214
215
jamiyatda adolat o‘rnatilishini talab qilib chiqdilar, har
qanday yolg‘onga, firibga, ko‘zbo‘yamachilikka
qarshi
kurashdilar. Bularning hammasi ular qiyofalarida aks et-
masligi mumkin emasdi. Demak, «jangovar qiyofa» ular
olib borgan kurash aksidir.
«Bugungi kun shoirlari tabiat fonida, sentimental qiyo-
fada ko‘rinishni xohlaydi» degan gapingizda ham jon bor.
Avvalo, yurtimizning siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lgani
bugungi ijodkor ongida muayyan erkinlikni vujudga kel-
tirdi. Kecha yurish-turishini, qiyofasini qandaydir g‘oyalar
yo‘nalishiga muvofiqlashtirishga ehtiyoj sezgan shoir endi
o‘z ko‘ngil mayllariga ham quloq tutib, o‘zini birmuncha
bo‘sh qo‘yib yubordi, chamasi. Yuqorida ta’kidlanganidek,
xalqimiz tabiatidagi (Sharq xalqlarining aksari xos) senti-
mentallik ana o‘sha erkinlik tufayli o‘z-o‘zidan zamondosh
shoir qiyofasiga qalqib chiqmoqda.
Bular umumiy qiyofalardir.
Umumqiyofalar qafasini
parchalab, o‘zining individual ovozi, demakki, xos qiyo-
fasiga ega bo‘lish uchun shoir katta Ijodkor, katta Odam,
katta Shaxs bo‘lishi shart! Buning boshqa chorasi ham,
yo‘li ham yo‘q! Yana bir gap: qiyofalar ichida eng dah-
shatlisi – qiyofasizlik. Siz aytgan sentimentallik ham ko‘p
jihatdan mana shunga yaqin keladi. Chunki shoir o‘z
qiyofasini topa olmay, o‘zini
umumiy ruhga, kayfiyatga
topshirib qo‘yadi. Natijada davr qiyofasi paydo bo‘la-
di-yu, shoirning o‘z qiyofasi shakllanmaydi. Qiyofasizlik
shu. Ehtimol, sizning bugungi she’riyatdan ko‘nglingiz
to‘lmayotgani sabablaridan biri ham shundadir. Ehtimol,
siz suyansa bo‘ladigan, sevsa arziydigan qiyofa izlayot-
gandirsiz. Ko‘rinadiki, butun shoir, umuman, ijodkor ang-
lamog‘i
kerakki, har kim o‘z yo‘lini, o‘z qiyofasini qidirib
topmaguncha uzoqqa borolmaydi. Buning uchun faqat
she’r o‘qish va she’r yozish bilangina chegaralanmay, ay-
niqsa, falsafa, psixologiya, tarix kabi ko‘plab ijtimoiy fan-
larni,
qolaversa, insoniyat madaniyati asoslarini chuqur
o‘rganmog‘i, tinimsiz mutolaa qilmog‘i
Dostları ilə paylaş: