Ulug‘bek HAMDAM: Menga ko‘ra, eng yaxshi she’r
bularning barini o‘z ichiga olgan she’rdir. Biroq biz ba’zan
chiroyli ifoda qilingan aforizmni ham she’r o‘rnida qabul
qilamiz. Chunki ichimizda aforizmga, hikmatga bo‘lgan
ehtiyoj bor.
Sanjar NAZAR: Yozuvchi Nazar Eshonqul bilan suh-
batlashganimizda «XXI asr nasr asri bo‘ladi» degan edi.
Siz bunga nima deysiz?
Ulug‘bek HAMDAM: Yaqinda adabiyotshunos olim
Ibrohim Haqqul: «XXI asrda she’riyatimiz yanada ilgari
ketadi», – dedi. Har ikkala fikrda ham jon bor. Menimcha,
keyingi 15 yil mobaynida hayotimiz, dunyoqarashimizda
shunchalik azim evrilishlar bo‘ldiki, endi navbat (ijodkor
uchun!) o‘shalarni badiiy-estetik nuqtayi nazardan idrok
etishga keldi. Demak, shoir uchun ham, nosir uchun ham
ulkan imkoniyat paydo bo‘lib turibdi. Biroq hamma gap
ijodkor va uning tashabbusida.
Sanjar NAZAR: Ulug‘bek aka, oddiy o‘quvchi sifati da,
bugungi suhbatimiz singari mavzularning «Yosh kuch»da
yoritilishi qanchalik o‘rinli deb o‘ylaysiz?
Ulug‘bek HAMDAM: Men jurnalingizga oddiy o‘quv-
chi sifatida qaray olishim mumkindir, biroq ushbu suh-
batga unday qaray olmayman. Chunki har qanaqasiga
olib ko‘rmaylik, adabiyotga aloqador suhbatda ko‘taril-
gan muammolar men uchun juda muhim va qadrli bo‘lib
tuyulaveradi. Shunday bo‘lsa ham, oddiy o‘quvchiga bu-
ning (suhbatning) qizig‘i yo‘q bo‘lsa kerak deb yozishga
o‘zimda kuch topa olaman. Fikrlovchi o‘quvchi uchun esa
bunday suhbatlar judayam zarur. Endi tanlash (suhbatni
e’lon qilish-qilmaslik) sizlarning ixtiyoringizda.
Suhbat «Yosh kuch» jurnalining 2003-yil 2-sonida e’lon qilingan. ZAMON, INSON VA
MODERN SHE’RIYAT
221
A.Allambergenov: Modernizm an’analarni rad qiladi,
sizningcha, an’analardan uzilgan adabiyot (modern ta’li-
moti) boshi berk ko‘chaga kirib qolmaydimi?