazib berolmaydi. Kuzatishlar shuni 
ko‘rsatadiki, dunyoda har bir katta ijodkorning o‘z tar-
jimon(lar)i bo‘ladi. Ana o‘sha tarjimon(lar) paydo bo‘l-
maguncha ijodkor o‘zga millat uchun noma’lumligicha 
qolaveradi. Hatto uning yuzlab tarjimonlari bo‘lib, har 
yili bittadan kitobi o‘nlab tillarga tarjima qilinsa ham
foydasi kam. Aksincha, nomarg‘ub tarjima ijodkor haqi-
dagi tasavvurni buzib, o‘quvchining nazaridan tushiradi. 
Ana o‘sha munosib tarjimon(lar) paydo bo‘lmaguncha 
u – «hech kim». Uning nomigina davralarda-yu kitoblar-
dagi sanoqlarda aylanishi mumkin. Lekin hech qachon 
tarjima qilingan til vakillarining yuraklariga kirib, ongla-
rida e’zoz topmaydi. Shu ma’noda rassom yoki basta-
korga havas qilish mumkin. Chunki ularning biri rang, 
boshqasi esa ohang tilida ijod qiladi. Rang va ohang 
tili esa universal hisoblanib, hamma davrlarda va bar-
cha ellar uchun tushunarli bo‘lib qolaveradi. Ya’ni bu 
«til»lar tarjimaga ehtiyoj sezmaydi. Bu «til»lar tarjima 
hodisasidan ustun hodisalardir. (Harakat san’ati – ayrim 
dramatik asarlar ham shunday. Masalan, so‘zsiz, mimika 
asosiga qurilgan spektakllar.) So‘z san’ati esa ayni ma-
salada yuqoridagi san’atlar bilan bellasha olmay qoladi. 
Shu yerda adabiyotning hududiga chegara uriladi. U 
tarjima bo‘lgandan so‘nggina «bojxona»dan chet mam-
lakat hududiga o‘tishi mumkin. Biroq u endi kattaroq 


86
87
boshqa bir dovonga duch keladiki, uning ismi o‘zga til-
li, boshqa tafakkurli o‘quvchidir. So‘z san’ati namunasi 
muvaffaqiyat bilan tarjima qilingach o‘zga mamlakat 
o‘quvchisining yuraklariga kira oladi. Shu ma’noda asli-
yatda hatto har tomonlama durdona hisoblangan asar 
ham tarjimadagi o‘z muvaffaqiyatini yuzlab yillar kuti-
shi mumkin. Ungacha esa u «yopig‘liq qozon»dek sirini 
ichi da yashirib turaveradi.
Tarjima – og‘ir yumush. O‘zbek shoiri Erkin Vohidov 
yozadi:
Oy o‘rtanar, ko‘zlarida yosh,
Ko‘ksi dog‘-u yuragi qiyma.
Der: «Ey falak, men edim quyosh,
Nega meni qilding tarjima?»
Darhaqiqat, tarjima qilingan asarlar mohiyatini juda 
teran bir tarzda ochib beradigan to‘rtlik bu. Chunki oy 
bir paytlar quyosh edi, tarjima qilingandan so‘ng oy da-
rajasiga tushib qoldi, ya’ni kichrayib, nuri ozaydi. Demak, 
har qanday asar tarjimadan so‘ng bir daraja quyiga qarab 
ketadi degan xulosa yashiringan yuqoridagi to‘rt qator 
she’rda. Darhaqiqat, ko‘pincha shunday bo‘ladi. Lekin o‘z 
ishining ustasi bo‘lgan haqiqiy tarjimon asliyatga muqo-
bil tarjima ustida o‘ylaydi, izlanadi. Zero, tarjimadan ke-
yin quyoshning quyosh, oyning oy bo‘lib qolishi eng 
mukammal tarjima natijasi hisoblanadi. Quyoshni oy da-
rajasiga tushirgan yoki, aksincha, oyni quyosh darajasiga 
ko‘tarib qo‘ygan tarjima ham mukammal sanalmasligi lo-
zim. Chunki to‘g‘ri va baland tarjima asliyat ruhini saqlab 
qola olgan tarjimadir.
Tarjimon asar ruhiga kirib, asar mag‘zini «o‘ziniki»-
ga aylantira olsagina uning o‘girmalari muvaffaqiyatga 
erishadi. Shunday muvaffaqiyatli tarjimalardan biri o‘z-
bek shoiri Usmon Nosirga tegishli bo‘lib, u rus shoiri 
Mixail Lermontovning «Demon» dostonini yuksak dara-
jada o‘zbekchaga o‘girgan. Tarjimon doston mazmunini 
«o‘ziniki»ga aylantirib olgan. Asar xuddi o‘zbekchada 
bitilgan kabi ravon, haroratli o‘qiladi. Ayni chog‘da, tar-
jimada «Farmoningga yig‘lab cho‘kay tiz» degan «ortiq-
cha» misra paydo bo‘lib qolgan. Bu misra Usmon Nosir-
da bor-u, Lermontovda yo‘q. Xo‘sh, nega? Tarjimonning 
bunga nechog‘lik haqqi bor? Nazariyaga qarasangiz
haqqi yo‘qdek. Asliyat va tarjimani qiyoslagandan keyin 
esa anglashiladiki, tarjimon doston ruhiga shu daraja-
da chuqur kirganki, go‘yo uning ijodkoriga aylangan. 
Xuddi Lermontov kabi. Hamda ijodkor ruh kayfiyatini 
qog‘ozga to‘kkan:
Dengizlarning tublarin quchay,
Bulutlardan balandga uchay.
Yer ne’matin senga tutay, qiz,

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin