Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

U.Hamdam: 
Ha, modernizm an’analarni inkor etadi. 
Lekin o‘rniga o‘z realligini taqdim qiladi. Avvalo, nega in-
kor etadi? Chunki u real hayotda baxtli bo‘lishning im-
koni yo‘q, inson faqat o‘z xayollaridagi insondek yashay 
oladi deb biladi va, ispan esteti O. Gasset iborasi bilan 
aytganda, ko‘z soqqalarini 180 gradusga burib, e’tiborni 
ichkariga qaratadi. Modernizmning realligi ichkarida, in-
son botinidagi reallikdir. Lekin bunday xulosaga u «he» 
yo‘q, «be» yo‘q, tep-tekis yo‘lda keldimi? Aslo! Birinchi va 
Ikkinchi jahon urushlari oqibatida million-million inson-
ning yostig‘i quridi. Bu dahshatlar G‘arb tafakkur egala-
rining shundoq ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi. Natijada botin-
da «inson dunyoni qo‘l bilan isloh qila olmaydi, haqiqiy 
hayot, baxt insonning xayollarida» degan fikr tug‘ildi. 
XX asr san’atkori shunday deyishga majbur bo‘ldi. «Xa-
yol, xayol, yolg‘iz xayol go‘zaldir, Haqiqatning ko‘zlaridan 
qo‘rqamen...» – deb yozmadimi xuddi shu davr farzandi, 
ulug‘ o‘zbek shoiri Abdulhamid Cho‘lpon. Albatta, keyin-
roq modernizm o‘zini har ko‘yga solib ko‘rdi, jumladan, u 
adabiyotni o‘yinga aylantirishga urindi. Bu narsa, ayniq-
sa, modernizmdan keyin kelgan postmodernizmda avj 
oldi. Ayni hol nomlari zikr etilgan oqimlarning, siz ayt-
gandek, boshi berk ko‘chaga kirib borayotganidan darak 
edi. U yog‘ini so‘rasangiz, tanglik hozirgi dunyoning o‘zi-
da mavjud. Akademik Yuriy Borev bashariyatning hozirda 
boshi berk ko‘chaga kirib qolgani-yu uni yurishi uchun 
yangi paradigmaning, ya’ni yo‘lning yo‘qligi haqida bong 
urmoqda. Modomiki, boshi berklik zamonaviy hayotning 
o‘ziga xos jarayoni bo‘lsa, demak, «izm»lar (jumladan, 


222
223
havosidan simirib, kerakli qirralarini kifoya qilgulik dara-
jada o‘zlashtirgan bo‘lsa, bu faqat yutuqdir.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin