36
T o` p n i t o` s i sh savatga to`p otishga qarshilik ko`rsatishda
qo`llaniladi. Himoyachi to`pni savatga otayotgan basketbolchining
old yoki yon
tomonidan juda yuqoriga sakrab, qo`lini biroz
to`g`rilaydi va keng ochilgan panjasini to`p ustiga qo`yadi. Boshqa
paytlarda to`p uchishning har xil fazalarida, ko`pincha, boshlang`ich
fazasida to`siladi. Bunda basketbolchi panjasi
yoki barmoqlari bilan
to`pni urib, uning yo`nalishini o`zgartiradi.
Ch a l g` i t i sh l a r. Himoyachi tomonidan hujumchining
ma’lum bir harakatlarini bajarishga majbur qilish maqsadida
qo`llaniladi. Buning davomida himoyachi to`pni
egallashga harakat
qiladi. Bunday chalg`itishlar to`pni egallashga qaratilgan usulning
yasama harakat yordamida bajariladi.
Dostları ilə paylaş: