10. В октябре этого года вы побывали в Узбеки
-
стане. Посетили Бухару, Самарканд, Ташкент. Поде
-
литесь, пожалуйста, своими впечатлениями.
– Я должна абсолютно искренне сказать, что в Уз-
бекистан я просто влюбилась – и теперь мне очень
хочется сюда вернуться. У меня появилась еще одна
точка на карте, начавшая излучать для меня тепло,
переставшая просто быть каким-то абстрактным ге-
ографическим названием. Во-первых, здесь я встре-
тила невероятно радушных, светлых и мудрых людей;
наверное, встреченных мною здесь замечательных
людей объединяет «солнечность», на каком бы языке
они не говорили.
И, конечно, здесь невероятно древняя, интерес-
ная культура. Больше всего меня поразила Бухара, ее
древность, сохранившийся дух другой жизни, другого
мира, даже другой цивилизации. Очень красив Са-
недавно, и их правами теперь заведует какое-нибудь
агентство. Такие агентства, как правило, интересует
только доход от публикаций, без учета того, что сами
переводчики за подобные публикации часто ничего
не получают. Продвижение же автора среди русских
читателей в такой ситуации, как правило, агентства
не интересует совершенно. Выходит, что нужно или
договариваться с живыми авторами, которые, надо
сказать, вполне понимающе относятся к ситуации, по
крайней мере, исходя из моего опыта, или же перево-
дить авторов, умерших более 75 лет назад, то есть тех,
чьи работы уже свободны от копирайта. Что, конеч-
но, не сильно способствует взаимодействию культур
и взаимопроникновению именно некоммерчес кой
литературы в настоящем, на том начальном этапе,
когда только начинают выкристаллизовываться име-
на появляющихся классиков некоммерческой лите-
ратуры, в первую очередь, стихов.
9. Во время нашей беседы, когда я привел выска
-
зывание пророка Мухаммеда о том, что человек, ко
-
торый знает один язык – это один человек, человек,
который знает два языка – это два человека, вам
оно понравилось и вы записали его в свой блокнот.
Сколько же человек живет в вас? Вы не знали, что в
вас живет несколько человек?
– У меня возникало это чувство, и когда я прислу-
шивалась к себе и к моим друзьям, многие из ко-
торых тоже говорят на нескольких языках. Помню,
когда, живя в Америке, я впервые по-настоящему за-
говорила по-английски, то есть, не переводя слова и
предложения с русского, а просто погружаясь в этот
язык и думая его категориями, то у меня даже возник
244
марканд, очень зеленый и чистый Ташкент. Каждое
место оставило свое теплое впечатление – а сколько
еще мест в Узбекистане, в которых я на этот раз не
успела побывать!
11. Ваши пожелания нашим читателям...
– У вас замечательные читатели: в зале музея Есе-
нина, выступая перед ташкентскими слушателями, я
видела перед собой понимающих, умных, отзывчи-
вых и чувствующих людей. К такой аудитории хочется
возвращаться, и приятно, что такие люди есть. Поэ-
тому просто пожелаю вашим читателям не утратить
этот дар – чувствовать поэзию, ценить литературу,
любить прекрасное, на каком бы языке они не го-
ворили. И еще раз – большое спасибо за гостепри-
имство, радушие и теплоту, которые я нашла в этой
замечательной стране.
OZOD SHARAFIDDINOV:
«MODERNIZM JO‘N
HODISA... EMAS» (2002)
247
– Garchi «modernizm» atamasi qariyb bir asrdan
beri ishlatilib kelayotgan bo‘lsa-da, biz uchun yangi, bir
qadar notanish istiloh. Suhbatimiz boshida bu tushun-
chaning mohiyati haqida gazetxonlarimizga ma’lumot
bersangiz.
– «Modernizm» asli fransuzcha «modern» so‘zidan
olingan bo‘lib, «zamonaviy» degan ma’noni bildiradi.
Bu istilohning biz uchun bir qadar notanish bo‘lib kel-
ganiga sabablar bor. Bu sabablar, birinchidan, mafkura-
viy xarakterga ega va sho‘ro davri adabiy siyosati bilan
chambarchas bog‘liq. Ma’lumki, sho‘rolar hayotdagi
hamma sohalarni birvarakayiga tubdan o‘zgartirishni
da’vo qilib chiqishgan edi. Shu bilan birga, ular butunlay
yangi odam yaratish g‘oyasini ham oldinga surib, shu-
ningdek, yangi adabiyot da’vosi bilan ham chiqish gan
edi. Hayot bu da’volarning puch ekanligini isbot qildi.
Jumladan, har qanday inson hayoti davomida turfa xil
o‘zgarishlarni boshidan kechirsa ham, bir quvonch larga
to‘lib, bir baxtsizlik ichida yashasa ham, zohiran qara-
ganda, bir terining ichida necha marta ozib-semirsa
ham, aslida, uning tabiati dunyodagi eng kam o‘zgara-
digan narsadir. Insonshunos olimlarning bugungi inson
tabiatiga ko‘ra bundan 2000 yil oldingi insondan juda
kam farq qilishini isbotlab berishgan. Uning tafakkurida
qandaydir yangi g‘oyalar tug‘ilishi mumkin, lekin tafak-
kur mexanizmi eskicha qoladi. Uning tuyg‘ularida qan-
248
249
gan rus adabiyotshunoslari ham bir ovozdan moder-
nizm adabiyotini keskin tanqid qilib chiqishgandi. Ya’ni
bu adabiy oqim vakillarining asarlari G‘arbda inkor etildi,
keyinchalik kommunistik g‘oya tarafdorlari tomonidan
tamoman rad qilindi. Buning sabablari haqida fikrlarin-
gizni bilmoqchi edik.
– XIX asr oxiri va XX asr boshlarida jahonda ijtimoiy ha-
yot sohasida taraqqiyot sur’atlari mislsiz tezlashib ketdi.
Bu ko‘plab yangicha qarashlar, yangicha fikrlarni vujud-
ga keltirdi. Ular adabiyotda ham insonga yangicha mu-
nosabatda bo‘lishni taqozo eta boshladi. Boshqacha ayt-
ganda, adabiyotda ko‘p vaqtlardan beri amal qilib kelgan
realizm metodi qay bir jihatdan eskirgandek, yangi maz-
munlarni ifodalashga torlik qilib qolayotgandek ko‘rindi.
Va ayrim san’atkorlar zamon talablariga muvofiq ravish-
da hayotni aks ettirishning yangi yo‘llari, shakllarini izlay
boshladilar. Shu tarzda butun jahon bo‘ylab turli-tuman
modernistik, ya’ni zamonaviy oqimlar paydo bo‘la bosh-
ladi. Albatta, bularning ichida samaralilari ham bor edi.
Va shunchaki tajriba tariqasida o‘tkazilgan, lekin amalda
katta muvaffaqiyatga erishmaganlari ham bor edi. Bu iz-
lanishlar, tajribalar mutlaqo tabiiy va qonuniy edi. Lekin
sho‘ro mafkurasi nuqtayi nazaridan har qanday moder-
nizm yoki san’at va adabiyotdagi har qanday izlanish sot-
sialistik realizmdan chekinish deb qaralar, shuning uchun
u qoralanishi kerak edi. Shunday qilib, bizda «xalq dush-
manlari», «burjua millatchisi», keyinroq esa «revizonist»
singari «modernist» degan ayblov ham maydonga keldi.
Modernizmni yoqlagan, modernistik oqimlarni ma’qul
ko‘rganlar mafkuraviy dushman sifatida talqin qilindi.
Faqat asr oxiriga kelgach o‘zbek adabiyotshunoslari
daydir yangi xislatlar paydo bo‘lishi mumkin, lekin ba-
ribir tuyg‘ularning o‘zi juda kam o‘zgaradi. Davrlar har
qancha o‘zgarmasin, insonni harakatga keltiruvchi aso-
siy omil shaxsiy manfaat bo‘lib qolaveradi. Insonning bu
xislati ruslarning «Baliq chuqur joyni izlaydi, inson esa
yaxshi joyni» degan maqolida juda yaxshi ifodalangan.
Xuddi shunga o‘xshash, insonning ruhiy-ma’naviy fao-
liyati hosilasi bo‘lmish san’at va adabiyot ham tabiatan
kam o‘zgaradigan hodisalardandir. Albatta, san’at va
adabiyot paydo bo‘lgan davrlardan beri muayyan tad-
rijiy yo‘lni bosib o‘tdi, lekin bu yo‘llar mazmuni qanday
bo‘lmasin, san’at va adabiyotning mohiyati o‘zgargani
yo‘q. Hamon uning markazida inson va uning dardlari
turibdi. Hamon uning asosiy muammosi inson kim va
u qanday yashamog‘i kerak, inson hayotining mohiyati
nimada degan muammolardir. Afsuski, sho‘ro mafku-
rasi inson tabiatidagi mana shu muqimlikni tan olishni
istamadi. Va har xil vositalarni ishga solib, uni tubdan
o‘zgartirishga kirishdi. «Proletar adabiyoti» degan ada-
biyot o‘ylab topildi. Uning birdan bir metodi sotsialistik
realizm deb e’lon qildi. Bundan bir qadar tashqariga
chiqadiganlarni sinfiy dushmanga chiqa rishdi va shun-
ga muvofiq ular jazolarga mustahiq qilindi. Ammo,
tabiiyki, inson bir xil bo‘lmaganidek, uning adabiyoti
faqat bir xil mazmunda yozadigan, faqat bir xil uslubni
tan oladigan, yakrang adabiyot bo‘lishi mumkin emas
edi.
– O‘tgan asrning 20 – 30-yillarida modernizm oqimi-
ga mansub deb hisoblangan asarlar G‘arbda ham, Ame-
rikada ham tazyiqqa uchragan edi. O‘zingizga ma’lum,
sobiq Ittifoq davrida G‘arb adabiyoti bilan shug‘ullan-
250
251
ichida bu masalalarni qalamga olib to‘g‘ri talqin qilishga
harakat boshlandi.
– «Jahon adabiyoti» jurnali va «O‘zAS»da e’lon qilin-
gan ayrim maqolalarni aytmaganda bugungi adabiyot-
shunosligimiz modernizm adabiyotidan bexabar desak,
to‘g‘ri bo‘ladimi?
– Albatta, modernizm bir turdagi jo‘n hodisa emas.
Modernistik oqimlarni dabdurustdan tushunib olish
ham muayyan qiyinchiliklarni tug‘diradi. Modern hodi-
salari hamma vaqt ham san’at va adabiyot hodisalariga
biz beradigan ta’riflarga to‘g‘ri kelavermaydi. Buning us-
tiga, bizning san’at va adabiyotga qarashlarimizda juda
katta bir nuqson bor: bizning nazariyamiz san’at va ada-
biyotdagi rang-baranglikni tan olmaydi. U imkon bori-
cha san’at va adabiyotning hamma tur va hamma xillari-
ga mushtarak bo‘lgan qonun-qoidalarni inkishof etishga
harakat qiladi. Masalan, she’riyat ham, nasr ham badiiy
adabiyotga kiradi. Ayni chog‘da, ularning orasida osmon
bilan yerchalik farq borligini ko‘rmaslik mumkin emas.
Roman, qissalar bobida o‘ylab chiqarilgan qoidalarimiz
lirika va poemaga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Xuddi shunga
o‘xshash, adabiyot, rassomchilik va musiqa ham «san’at»
degan tushuncha doirasiga kiradi. Biroq, shunga qara-
may, ular insonning ruhiy faoliyatining turlari ekanligidan
boshqa hech qanday mushtarak tomonlarga ega emas.
Binobarin, rassomlik talqini bilan musiqa, adabiyot talqi-
ni o‘zaro keskin farq qilishi kerak. Men bu gaplarni shu
ma’noda aytyapmanki, asosiy materiali rang va bo‘yoq
bo‘lmish rassomlik sohasidagi izlanishlar, albatta, ada-
biyot sohasida ham aynan takrorlanishi mutlaqo shart
emas. Masalan, abstraksionizmni olaylik. Abstraksionizm
mavhumlik degani. San’atkorlar hayotni hayot formasida
aks ettirmog‘i kerak degan gapdan qochib, uni boshqa-
cha tarzda ham aks ettirish mumkinligini isbotlash uchun
mavhum tasvirlarga, ya’ni birinchi qarashda biror-bir ha-
yotiy mazmunga ega bo‘lmagan tasvirlarga keng o‘rin
bera boshladilar. Shuni aytmoq kerakki, abstraksionizm
elementlari faqat keyingi asrlardagina paydo bo‘lgani
yo‘q. Uning unsurlari Sharq va G‘arbning qadimgi san’a-
tidan istagancha topiladi. Uzoqqa bormaylik-da, bir mi-
sol keltiraylik. O‘zbeklarning atlasini juda yaxshi bilasiz.
U kamida ming yillik tarixga ega. Bilmayman, atlasni
san’atga yo‘yish kerakmi, yo‘qmi? Biroq, imonim komil-
ki, u yuz foiz abstraksionizm asosiga qurilgan. Undagi
bir-biriga chatishib ketgan ranglar qanday hayotiy maz-
munga egaligini bilmayman, biroq jilolari, tovlanishlari
haddan tashqari go‘zal. O‘zbek atlasining yal-yal yonishi
ancha asrdan beri erkaklarni ham, ayollarni ham birday
zavqlantirib keladi. Xuddi shuningdek, o‘zbeklarning
me’morchilik san’atida ham, o‘ymakorlik va naqqoshlik
san’atida ham mavhumlik unsurlari ko‘plab uchraydi.
Lekin rassomlik san’atidagi abstraksionizmni, menim-
cha, oqizmay-tomizmay adabiyotga ko‘chirib bo‘lmay-
di. Adabiyotda mavhumlik kuchayib ketgan o‘rinlarda,
mazmun hisobiga shaklbozlikka berilgan joylarda, inson
muammolari cheklanib qolgan joylarda katta muvaffaqi-
yatga erishish qiyin.
– Bizda modernizmni tushunib (tushunmay ham)
inkor etuvchilar bor. Ayni paytda, bu yo‘nalishni jahon
san’ati va adabiyotidagi ilg‘or tendensiya sifatida qabul
qiladiganlar ham uchraydi. Mana shu ikki xil qarashlarga
munosabatingizni bilmoqchi edik.
252
253
– Men shu kunlarda buyuk ingliz yozuvchisi Jon
Golsuorsining adabiyot haqidagi ayrim maqolalarini
tarjima qilyapman. Bu maqolalar 1930 – 1931-yillar,
adib hayotining so‘nggi davrida yozilgan. Bu davrda
adabiyotda modernistik izlanishlar ancha avj pallaga
ko‘tarilgan edi, kitobxonlar o‘rtasida ularni yoqlovchilar
va an’anaviy adabiyotni butkul rad etuvchilar ko‘payib
qolgan edi. Boshqacha aytganda, modernistik adabi-
yot modaga kirgan edi. Modaga kirgan narsa to‘g‘risi-
da tanqidiy fikr aytish juda qiyin. Tafakkurimizning ojiz
tomonlaridan biri xuddi shunda ko‘rinadi. Biz ko‘pchi-
lik maqtayotgan asarni o‘qib tushunmasak ham, bizga
sira ma’qul bo‘lmagan bo‘lsa ham, hammaga ergashib
maqtashga tushamiz. Bunda «qirolning yangi ko‘yla-
gi» sindromi amal qiladi. Asarni maqtayotgan ko‘pchi-
lik dono bo‘lsa-yu, men uni tushuna olmaydigan aqli
noqis bir odam bo‘lsam...
Golsuorsiga tan berish kerak. U bir necha maqo-
lasida odamlarning ta’nasidan qo‘rqmay, hamma to-
monidan maqtalayotgan modernistik asarlar haqida
tanqidiy fikr aytadi. Bu asarlarni 30 yildan keyin hamma
unutib yuboradi deydi. Ehtimol, Golsuorsi o‘zining bu
fikrida to‘la haq emasdir. Jumladan, romanlari «oila-
viy hayotning qomusidan iborat» (Golsuorsi) M.Prust
bugun unutilgani yo‘q. Lekin, menimcha, Golsuorsi bir
narsada haq: u adabiyotning mohiyatini inson xarakte-
rini yaratishda deb biladi. Markazda insonning taqdiri
turmagan, uning hayot yo‘llaridagi dramatik va fojiali
izlanishlari aks etmagan asarlar umrboqiy asarlar bo‘la
olmaydi. Faqat Golsuorsi emas, modernistik adabiyot-
ga unchalik ro‘yxushlik bildirmagan boshqa adiblar
ham ko‘p. Lekin na Golsuorsi va na boshqa G‘arb yo-
zuvchilari modernizmni tanqid qilar ekanlar, san’atkor-
ning shakl va uslub bobidagi izlanishlariga, tajribalar
o‘tkazish bobidagi huquqlariga zarracha shubha qilgan
emaslar. Umuman, faqat XX asr boshida emas, boshqa
davrlarda ham yozuvchilar inson xarakterini chuqurroq
va jozibaliroq qilib tasvirlash yo‘lidagi izlanishlardan
to‘xtagan emaslar. Agar biz bunday izlanishlarni za-
mon talabi bilan qilingan modernistik izlanishlar deb
tan olsak, modernizmni jahon adabiyoti tarixining istal-
gan davridan topish mumkin. Rablening «Gargantyua
va Pantagryuel» degan mashhur romani yoki Sviftning
«Gulliverning sayohatlari» haqidagi qissasi, Gogolning
«Mirgorod» turkumiga kiradigan asarlari va yana o‘nlab
asarlar bu fikrning dalilidir.
Sho‘ro adabiyotida ham, taqiqlar har qancha kuch-
li bo‘lmasin, ayrim yozuvchilar yangi shakllar izlash-
dan to‘xtagan emas. Faqat bu yozuvchilarning ijodida
modernistik izlanishlar yo fantastik elementlar orqali,
yo satira va yumor yordamida ifodalangan. Jumladan,
mash hur M.Bulgakov «Ityurak» nomli qissasida bir pro-
fessorning tajribalari tufayli itdan odamga aylanib qol-
gan shaxsning partiyaga kirishi va katta idoralarda ish-
lab, itlarga xos harakatlar qilishini juda yorqin ochgan.
Yoki yozuvchi V.Voynovich 70-yillarda yaratgan «Askar
Chonkin» qissasida sho‘rocha ko‘r-ko‘rona sadoqatning
avra-astari ag‘darilgan. Albatta, bu asarlarning hech qay-
sisi hukmron mafkura darg‘alarining birortasiga yoqqan
emas. Chunki sho‘rolar zamonida «dohiylar»ga ma’qul
keladigan yozuvchilargagina keng yo‘l berilardi. Bunday
yozuvchilar sha’niga tanqidiy gap aytish, ularning ijo-
254
255
didagi nuqsonlarni ko‘rsatish mumkin emasdi. Bunday
yozuvchilar qolgan hamma yozuvchilarga o‘rnak sifa-
tida ko‘rsatilardi va go‘yo ularning asarlariga o‘xshatib
yozish ga da’vat qilinardi. Masalan, Gorkiy – sho‘ro ada-
biyoti asoschisi, Mayakovskiy – davrning eng atoqli shoi-
ri, binobarin, hamma ijodkorlar ulardan o‘rnak olishi ke-
rak edi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan bunday adabiyotning misi
chiqdi. «Sho‘ro adabiyoti» deb atalgan adabiyot, ayrim
mustasnolardan qat’i nazar, juda g‘arib, juda nimjon,
rangsiz, quruq, beta’sir adabiyotga aylanib qoldi. Nati-
jada millionlab odamlarning adabiyotdan ixlosi qaytdi,
kitob o‘qimay qo‘yishdi.
– Bizdagi ba’zi adabiyotshunoslarning fikricha, o‘tgan
asrning boshlaridayoq o‘zbek adabiyotining iste’dodli
vakillari modern adabiyotidagi shakliy izlanishlarga kat-
ta havas bilan qarashgan ekan. Keyinchalik ularning bu
yo‘nalishdagi ijodiy tajribalari to‘xtab qolgan. Siz shu fik-
rni tasdiqlaysizmi?
– Haqiqatan, 20 – 30-yillarda o‘zbek adabiyotida
ham muayyan modernistik izlanishlar bo‘lgan. Bu,
jumladan, Oybek, Mirtemir, Cho‘lpon ijodida ko‘rinadi.
Oybekning dastlabki she’rlarida modernistik izlanish
his-tuyg‘ularining tahliliga juda keng o‘rin berilgani-
da ko‘rinadi. Mirtemir birinchi kitobida hayot zavqini
tizginsiz pafos bilan ifodalashga intiladi. Afsuski, unda
me’yor buzilgani uchun pafos ko‘p o‘rinlarda oddiy
balandparvozlikka aylanib ketadi. Cho‘lpon esa «Ke-
cha va kunduz» romanida, ayniqsa, Zebi ustidan sud
epizodlari tasvirlangan o‘rinlarda o‘sha voqealarning
absurdligini juda yorqin ifodalagan. Ifodalaganda
ham quruq so‘zlar bilan emas, qahramonlarning xat-
ti-harakatlari, his-tuyg‘ulari bilan ifodalagan. Afsuski,
o‘zbek adabiyotidagi bunday izlanishlar o‘z vaqtida
tanqidchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi, nati-
jada davom ettirilmay qolib ketdi.
– Keyingi yillarda, asosan, yoshlar ijodida modernistik
oqimga mansub asarlarga havas ancha ko‘zga tashla-
nib qoldi. Ayrim ijodkorlar fikricha, bu jarayon endilikda
shunchaki taqlid doirasidan chiqib, muayyan bir ko‘ri-
nish olayotir. Siz bu fikrga qanday qaraysiz?
– Bugun adabiyotimiz yangicha sharoitda yashab ijod
etmoqda. Avvalgi tazyiqlar va taqiqlar hozir yo‘q. Endi
yozuvchi va shoirlar badiiy shakl va uslub borasida juda
keng ko‘lamda izlanishlar olib borishlari mumkin va olib
borishayotir ham. Jumladan, bugungi adabiyotimizda
dramaturg Sharof Boshbekov ijodida, shoir Abdulla Ori-
povning ayrim asarlarida, Omon Muxtorning romanlari-
da, Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» asari-
da, nisbatan yosh shoir va yozuvchilar Nazar Eshonqul,
Xayrullo, Bahrom Ro‘zimuhammad, Go‘zal Begim, Olima
Nabiyeva ijodida buni ko‘rish mumkin. Lekin men bir
narsadan ogoh etib qo‘ymoqchiman: izlanishlar bobida
ehtiyot bo‘lmoq kerak, negaki yangi narsa hamma vaqt
ham faqat yangiligi uchungina yaxshi bo‘lavermaydi,
shuningdek, eski narsani ham faqat eskiligi uchun «puf,
sassiq»qa chiqarish mumkin emas. Men hamma yozuv-
chilar askar bolalarday qaddi-qomati bir-biriga o‘xshagan
olachipor forma kiyib olsin demoqchi emasman. Men
faqat shuni aytmoqchimanki, biz realizm deb ba’zan
kesatiq bilan, ba’zan kinoya bilan, ba’zan g‘ashlik bilan
tilga oladiganimiz uslub hali uncha qarib qolgani yo‘q.
Ayniqsa, bizning o‘zbek adabiyotimizda. Bizning adabi-
256
257
olim yoki kitobxonning ixtiyorida. Men Sizning bu masa-
laga shaxsiy munosabatingiz, xohlang olim, xohlang ki-
tobxon sifatida, biroq xususiy munosabatingizni bilsam
degandim...
– Shaxsan men shu paytga qadar adabiyotdagi mo-
dernizmga o‘z munosabatimni aniq belgilab olgan
emasman. Ba’zi bir modernistik asarlarni, ayniqsa, yu-
morga yo‘g‘rilgan asarlarni (Sanislav Lem, Rey Bredbe-
ri) zavq bilan yengil o‘qiyman. Folkner, Joys, Prust kabi
adiblarning asarlarini esa o‘qishda qiynalaman. Hatto
ba’zan ularning asarlarini yarmidan tashlab qo‘ygan
hollarim ham bo‘lgan. Shunga qaramay, men bu yoki
bu kabi boshqa yozuvchilarni hecham qoralamayman.
Ehtimol, gap yozuvchida emas, balki mening didimda,
saviyamdadir. Har holda, faqat menga yoqqani yoki
yoqmaganiga qarab biror asarni rad etish yoki ulug‘lash
mumkin emas.
Yana bir misol keltiraman. Men badiiy tasvir san’atini,
rasmlarni yaxshi ko‘raman. Dunyoga mashhur musavvir-
larning polotnolarini hamma vaqt zavq bilan tomosha
qilaman. Lekin o‘zimni tasviriy san’at asariga baho be-
radigan hakam deb o‘ylamayman. Malevich degan ras-
somning asrimiz boshlarida ishlagan bir surati bor. Bu
«Qora kvadrat» deb ataladi. Unda chindan-da tim qora
kvadratdan boshqa hech narsa yo‘q. Xudo haqqi, men
shu paytgacha bu suratning nima ma’no anglatishini
tushunganim yo‘q. Lekin, buni qarangki, ana shu men
tushunmagan asar san’at bozorida milliondan ko‘proq
dollar turar ekan. Men, albatta, million dollarim bo‘lsa,
uni nimaga sarflashni o‘zim bilardim. Shunga qaramay,
o‘sha asarni xarid qilgan odamlarni qoralashim insofdan
yotda realizm shakllanayotganiga endigina bir asr vaqt
bo‘ldi. Ehtimol, bu vaqt ichida realizmning bor-yo‘g‘i o‘n
gulidan biri ochilgandir.
Men yaqinda Ulug‘bek Hamdamovning «Muvoza-
nat» deb nomlangan yangi romanini o‘qib chiqdim.
Bu roman, bir-ikki epizodini hisobga olmaganda, tom
ma’noda an’anaviy uslubda yozilgan. Ehtimol, «bir-ik-
ki epizod» modernistik xarakterda bo‘lib, kitobxonning
ko‘ngilxushligi uchun kiritilgandir. Ularda ba’zi bir perso-
najlarning ishqiy mojarolari yalang‘ochroq ifodalangan.
Lekin yaxlit olganda roman menda juda chuqur taas-
surot qoldirdi. Uning voqealari bizning kunlarda, bizning
yurtimizda sodir bo‘ladi. Roman qahramoni oliy o‘quv
yurtida tarixdan dars beradi. Lekin bozor munosabatla-
ri bu odamni chirpirak qilib uchiradi. Uning iztiroblari,
boshiga tushgan kulfatlar panjasidan qutulishga intilish-
lari, yo‘l izlashlari, chora qidirishlari kitobxonni befarq
qoldirmaydi. Romanni o‘qib chiqar ekanman, bugun-
gi kun odamini tasvirlashda hali realizmning ochilma-
gan imkoniyatlari ko‘p ekaniga imon keltirdim. Demak,
gap bu yerda realizmda yoki modernizmda emas. Gap
san’atkorda, uning tafakkurida va mahoratida. Adabiy
asar esa chinakam asar namunasi bo‘lmog‘i uchun, rea-
lizmga mansub bo‘ladimi, romantizm uslubida yozilgan
bo‘ladimi, qandaydir boshqa modernistik uslubga amal
qiladimi, baribir, yana takror aytaman, uning markazida
inson turmog‘i kerak, kitobxon insonning taqdiri, tabia-
ti, hayoti haqida muayyan axborot olish bilan birga bu
asardan estetik zavq ham ola bilsin.
– Modernizm oqimiga mansub deb qaralgan asarlar-
ni qabul qilish yoki qabul qilmaslik mumkin. Bu har bir
bo‘lmaydi-ku! Xullas, modernizm munosabati bilan qil-
gan gurungimizdan faqat bitta xulosa chiqargim keladi:
yashasin erkinlik, yo‘qolsin qoliplar!
Dostları ilə paylaş: |