A.Allambergenov: Sizningcha, xalqchillik tamoyili
she’rni san’at darajasiga olib chiqadigan omil bo‘la ola-
dimi yoki yo‘qmi?
U.Hamdam: Albatta, bo‘ladi. Faqat buning bitta sharti
bor: ijodkor iste’dodli bo‘lsin! Iste’dod, iste’dod, yana bir
bor iste’dod! Faqat u hal qiladi.
A.Allambergenov: Ozod Sharafiddinov: «Modernizm
jo‘n hodisa emas», – deya unga ehtiyotkorlik bilan yon-
dashsa, Suvon Meliyev modern yo‘nalishini tamomila
inkor etib, bu yo‘nalish o‘zbek adabiyotini buzadi, u asl
badiiyatni tushunmaydigan va yaratolmaydigan ijodkor-
lar yo‘li deya hukm chiqaradi. Har ikkala qarashga o‘z fik-
ringizni bildirsangiz?
U.Hamdam: Sho‘ro davrida modernizmga taqiq qo‘yil-
di. Bu ishning o‘ziga yarasha arzigulik sabablari bo‘lsa-da
(chunonchi, modernizm individualizmni yoqlaydi, axloqiy
chegara tanimaydi, har qanday an’anani inkor qiladi, Yev-
ropa madaniyatini boshqa madaniyatlardan ustun qo‘ya-
di va h.k.), oqimning dunyo tan olgan, jahon adabiyotida
alohida mavqega ega bo‘lgan vakillari bor ediki, ularning
asarlarini man qilish insonni yaxshi bilmaslik, uning ba-
diiy tafakkur tadrijini mensimaslik bilan teng edi. Zero,
modernizmni bilishga intilish insonni bilishga, uning bo-
tinidagi puchmoqlarda yashirinib yotgan sirlarga bo‘ylash-
ga, ichkaridagi ziddiyatlardan boxabar bo‘lishga intilish-
dir, buning mahliyolik yoki g‘arbparastlikka aslo aloqasi
yo‘q. Insonning san’at-u adabiyotdagi har bir hodisaning
tub ildizlariga sog‘lom nazar sola bilishi alaloqibat uning
dunyoqarashi butunligini ta’min etibgina qolmay, ma’na-
viy immunitetini ham chiniqtiradi. «Modernizm nima?»
modernizm) ham ana shu hayotiy kayfiyatni aks ettiryapti
ekan-da. Shunga qaramay, qanoatimcha, yangi paradig-
maga ehtiyoj bor ekan, u hali izlanadi, izlanmoqda ham.
Qolaversa, Anvar, shu savolingizning o‘ziga butun
boshli bir suhbatni bag‘ishlash kerak. Yo‘l-yo‘lakay aytib
ado qilinadigan mavzu emas bu.