208
209
siz aytgan «primitiv maishiy ehtiyoj» emas. Agar shun day
bo‘lganda edi, ijodkor boshqa kasb bilan shug‘ullanardi.
Chunki primitiv maishiy ehtiyoj yaxshi yeb,
yaxshi kiyish
bilan izohlanadigan tushuncha bo‘lsa, biz bilamizki, ijod
yo‘li bunday manzilga deyarli (bizda) olib bormaydi...
Shaxs – ijodkor haqida bir-ikki og‘iz
so‘z aytmoqchi-
man. Bunday ijodkorni
yozishga undagan bosh sabab
uning dunyoga inson bo‘lib kelgan va insonlik chegarala-
rini anglaganidadir. Qolgan barcha katta-kichik sabablar
shuning ichida. Tasavvufda «Xudo insonni o‘ziga o‘xsha-
tib yaratdi» degan fikr o‘tadi. Ulug‘ valiy Rumiy hazratlari
esa inson Olloh sifatlarini o‘ziga qaytarib bermagunicha
saodatli bo‘lolmaydi degan mazmunda bir gap aytgan.
Bu degani shuki, inson o‘z umrini Ollohga xos bo‘lgan si-
fatlarga intilib yashab o‘tmog‘i lozim. Bas, shunday ekan,
Ollohning bitta sifati
yaratuvchilikdir. Egamning sifatlari-
ga intilgan bandasi, garchi Ollohdek yo‘qdan bor qilol-
masa ham, baribir, Xojasiga – Yaratganga taqlid qiladi:
yozadi, chizadi, kuylaydi, tarashlaydi...
Bularsiz mumkin
emas. Chunki u aynan shunday intilishlardagina o‘z in-
sonlik mohiyatini, bu dunyoga
kelish va undan ketish
mantig‘ini – hayot mazmunini idrok etadi. Ayting, San-
jar, yozuvchilik, umuman,
ijod mohiyatini shunday tu-
shungan ijodkorga: «Sening ijoding zamirida eng mayda
maishiy ehtiyojlar mavjud», – deyishga endi ham haddin-
giz sig‘adimi?! Menimcha, yo‘q. Chunki bunday ijodkor
boshqa, siz nazarda tutayotgan qalamkashlar yana bosh-
qadir. «Badi iy tafakkur tadriji» kitobimda men bu haqda
to‘xtalganman. Unda Cho‘lpon she’rlarini o‘qib poeziyani
ijtimoiyot, R.Parfi ijodi bilan tanishib ruhiyat aks etguvchi
maydon deb bilsangiz, ayrim shoirlar mashqlarini varaq-
lab uni haqiqatan ham, Freyd aytganidek, qoniqmagan
Qisqasi, «She’riyatning ortidagi ham she’rmi?» – de-
moqchisiz-da...
Agarda insoniyat deb atalgan xilqat faqat ommadan,
omma darajasi va kayfiyatidan iborat bo‘lganda, men
Freydga to‘la haq berardim. Yaxshiyamki, bunday emas,
yaxshiyamki, hamma davrlarda kishilikning sara farzand-
lari dunyoda ikkinchi qutbni (ommaga nisbatan) yara-
tib kelganlar va bu dunyo muvozanatini ushlab turgan.
Yaxshiyam ki, Freyddan oldin ham, u yashagan davrda-yu
hozir ham shunday kishilar – xos aql, xos ko‘ngil egala-
ri mavjud va ayni fakt men yuqorida ham sevinib, ham
hadiksirab aytgan umidni paydo qiladi. Biroq javobning
bitta «lekin»i, ya’ni bor dahshati shundaki, dunyoni to-
bora, Gasset kuyinib yozganidek, omma egallab, butun
hukmronlikni o‘z qo‘liga olib borayotir. Bu endi do‘ppini
olib qo‘yib o‘ylaydigan jiddiy masala...
Keling, endi bir qadar konkret javobga o‘tsak. Ingliz
yozuvchisi J. Oruell: «To‘rtta sabab ijodkorni yozishga un-
daydi, bular: xudbinlik, olamdan estetik zavq-shavq olish
va uni boshqalarga yetkazish istagi, tarixiy haqiqat qan-
day bo‘lsa, uni o‘shandayligicha ko‘rish ehtiyoji va siyosiy
xohish-iroda», – deb yozadi. Bulardan ikkitasi – xud binlik
va siyosiy xohish-iroda (ya’ni odamlarga o‘z siyosiy qa-
rashini singdirib, dunyoning o‘zi xohlagan tarzda bosh-
qarilishiga hissa qo‘shmak ehtiyoji) qaysidir ma’noda siz
aytayotgan gap mazmuniga yaqin keladi. Biroq qolgan
ikkitasi – dunyo go‘zalligidan bahra olish va uni bosh-
qalarga yetkazish istagi hamda narsalar qanday bo‘lsa,
shundayligicha ko‘rish ehtiyoji insonlik sha’niga muno-
sibdir. Hatto bularning zamirida ham ijodkorning «o‘z
dunyoqarashi» bilan bog‘liq, uning qaysidir manfaatiga
mos tushadigan nimalardir bo‘lishi mumkin. Biroq u endi
210
211
biologik maylni o‘ziga shimib olgan shakl deb o‘ylaysiz
degan bir fikrni ta’kidlaganman. Shuning o‘zi, nazarimda,
siz bergan savolga yana bir umumiy, ayni paytda, yetar-
li darajada batafsil javobdir. Chunki siz she’riyatga qaysi
shoir ijodi orqali qarasangiz, u shu shoirga «yaqin» bir
«rang»da o‘zini namoyon etadi. Agar so‘nggi paytlarda
o‘qiyotganingiz shoirlar sizga ana o‘sha primitiv maishiy
ehtiyojlarni yodga solayotgan bo‘lsa, boshqasini – ruhiy
parvozlarga undovchilarni o‘qib ko‘ring.
Shunda sizga
poeziya boshqacha bo‘lib tuyuladi. Biroq, ba ribir, she’r
to‘g‘risidagi haqiqat ularning bittasida emas, aslo! Balki
hammasining (hatto o‘sha primitiv maishiy tuyg‘ularga
eltuvchilarining ham) birligida.
Dostları ilə paylaş: