Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi


To`p bilan bajariladigan usullar quyidagi texnik



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/38
tarix01.12.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#170606
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Спорт ўйинлари ва уни ўқитиш методикаси qo\'llanma ТАЙЙЁР Copy

 
2.2. To`p bilan bajariladigan usullar quyidagi texnik 
harakatni: to`pni ilib olish, uzatish, olib yurish va to`pni savatga 
otishni o`z ichiga oladi.
T o` p n i i l i b o l i sh. To`pni ilib olish – bu usul yordamida 
o`yinchi ishonarli ravishda to`pni yegallab olish va u bilan keyingi 
hujum harakatlariga kirishishi mumkin. To`pni ilib olishni bir qancha 
usullari mavjud: o`rtacha balandlikda kelayotgan to`pni ikki qo`llab 
ilish, yuqoridan uzatilgan to`pni sakrab ilish, pastlashib kelayotgan 
to`pni ilish, maydondan sapchigan to`pni ilish, dumalab kelayotgan 
to`pni harakatda ilish, bir qo`llab to`pni ilishlar.
T o` p n i u z a t i sh. Uzatish – bu uchish yordamida hujumni 
davom ettirish uchun o`yinchi to`pni sherigiga yo`naltiradigan 
usuldir. O`yin davomida uzatishning har xil usullari qo`llaniladi: 
ko`krakdan ikki qo`llab to`p uzatish, yuqoridan ikki qo`llab uzatish, 
yelkadan bir qo`llab uzatish, yuqoridan bir qo`llab «kryuk» usuli 
bilan uzatish, pastdan bir qo`llab uzatish, orqadan bir qo`llab uzatish, 
pastdan orqaga uzatish, qo`lning tagidan uzatish, bir qo`llab 
yelkaning ustidan uzatish. 
T o` p o l i b yu r i sh. To`pni bir qo`l bilan ketma- ket yerga 


32 
urish to`pni yerga urib yurish deyiladi. To`pni olib yurish - 
o`yinchiga to`p bilan maydon bo`ylab xohlagan tezlikda va istalgan 
yo`nalishda harakat qilishga imkon beruvchi usuldir. To`pni yyerga 
har hil: yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin. Bu 
usulda basketbolchi maydondan sapchitib qaytayotgan to`pni pastga 
tushirilgan va keng yoyilgan barmoqlari bilan tutib oladi. U qo`lini 
bukib, to`pni biroz yuqoriga kuzatadi, so`ng uni yana maydonga 
ma’lum burchak bo`yicha keskin itaradi. Bunda oyoqlar bukilgan, 
gavda biroz yengashgan, bosh to`g`ri tutilgan bo`lishi kerak. 
S a v a t g a t o` p o t i sh l a r. O`yinning yakuniy natijasi 
savatga otilgan to`plarning aniqligiga bog`liq. To`p otishni bajarishga 
tayyolanish jamoa hujumidagi asosiy mazmunni tashkil yetadi, 
halqaga tushirish yesa uning bosh maqsadidir. Ular har xil: yaqin (3 
metrgacha), o`rta (3 metrdan 7 metrgacha) va uzoq (7 metrdan ortiq) 
masofalardan bajariladi. Otishlar tavsifi bo`yicha ham har xil bo`ladi: 
bir joyda turib, harakatda, sakraganda. To`plarni savatga bir va ikki 
qo`llab 
otish 
mumkin. 
Hozirgi 
kunda 
to`plar 
savatga 
himoyachilarning qattiq qarshiligi ostida otiladi. Shuning uchun 
to`pning savatga aniq borishiga oyoqlarning, qo`llarning, ayniqsa, 
panjaning to`g`ri ishlashi, aniq mo`ljalga olish, shu sharoitga mos 
samarali usulni tanlash, shu bilan birga, basketbolchining muvozanat 
saqlashiga va har xil sharoitda qiyin muvofiqlashtirilgan harakatlarini 
bajarish imkoniyatlarini yaratish uchun ma’lum mushak guruhlarini 
bo`shashtirish qobiliyatlariga ega bo`lishi katta ahamiyatga ega. 
Raqibning harakatlari, to`s – to`polon, hisobdagi farq, charchash kabi 
omillar ham basketbolchilarning maydonda aniq harakat qilishlariga 
salbiy ta’sir ko`rsatadi. Savatga to`p otishlar har xil: bir joyda turib 
yelkadan bir qo`llab to`p tashlash; harakatda bo`lganda yelkadan bir 
qo`llab otish; ikki qadam qo`yib, yelkadan bir qo`llab to`p tashlash; 
sakraganda bir qo`llab otish; yuqoridan bir qo`llab («kryuk» usuli 
bilan) otish; pastdan bir qo`llab otish; yuqoridan pastga bir qo`llab 
otish; yuqoridan ikki qo`llab otish. 
Ch a l g` i t i sh l a r. Asosiy maqsadni bajarishdan avval uni 
berkitib, himoyachining diqqatini chalg`itish uchun hujumchi 


33 
bajaradigan harakatlar chag`itishlar deb ataladi. Ko`pchilik texnik 
usullar yoki ularning qo`shilmasi chalg`itish harakati sifatida 
qo`llanilishi mumkin. Chalg`itishlar qo`llanayotgan usullarga mos 
sur’atda bajarilishi kerak. Bunda muvozanat saqlanib qolinishi shart.
Chalg`itishdan keyingi haqiqiy harakatga nihoyatda tez o`tish lozim. 
Chalg`itish harakatlarini bir marta yoki bir necha marta bajarish 
mumkin. 
Chalg`itishlar 
faqat 
himoyachilar 
yaqin 
joyda 
turganlaridagina yaxshi samara beradi. Ular to`psiz va to`p bilan, bir 
joyda turganda va harakatda bo`lganda bajarilishi mumkin. Harakat 
paytida chalg`itishlarni bajarish qiyinroq hisoblanadi.
Chalg`itishning bir necha turlari mavjud: to`psiz chalg`itishlar 
ko`proq qarshiliksiz to`p qabul qilish uchun himoyachining yaqindan 
turib, ta’qib qilishidan qutilish maqsadida qo`llaniladi; to`p bilan 
chalg`itishlar uzatishni, otishni yoki to`pni yerga urib yurishni 
qarshiliksiz bajarish uchun qo`llaniladi; to`pni uzatish taqlid qilish 
bilan chalg`itish zonali himoyaga qarshi hujumda ko`proq 
qo`llaniladi; savatga otish imitatsiyasi bilan chalg`itish hozirgi kunda 
ko`proq tayanchsiz holatda qo`llaniladi; to`pni yerga urib yurishga 
o`tish taqlid qilish bilan chalg`itish himoyachining ta’qibidan to`pni 
yerga urib yurish bilan qutilish maqsadida qo`llaniladigan asosiy 
usuldir. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin