34
3.1. Himoyachining maydonda harakat qilish texnikasi
usullarning tavsifi va xususiyatlari, o`yinchining faol, mustaqil
mudofaa tavsifi va sherigi bilan o`zaro harakatlarning aniq
holati va maqsadiga bog`liqdir.
T u r i sh . Himoyada turish
hujum paytidagi turishdan
basketbolchi qo`llarining o`yin vaziyatiga qarab har xil joylanishi
bilan farqlanadi.
To`psiz hujumchidan uzoqda turgan himoyachining qo`llari
tirsaklarda erkin bukilgan bo`ladi. To`p ilishga tayyorlanayotgan
hujumchiga yaqinlashayotgan himochi qo`llarini oldinga –
yuqoriga
ko`tarishi mumkin. Agar to`pni egallab turgan hujumchi hali uni
yerga urib yurishga o`tmagan bo`lsa, himoyachi bir qo`lini to`pga
uzatadi, ikkinchisini esa maydonga, hujumchi o`tishi
mumkin
bo`lgan tomonga tushiradi.
Agar hujumchi to`pni yerga urib yurishni qo`llagan bo`lsa, unda
himoyachi ikkala qo`lini to`pga uzatib, uni egallashga harakat qilishi
mumkin. Himoyachi oyoqlarning joylashishi o`yin vaziyatiga qarab
o`zgarib turadi. Shitning o`ng va chap tomonida turgan hujumchini
to`sishda himoyachi uning maydon yon va tashqi chiziqlari bo`ylab
o`tishiga to`sqinlik qilish maqsadida
hujumchiga yaqin turgan
oyog`ini oldinga qo`yadi. Maydon o`rtasida joylashgan hujumchini
to`sishda himoyachining oyoqlari yonma - yon yoki oldinma – ketin
turishi lozim. Himoyachi qo`llari va oyoqlarining joylashishini
o`zgartirganda, o`z muvozanatini yo`qotmasligi kerak.
Himoyachining harakat qilish paytidagi o`ziga xos daqiqalar:
- dastlabki holatning
doimiy almashinishi;
- raqib hujumi boshlagunga qadar mo`ljallangan (oldindan
bo`ladigan) yo`nalishi haqida ma’lumotga ega bo`lmaslik;
- oldingi tezlanishlardan keyin keskin yugurishni bajarish, har
doim tavsiflari jiddiy farqlanadigan yo`nalish, usul va boshqa
kinematik
va dinamik daqiqalar;
- boshlang`ich harakat parametrlarining to`pning uchish
yo`nalishi va tezligi parametrlariga raqiblarning harakat qilishlariga,
35
texnik usullarining bajarilishi shaxsiy xususiyatlariga to`g`ri kelishi
kerakligi;
- «ishga soluvchi» ishoralarning (tovushli,
raqibning qarash
nigohi yo`nalishi, sherik yoki raqib harakatining boshlanishi,
murabbiyning aytib berishi va boshqalar) har xil yo`llanganligi va
har xilligi;
- portlovchi o`ziga xos kuchlar yordami bilan oldindan biroz
sakrab, faol start olish mumkinligi.
Dostları ilə paylaş: