75
mushaklarining ketma-ket va keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda
zarba beruvchi qo`l kafti to`pning orqa-yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi
taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi. Boshlang`ich o`rgatish
bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o`z vaqtida
berilganligiga va yo`nalishiga e’tibor qaratish zarur. Qo`nishda
hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda tayanch-
harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o`yin
harakatlarini bajarishga qulay sharoit yaratiladi. Jamoa hujumini
faqatgina to`g`ri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya qilmaydi.
Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida to`p yo`nalishini o`zgartirib
bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir.
6.12-rasm
To`p yo`nalishini o`zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining
tuzilishi to`g`ri zarba berish texnikasiga o`xshashdir. To`p o`ng tomonga
yo`naltirilganda, depsinishdan so`ng gavda o`ng tomonga burilib, bir oz
chapga engashtiriladi, chap qo`l yelkasi to`rdan olib qochiladi (6.12-
rasm). Biomexanika nuqtai nazaridan, yo`nalishi o`zgartirilgan hujum
zarbalarini berishda asosiy o`rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar
egallaydi. Himoya texnikasi. Himoya bu hujum harakatlariga qarshi
harakat qilishdir. Himoya usullaridan foydalanib hujum harakatlari
bartaraf etiladi.
Dostları ilə paylaş: