226
227
va shunday «ishlab chiqara» boshlandi. Uslublar, janrlar
qorishdi, mutatsiyaga uchradi. Chinakam san’at asari bi-
lan ommaviy asar o‘rtasidagi chegara buzildi. San’at asari
dizaynlashdi, ya’ni faqat uning tashqi bezagiga e’tibor
kuchaydi. Uni sotiladigan tovarga aylantirildi. Bularning
hammasi bir bo‘lib ommaviy didsizlashuvga yo‘l ochdi.
3. Dunyo holining doimiy o‘zgarib
turishini falsafiy,
badiiy-estetik idrok qilish natijasida umidsizlik, ertangi
kunga ishonchning yo‘qolishi va h.k...
Bu kabi omillar postmodernizmni paydo qildi. Bundan
tashqari, realistik san’at olamni tushunish va tushuntirish-
ga uringan metarivoyatlar yaratgan bo‘lsa, postmoder-
nizm
ularni bekor sanaydi, o‘rniga butun olam haqida
emas, balki uning parchalari haqida tasavvur beradigan
kichik hikoyalar yaratadi. Chunki
faqat parchalargagina
isho nish mumkin deb biladi. Mutaxassislarning fikricha,
ayni shu xusus postmodernizmni modernizmdan ajratib
turuvchi asosiy farqdir. Chunki modernizm ham xuddi rea-
lizm kabi dunyoni yaxlit ko‘radi, voqelikni badiiy idrok etish
mumkin emas deb bilsa-da, uning yaxlit, butun modelini
yaratishga urinadi. Postmodernizm
esa voqelikni par-
cha-parcha holida ko‘radi va ifodalaydi. Postmodernizm
uchun ijodning, asarning o‘zi jarayon, maqsaddir. Uning-
cha, badiiy asar tashqaridagi olamni tushuntirib berishga
qodir emas, shuning uchun ijod jarayonining o‘zi qadriyat.
Zero, dunyoni anglab bo‘lmaydi, uning o‘zi ma’ni (logos)
dan xoli deb biladi. Postmodernizm an’anaviy madaniyat
negizidagi logosentrizmni inkor qiladi. Bas, shunday ekan,
dunyo haqida u yoki bu ma’noga suyangan konsepsiyani
ilgari surayotgan muallifning o‘zi ham qadrini yo‘qotadi.
Chunki, postmodernizmga ko‘ra, muallifni qadrli qilayot-
gan logos (ma’ni) o‘z ahamiyatini yo‘qotgandir. Modomiki,
dunyoni ma’no yordamida tushuntirib bo‘lmas ekan, uni
tushuntirmoqchi bo‘lgan muallifning ham o‘rni bo‘lmay-
di. «Muallif o‘limi» konsepsiyasi shunday vujudga kelgan.
Dunyoni uzuq-yuluq rivoyatlargina tushuntirishi mumkin
deydi postmodernizm. Darhaqiqat, XVIII asrdan e’tiboran
insonning dunyoni o‘zgartiruvchilik rolining sekin-asta pa-
sayishib kelishi va, nihoyat, yo‘qolishi adabiyotdagi sub-
yekt rolining tushib ketishiga olib keldi. Bu esa «muallif
o‘limi»ni paydo qildi. Natijada adabiyotga yakka shaxs-
ning maqsadli yo‘naltirilgan
yaratuvchilik faoliyati deb
emas, balki negizida kollektiv ijod mahsuli bo‘lgan «in-
tertekstual o‘yin» deb qarala boshlandi. Avvaliga (XX asr
avvalida) Nitshe: «Xudo o‘ldi», – deb jar solgan edi, XX ik-
kinchi yarmida esa «muallif o‘limi» e’lon qilindi. Inson ham
matndan, koddan iborat, uning butun umri davomida ayt-
gan har bir fikri, so‘zi, xatti-harakati – kod. Hammasini u
ajdodlardan meros qilib olgan. Uning o‘ziga tegishli hech
narsasi yo‘q. Insoniyat madaniyati ham butun boshli bir
intermatn. Inson tomonidan yozilayotgan har qanday asar
ham ana shu intermatndan olinadi (intertekstuallik) va
bu matn ijodkorning kodlangan subyekti, xolos. Demak,
muallif ham yo‘q, u o‘lgan (Fuko va Bart tadqiqotlariga qa-
rang) deyishdi.
Endi, Anvar, o‘zingiz xulosa qiling, mana shuncha gap-
dan keyin «postmoderncha talqin she’riy dunyoqarash
yuksalishiga olib keladimi?..». Nazarimda, postmodern
dunyoqarash va ifoda yo‘sinini o‘z dunyoqarashi va us-
lubiga payvand qilgan, lekin bu dunyoqarashda o‘zligini
yo‘qotib qo‘ymagan ijodkorgina mazkur yo‘nalishning
mahv etuvchi bo‘ronlaridan omon chiqa oladi.
Faqat
shunday ijodkorning she’riy dunyoqarashida, aytaylik,
badiiy tafakkur tadrijida siljish bo‘lishi mumkin. Men bu