Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Suhbatni Ahmad Otaboyev yozib oldi
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 
2002-yil 23 – 24-sonidan olindi
PIRIMQUL QODIROV 
Ma’navıyat, 
modernızm va absurd


261
Gapni insonga xos ma’naviy izlanishlardan boshlay-
lik. Geologlar tog‘-u cho‘llarni kezib qadri past, arzimas 
narsalarni emas, qadri baland, qimmatbaho narsalarni 
izlashadi. Shunga o‘xshab, insondagi ma’naviy izlanish-
lar ham unga aziz tuyuladigan, ruhiy ehtiyojlarini qon-
diradigan ne’matlarga qaratiladi. Butun tabiat quyosh 
nuri bilan tirik. Ammo inson quyosh nuridan bahra-
mand bo‘lish bilan cheklanolmaydi. Inson ruhi yaxshi 
odamlarning so‘zidan, siymosidan, ijodidan taraladigan 
ma’naviy ziyoga ham katta ehtiyoj sezadi. Chunki ham 
tabiiy nur, ham ma’naviy ziyo bilan yo‘g‘rilgan inson 
hayotigina barkamol bo‘ladi. Ma’naviyat – cheksiz bir 
ummon. Shu ummonning bir qatrasi shaxsan menga 
nasib qilgan bo‘lishi mumkin. Qatrada quyosh qanday 
aks etganini men o‘z hayotiy va ijodiy tajribam misolida 
qisqacha aytib o‘tmoqchiman.
Talabalik yillarimda men uchun eng aziz tuyulgan 
muddaolar ilm-u ma’rifatni egallash, odamlarga nafi 
tegadigan bir mutaxassis bo‘lib yetishish va mehr-u 
oqibatga asoslangan oila qurish edi. Shukrki, bu ma’na-
viy qadriyatlarga ozmi-ko‘pmi erishish va shu haqda 
«Uch ildiz»ni yozish nasib etdi. Navbatdagi ma’naviy 
izlanishlar Moskvada aspiranturada o‘qigan va Mar-
kaziy yozuvchilar uyushmasida o‘zbek adabiyoti bo‘yi-


262
263
ladigan katta maqsadlarga intilib yashaydi. Ulug‘ g‘ayrat 
ulug‘ maqsadlar yo‘lida tug‘iladi deganlari bejiz emas. 
Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon vatan ozod-
ligi va mustaqilligini o‘z oldilariga ulug‘ maqsad qilib 
qo‘ygan edilar. Ana shu maqsadga yarasha ulkan ijodiy 
g‘ayrat va jasorat «O‘tkan kunlar», «Kecha va kunduz» 
kabi o‘lmas asarlarni yuzaga keltirdi. Bu asarlarda mil-
latimizning hayotiga oid teran insoniy mazmun va ba-
diiy ma’nolar kashf etildi. Haqiqat va ozodlik kabi oliy 
maqsadlarga yo‘naltirilgan bu romanlar oliy ma’naviy 
qadriyatlarga aylandi. Abdulla Qodiriy boshlab bergan 
o‘zbek milliy romanchilik maktabi Oybek, Odil Yoqubov, 
O‘tkir Hoshimov, O‘lmas Umarbekov, Tog‘ay Murod va 
boshqa yozuvchilarimizning ijodida davom etib, yangi 
bir taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Cho‘lpon ijodi uzoq 
vaqt taqiq ostida qolgan bo‘lsa ham, uning milliy dard 
va vatan tuyg‘usi bilan sug‘orilgan olovli she’riyati ada-
biyot maydonida paydo bo‘lgan yangi she’riy iste’dod-
larga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. O‘zbek adabiyo-
ti, mustabid tuzumning ta’qib-u tazyiqlariga qaramay, 
yigirmanchi asrda A.Qodiriy, A.Cho‘lpon, A.Fitratlardan 
boshlangan va Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, 
Zulfiya, Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, 
Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov va ulardan 
keyingi avlodlargacha davom etgan ulkan bir yangila-
nish va yuksalish jarayonlarini boshdan kechirdi. Afsus-
ki, bu jarayonlar hali adabiyotshunoslarimiz tomonidan 
yetarlicha tahlil va talqin etilgan emas, munosib bahosi-
ni ham olgani yo‘q.
Qisman shuning uchundir, istiqloldan oldin yaratil-
gan asarlarni «davri o‘tgan» deb hisoblaydigan, ularni 
cha maslahatchi bo‘lib ishlagan yillarimda boshqacha 
shakl larda davom etdi.
Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmaysan de-
ganlari rost ekan. Vatandan yiroqda uni sog‘inib ya-
shaganda boshqa joyda topilmaydigan yuz xil ne’mat-
larimizning qadri o‘tarkan. Moskvada menga quyoshli 
kunlar, oppoq o‘rik gullari, shirin milliy kuylarimiz, ona 
tilimizning go‘zalliklari yetishmas edi. O‘zga ellarda va-
tanni sog‘inib yashaydigan odamga barcha eldoshlar 
bir butun millat bo‘lib ko‘rinadi. Vatanda yurganingizda 
«farg‘onaliklar unday, toshkentliklar bunday, xorazm-
liklar boshqacha» degan gaplarni eshitamiz. Ammo 
vatandan yiroqda mahalliy farqlarning ahamiyati qol-
maydi. Men, masalan, Moskvada do‘ppi kiygan odamni 
ko‘rsam, ko‘nglim yorishib ketardi. Atlas kiygan ayol-
lar Moskva ko‘chalarida quyoshdan tushgan parilarga 
o‘xshab ko‘rinardi.
Men bilan o‘n yil bir binoda mehnat qilgan rus, ukrain, 
gruzin, armani, latish, eston, qozoq, tojik millatiga man-
sub hamkasblarim har biri o‘z xalqi va adabiyoti uchun 
jon kuydirib ishlar edi. Ularda milliy g‘urur va madaniy 
saviya balandligini sezganim sari o‘zim ham shulardan 
qolishmaslikka intilardim. Mana shu his-tuyg‘ular yillar 
davomida o‘sib, kuchayib, odamning vatanparvarlik va 
millatparvarlik e’tiqodini shakllantirar ekan. Bu e’tiqod 
inson ruhini tor xudbinlik qobig‘idan el-yurt kenglikla-
riga olib chiqadi. Bu kengliklarga o‘rgangan odam ru-
han faqat o‘z uyida emas, balki shu uy joylashgan katta 
vatanda yashayotganini yurakdan his qiladi. Faqat o‘z 
shaxsiy miqyosida emas, vatan, xalq miqyoslarida ham 
fikr yuritishga odatlanadi, ana shu miqyoslarga mos ke-


264
265
nuqul «an’anaviy» degan yuzaki so‘z bilan baholaydi-
gan, faqat modern asarlarni yangilik sifatida tan oladi-
gan adabiyotchilar paydo bo‘ldi. Masalan, Z.Pardaye-
vaning bultur «Yoshlik» jurnalida chop etilgan maqo-
lasida O‘tkir Hoshimov va Tog‘ay Murodning istiqlol 
davrida chop etilgan yangi romanlari ham «an’ana-
viy» degan siyqa so‘z bilan baholanadi. Ayni vaqtda, 
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida taniqli 
adabiyotshunoslar tomonidan bir qator jiddiy kam-
chiliklari ko‘rsatib o‘tilgan «Kapalaklar o‘yini» romani 
modern uslubda yozilgani uchun «Adabiyotning yan-
gi romani» deb baholanadi, ushbu baho hatto maqo-
laning sarlavhasiga chiqariladi. To‘g‘ri, maqola jurnal 
tomonidan munozara tarzida e’lon qilingan. Shuni 
hisobga olib modernizm haqidagi bahslarga to‘xtalib 
o‘tish joiz ko‘rinadi.
«Kapalaklar o‘yini» yosh yozuvchi To‘xtamurod Rus-
tamning birinchi yirik asari ekanini hisobga olib pro-
fessor S.Sodiq uni suyab va ayab tahlil qiladi. Romanda 
hali ongi shakllanmagan yoshlarni yo‘ldan ozdiradigan 
va hayotdan bezdiradigan illatlar fosh etilganini, mual-
lifning iste’dodida hajviy yo‘nalish kuchli ekanini domla 
to‘g‘ri ko‘rsatadi. Biroq muallif goh Jeyms Joysning ong 
oqimiga, goh M.Prustning ekspressiv uslubiga amal qi-
ladi, ammo ularga xos yuksak mahoratni egallay olma-
gani uchun taqliddan yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Gyote: 
«Uslub – bu odam», – degan edi. J.Joysning modernis-
tik uslubi ham uning tarjimayi holi va murakkab taqdiri 
bilan bog‘liq bo‘lgan. 1882-yilda Irlandiyada tug‘ilgan 
Joys o‘z vatanining Angliya mustamlakasiga aylangani-
dan, ona tilini unutib, ingliz tilida asar yozishga majbur 
bo‘lganidan o‘ksinadi. U vatanida yurganida o‘zini ik-
kinchi darajali odamdek his qiladi, «kompleks nepol-
notsennosti» deb ataladigan qadrsizlik tuyg‘usi uchun 
o‘z tug‘ilgan yurtini va uning xalqini aybdor deb biladi. 
«Yosh san’atkorning portreti» deb atalgan birinchi ro-
manida Jeyms Joys o‘z prototipi asosida yaratilgan Sti-
venning tilidan vatani Irlandiya haqida shunday deydi: 
«Bilasanmi, Irlandiya nima? Irlandiya bu – o‘z bolalarini 
o‘zi yeydigan keksa cho‘chqa!» (Yosh san’atkorning port-
reti. – B.289) O‘z vatanini shunday haqoratomuz so‘zlar 
bilan ta’riflagan J.Joys 22 yoshida Irlandiyani butunlay 
tark etadi, Parijda va Syurixda yashay boshlaydi. Vatan-
dan yiroqda yurganida ham Irlandiyani «shol bo‘lgan 
mamlakat» deb ataydi, Irlandiya poytaxti Dublinni «pa-
ralich markazi» deb masxara qiladi (O‘sha kitob. – B.9).
Joysning muxlislaridan bo‘lgan amerikalik yozuvchi 
J. Ferrol yozadi: «Jeyms Joys dinidan, xalqidan, vata-
nidan voz kechadi, unga faqat so‘z san’ati muqaddas 
tuyuladi, shu sababli butunicha san’at san’at uchun 
degan g‘oyaga beriladi» (O‘sha kitob. – B.XXII). J.Joys 
chindan ham ingliz tilining ulkan so‘z san’atkori bo‘lib 
yetishadi, uning so‘z san’ati sohasida qilgan badiiy 
kashfiyotlaridan E.Xeminguey kabi mashhur yozuvchi-
lar ham bahramand bo‘lganini tan oladilar. Biroq va-
tandan, xalqdan, dindan yuz o‘girish Joysni ma’naviy 
tushkunlikka va yolg‘izlik azobiga mahkum etadi. O‘z 
xalqini qadrlamagan, o‘z vatanini inkor etgan, dahriy-
likka berilgan odam butun tarixni, butun dunyoni va 
odamzodni ham qoralashga tushib ketishi mumkin 
ekan. «Uliss» romanida Joysning proobrazi bo‘lgan va 
aynan uning fikrlarini aytadigan Stiven shunday deydi: 


266
267
«Tarix bu – dahshatli tush, men undan uyg‘onib qutu-
lishni istayman. Tarix – bu dunyoning kriminal xronikasi 
(jinoyatlar solnomasidir), chunki butun odamzod jino-
yatchilar to‘dasidir. Biz dunyo deb ataydigan bu sas-
siq go‘ng uyumida hamma narsa omonat...» (Жойс Ж. 
Улисс // Интернациональная литература. 1935. №2. 
– С.46). Butun odamzodni jinoyatchilar to‘dasi deb ayb-
lash va dunyoni sassiq go‘ng uyumi deb haqorat qilish 
insoniy odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzish 
edi. Buning oqibatida J.Joys atrofida juda katta janjal 
ko‘tariladi. «Uliss» romani Angliya, Fransiya va AQSh-
da taqiqlanadi. Mashhur fantast yozuvchi Gerbert Uells 
Joysga yozgan maktubida shunday deydi: «Siz oddiy 
odamlardan yuz o‘girdingiz va o‘zingizni juda katta ol-
yapsiz. Menimcha, bu boshi berk ko‘chadir». R.Olling-
ton degan adib «Uliss»ni «Odamzodga qarshi aytilgan 
yalmog‘izlarcha tuhmatdir» deb ataydi. Amerikalik adib 
Edvard Dalberg «Uliss» romanining voqealari bir ke-
cha-kunduzda bo‘lib o‘tishini nazarda tutib shunday 
deydi: «Uliss» – bu axlatxonalar bo‘ylab bir kecha-kun-
duz davom etgan sayohatdir» (Урнов Д.М. Джеймс 
Джойс и современный модернизм. – М., 1964. – С.5). 
Bu endi J.Joysning butun dunyoni masxaralaganiga 
qarshi javob masxara edi.
Bizningcha, har ikki tomonning ham masxaralari 
yozuvchilik odobiga xilofdir. Shunga qaramay, J.Joys-
ning achchiq kinoya va masxaralarini yuksak san’at va 
jasorat namunasi deb hisoblaydigan, bu borada un-
dan ibrat olishga intiladigan odamlar, ayniqsa, yosh 
yozuvchilar hozir ham uchraydi. Yuqorida eslab o‘til-
gan «Kapalaklar o‘yini» romanida Joysni eslatadigan 
kinoya va masxaralar, eng avvalo, oddiy odamlarga 
takabburona munosabatda ko‘zga tashlanadi. Hech 
kimga zarari tegmaydigan, eshak minib ro‘zg‘or tebra-
tadigan kamtar bir inson Eshim butun roman davomida 
«Eshim eshak» deb kamsitiladi. Romanda oliftachi-
lik bilan ichib- chakib yuradigan, biron foydali ish qil-
maydigan bekorxo‘ja-takasaltanglar «Eshim deganimiz 
bu – eshak demakdir» degan balandparvoz she’r ham 
to‘qishadi. Muallif bu bilan ham qanoatlanmay, Eshim 
nomidan quyidagicha umumlashma qiladi: «Eshak 
ham xuddi odamga o‘xshaydi, faqat eshak odam-
dan esliroq bo‘ladi». Inson zotini eshakdan ham past 
qo‘yib, bu qadar ayovsiz yerga urish modernizm ta’si-
riga berilib insonparvarlikdan yuz o‘girishga o‘xshaydi. 
Bir vaqtlar Gerbert Uellsning Joysga qarata «Siz od-
diy odamlardan yuz o‘girdingiz» degan tanqidini «Ka-
palaklar o‘yini» muallifiga ham aytishga to‘g‘ri keladi.
Joysning olamdan o‘tganiga oltmish yildan oshdi. 
Shundan beri jahonda va adabiyotda katta o‘zgarish-
lar yuz berdi. Nufuzli doiralarda «Yevropa vijdoni» deb 
tan olingan Alber Kamyu G‘arb adabiyotining guma-
nizm yo‘liga yana qaytib kelishiga va ma’naviyatning 
astoydil qadrlanishiga katta hissa qo‘shdi. Yangi tarixiy 
sharoitda postmodernizm tarafdorlari ham gumanizm 
va ma’naviyat tomonga burilish yasadilar. Shunga qa-
ramay, «Kapalaklar o‘yinida» hamon o‘sha Joysning 
nigilizmiga, o‘rinsiz kinoya va masxaralariga taqlid 
qilish hollari ko‘p uchraydi. Muallif Toshkent vaqtini 
«Baqahovuz vaqti» deb o‘zgartiradi. Hatto kinoya tar-
zida «Baqahovuz haqiqati» degan gazeta borligi ham 
takror-takror qayd etiladi...


268
269
Joys o‘zini nihoyatda yolg‘iz his qiladi, o‘z san’atini 
hamma narsadan baland qo‘yadi. «Ulug‘lik» cho‘qqisi-
da turib o‘z xalqi va butun odamzod sha’niga yuqorida 
keltirilgan nomunosib aybnomalarni aytadi. Moder-
nizmda Joysning an’anasiga amal qiluvchi ayrim ijod-
korlar ham insonlar, hatto millatlarga nisbatan juda ba-
landdan kelib, katta-katta ayblar qo‘yadilar. Buning bir 
misolini iste’dodi ko‘pchilik tomonidan tan olingan ta-
niqli shoir Abduvali Qutbiddinning «Sharq yulduzi»da 
chop etilgan «Izohsiz lug‘at» nomli dostonida ko‘rish 
mumkin. Bu dostonda o‘tmishdagi mustamlaka zulmi 
ostida yashagan insonning fojiaviy xatolari quyidagi-
cha izohlanadi:
Vataning bor edi, sotding.
Onang bor edi, otding.
Lazzatga, safoga, ishratga almashding bor-u budingni,
Cho‘chqaga xizmatga kirding,
To‘ng‘izning amrini bajarding,
Esizgina odam, qizil va sariq shoqol
Ko‘z uzmay kuzatib turibdi har bir harakatingni.
Ko‘zingdan, burningdan bitlar chiqmoqdalar
amal-taqal qilib.
Og‘zingdan semirib ketgan qurbaqa zo‘rg‘a 
tushayotir –
kekirtagingni yorib yuborar.
...Esizgina odam, achinaman, afsuslanaman...
Kechikmadikmikin Odamni qutqarmoqqa?!. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin