Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix01.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#170606
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

3.2. HUJUM TEXNIKASI 
Hujumda qo`llaniladigan texnik usullarga-to`pni ilish va uzatish, 
uni yerga urib olib yurish, savatga otishlar, chalg`itishlar kiradi. Ular 
maydonda harakat qilish, to`xtashlar va burilishlar kabi usullar bilan 
birgalikda bajariladi. Hamma usullarni bajarish eng qulay va 
mustahkam dastlabki holat – turish holatidan boshlanadi. Turish 
holatini egallash uchun basketbolchi oyoqlarini yelka kengligida bir 
biriga yonma-yon qilib, bir chiziqda yoki bir oyog`ini oldinga 
chiqargan holda yerga qo`yishi lozim. Bunda oyoqlar bukilgan, 
gavda biroz oldinga egilgan, uning og`irligi oyoqlarga barobar 
taqsimlangan, qo`llar to`pni ilish va ushlab turish uchun qulay holda 
ko`krak oldida bukilgan bo`lishi kerak. To`p keng yoyilgan 
barmoqlar bilan kaftlarga to`liq tekkizilmagan holda tutib turiladi. 
2.1.Basketbolchi yurish, sakrash, to`xtash va burilish 
yordamida maydonda harakat qiladi. 
Bu guruh usullari oyoqlarning to`g`ri ishlashiga asoslanadi. 
Basketbolchilarning maydonda qilayotgan harakati har doim 
bajarayotgan ishiga qarab o`zgarib turadi. Basketbolchi qadamlab, 
yugurib, sakrab-sakrab, to`g`ri, qiyalab, yoysimon, ilon izi chiziqlar 
bo`ylab harakat qiladi. 
Yurish o`yin davomida boshqa usullarga nisbatan kam 
qo`llaniladi. Bu usul, asosan, turish holatini o`zgartirish maqsadida 
ishlatiladi. Basketbolchi maydonda tizzalari biroz bukilgan holda 
harakat qiladi. 
Yugurish maydonda harakat qilishnig asosiy usuli hisoblanadi. 
Bu usul og`irlikni oyoqning butun kaftiga qo`yib yoki uni tovondan 
oyoq uchiga o`tkazib, oyoqlarni odatdagidan birmuncha ko`proq 
egib, yumshoq qadamlar bilan bajariladi. Tezlanishlarni va keskin 
yugurishlarni bajarish uchun qisqa qadamlar bilan oyoq uchida 


30 
yuguriladi. 
1-jadval
2-jadval 


31 
O`yin texnikasi klassifikatsiyasi (tasnifi). 
S a k r a sh l a r. Basketbolchilar sakrashlarni bir oyoq yoki ikki 
oyoq bilan depsinib bajaradilar. O`yin davomida sakrashlar, 
ko`pincha, oldindan tayyorgarlik ko`rilmasdan va qayta-qayta 
bajariladi.
T o` x t a sh l a r qadamlab va sakrab bajariladi. Qadamlab 
to`xtashda basketbolchi yugurish maromini buzmasdan oxirgi 
qadami tovondan, kattaroq qilib qo`yadi; so`ng tayanch oyog`ini 
ko`proq bukadi va ikkinchi oyog`ini oldinga qo`yib, harakatini 
to`xtatadi va gavdani tayanch oyog`ining ustida tutib turadi. 
B u r i l i sh l a r oldinga va orqaga burilishlarga ajratiladi. Ular 
orqada yoki oldinda joylashgan oyoqda, bir joyda turgan holda va 
harakatda, to`p bilan va to`psiz bajariladi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin