Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

A.Allambergenov: 
Ijodiy malaka yuksalishida mo-
derncha talqin qanday o‘rin tutadi deb o‘ylaysiz?
U.Hamdam: 
Qarshi bo‘lmasangiz, moderncha talqin-
ni, umuman, moderncha tafakkur tarzi deb olsak. Chunki 
moderncha tafakkur tarzi bo‘lmasdan talqin ham bo‘l-
maydi. Xullas, ushbu tafakkur tarzining bugungi, zamo-
naviy ijodkor malakasi o‘sishida judayam katta ahamiyati 
bor. Chunki modernizm, ayrimlar iddao qilayotganidek, 
oliftalik degani emas. U – hayotning o‘zidan o‘sib chiqqan 
bitta oqim, bitta kayfiyat, o‘zlikni ifoda qilishning bitta 
yo‘li. Bu yo‘lning sir-u sinoatlaridan xabardor bo‘lish esa, 
o‘ylaymanki, ijod ustasi uchun koni foyda. Axir, usta ku-
rashchining kurashning barcha usullarini bilgani yaxshi-
mi yoki aksi? Shunday rivoyat bor. Bir shogird ustozining 
yonida yurib, undan kurash asroridan yaxshigina saboq 
olibdi. Kun kelibdiki, shogird ustozdan hamma usullarni 
o‘rgandim deb o‘ylabdi va xalq sayllaridan birida elning 
ko‘z o‘ngida ustozi bilan bellashishga jur’at qilibdi. «Us-
tozim keksa, men esa yoshman. U bilganni men ham bi-
laman. Yoshligim esa zafar quchadi», – deya xomxayol qi-
libdi. Kurash boshlanibdi va hash-pash deguncha shogird 
ustozining oyoqlari ostiga tushib qolibdi. Ma’lum bo‘li-
shicha, shogird shoshilgan ekan: ustozining hali unga o‘r-
gatmagan kurash usullari bor ekan, u o‘sha usulni qo‘llab, 
shogirdi yelkasini yerga qadagan ekan. Xuddi shunday, 
qaysi izm bo‘lishidan qat’i nazar, haqiqiy ijodkor ularning 


224
225
degan savolga dunyo va o‘zbek olimlari ko‘pdan beri ja-
vob berib kelishadi, haligacha bu masala ustida bahslar 
yakunlangani yo‘q. Modernizm, o‘zbek olimi Ozod Shara-
fiddinov ta’kidlab aytganidek, «jo‘n hodisa» emas. O‘zbek 
adabiyotshunosligida, ayniqsa, istiqlol yillarida modernizm 
atrofida qizg‘in bahslar bo‘ldi. Bahslarda, asosan, moder-
nizmni o‘zbek mentalitetiga butunlay yot mafkura yoki, 
aksincha, modernizm insoniyat badiiy tafakkur tadrijining 
bir bosqichi, uni o‘qib-o‘rganishning hech bir zarari yo‘q 
degan ikki qarash aytildi. Chunonchi, siz eslagan adabiyot-
shunos olim, o‘ziga xos qarashlar egasi Suvon Meliyevning 
chiqishlaridan tashqari filologiya fanlari doktori, professor 
Bahodir Sarimsoqov «Absurd ma’nisizlikdir»
26
maqolasida 
modernizm oqimlaridan biri – absurdni keskin tanqid os-
tiga oladi, uni «inqiroz», ekzistensializm oqimini esa «su-
butsiz» deb ataydi. Bu qarashga javoban filologiya fanlari 
doktori, professor Umarali Normatov o‘z qarashlarini ilgari 
surib, absurd va ekzistensializm yo‘nalishidagi asarlarga 
san’at hodisasi sifatida qarash kerakligini aytadi: «B. Sarim-
soqovning absurd va ekzistensializmga bergan bahosi o‘ta 
munozarali. San’at hodisasi sifatida absurd tushunchasi bu 
so‘zning lug‘aviy ma’nosidan o‘zgacharoqdir. Absurd, B. 
Sarimsoqov da’vo qilganidek, aslo ma’nisizlik emas, balki, 
aksincha, teran ma’noga ega. Absurd adabiyot, san’atda 
adashgan, aldangan, behuda, samarasiz mehnat-faoliyat-
ga, ma’nisiz qismatga mubtalo etilgan shaxsning fojiasini 
ochib berish, kutilmagan tomonlardan o‘ziga xos tarzda 
badiiy tahlil etishdan iborat»
27
. Ko‘rinib turganidek, qarash-
lar har xil, ziddiyatli. Bahs-u munozaralar hali-hanuz davom 
26
O‘zAS. 2002-y. 28-iyun.
27
Норматов У., Ҳамдам У. Дунёни янгича кўриш эҳтиёжи. Суҳбат // 
Жаҳон адабиёти. 2001 йил декабр.
etmoqda. Talaba yoshlar bu bahsda qaysi fikr jo‘yaliroq, 
ya’ni haqiqatga yaqinroq ekanini bilish uchun esa moder-
nizm va uning yo‘nalishlari mohiyatini teranroq o‘rganib 
chiqishlari lozim bo‘ladi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin