Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/38
tarix01.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#170606
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

 
4.2. TAKTIKA TASNIFI 
O’yinning asosiy mazmuniga muvofiq taktika hujum va himoya 
taktikasiga bo’linadi. Uning har bir bo’limi o’yinchilari harakatini 
tashkil qilish prinsipiga qarab yakka, guruhli va jamoaliga bo’linadi. 
O’z navbatida, har bir guruh o’yinni olib borish ko’rinishini hisobga 
olib, ko’rinishlarga bo’linadi (masalan, yakka harakatlar, hujum 
davomida o’yinchilarning to’psiz harakati va o’yinchining to’p bilan 
harakati ham bo’lishi mumkin). O’yin harakatlarining aniq 
mazmuniga qarab ko’rinishlar usullarga bo’linadi. Bajarishning har 
xil xususiyatlarga ega bo’lgan usullar variantlarning paydo bo’lishiga 
sabab bo’lishadi. Masalan, markaziy o’yinchi orqali hujum qilish 
sistemasi pozitsion hujum qilish usullaridan biri hisoblanadi. Bir 


38 
vaqtning o’zida tayangan markaziy o’yinchilar sonini hisobga olib, 
bu sistema uchta variantga ega bo’lishi mumkin: bitta markaziy 
o’yinchi orqali, ikkita va uchta markaziy o’yinchilar orqali hujum 
qilish.
 
4.3. HUJUM TAKTIKASI 
To’pni egallagan jamoa hujum qiluvchi jamoa bo’lib 
hisoblanadi. Hujum qilish jamoaning o’yindagi asosiy vazifasidir. 
Hujum harakatlari yordamida jamoa tashabbuskorlikni qo’lga kiritadi 
va raqibni o’ziga bo’lgan taktik reja qabul qiishga majbur qiladi. 
Hujum qiluvchi jamoaning bosh maqsadi raqib savatiga to’p 
tashlashdir. 30 soniya ichida bunga erishish uchun uyushtirilgan 
ilgaridan o’ylab qo’yilgan va to’pni raqib shchitiga yaqinlashtirishga 
mo’ljallangan yaxshi tayyorlangan yo’llardan, hujumni bevosita 
o’tkazish va shchitdan qaytgan to’p uchun kurash imkoniyatini 
taminlash uchun, shu yakunlovchi kurash uchun qulay sharoitlar 
tuzishdan foydalanish kerak. Hujum taktikasi, jamoani aniq raqibga 
qarshi va musobaqaning har xil vaziyatlarida muntazam hujum olib 
borishning maqsadga muvofiqroq tadbir, usul va formalarini tanlab 
olish va ulardan foydalanishga imkon beradi. Hujum qilishning 
hamma harakatlari o’zining xarakteriga qarab yakka (individual) va 
jamoali hujumga bo’linadi. Taktika tasnifiga muvofiq harakatlar 
guruhli va jamoaliga bo’linadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin