71
pog`onasining ko`krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo`ladi
(6.5-rasm). Sakrab orqaga to`p uzatish huddi tayanch holatda orqaga
to`p uzatish kabi bajariladi. To`p uzatishning eng murakkab usuli bu
sakrab bir qo`l bilan to`p uzatishdir. Bu usul to`p to`r
ustiga kelib
qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo`l tirsaklarda
bukilib, oldinga chiqariladi (6.6-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi,
barmoqlar bukilib, tarang holga keltiriladi. To`p uzatish tirsak
bo`g`inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi.
6.6-rasm
To`p kiritish texniksi
Bu texnik usul orqali to`p o`yinga kiritiladi. Bu usulning asosiy
maqsadi to`pni raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir.
Shuning uchun bu usul hujum texnikasining vositasi bo`lib hisoblanadi.
To`pni kiritish dastlabki holatdan va uchta ketma-ket fazalar:
tayyorgarlik (to`pni
tashlash, qo`lni silkish), asosiy (zarba berish) va
yakunlovchi (qo`lni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat.
Voleybolda pastdan to`g`ri, yuqoridan to`g`ri, yondan yuqoridan va
sakrab to`g`ri to`p kiritish usullari mavjud.
Bu usullarni bajarishda to`pga zarba berish turli tarzdagi ketma-ketlikda
bajariladi. Birinchi navbatda to`pga aylanma harakat berish, so`ngra
aylanma harakat bermasdan to`p kiritish (bir muncha murakkab
bo`lganligi sababli) usullari o`rgatiladi yoki takrorlanadi.
Pastdan to`g`ri to`p kiritish. O`yinchi oldinga engashib,
oyoqlarini
tizza qismida bukkan, bir oyog`ini (zarba beruvchi qo`lga nisbatan
qarama-qarshi) oldinga chiqargan holatda turadi (6.7-rasm).
72
6.7-rasm
To`p tirsak qismida bir oz bukilgan qo`l bel barobarida ushlab
turiladi. To`p gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba
berishda qo`l keskin ravishda orqaga harakatlantiriladi.
Zarba pastdan
yuqoriga-to`g`riga bajariladi. O`yinchi bir vaqtning o`zida orqa oyoqni
to`g`rilaydi va gavdaning og`irligini oldingi oyoqqa o`tkazadi. Zarbadan
so`ng qo`l harakati to`pni “kuzatib” borish bilan tugallanadi. Pastdan
to`g`ri to`p kiritish aniqligi asosiy uchta omil bilan aniqlanadi: qo`lni
silkish (zamax) yo`nalishi bilan – u keskin orqaga harakatlanishi kerak;
to`p tashlash balandligi bilan – u baland bo`lmasligi kerak; to`pga zarba
berish – u taxminan bel barobarida amalga oshirilishi zarur. Yuqoridan
to`g`ri to`p kiritish. O`yinchi to`rga qaragan holda yuqori holatni
egallaydi (6.8-rasm).
6.8-rasm
To`p ko`krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo`yiladi
(zarba beruvchi qo`lga nisbatan qarama-qarshi). To`p 1
m yuqoriga
oldinga tashlanib, o`yinchi qo`lini yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va
zarba beruvchi qo`l - yelkasini orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba
to`g`ri qo`l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul ikki xil
variantda: to`pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan
amalga oshirilishi mumkin. To`pga aylanma harakat bermasdan to`p
kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi
elementlarning bajarilishiga qat’iy amal qilish zarur (6.9-rasm). Bular:
to`pning qoq o`rtasiga
zarba berish; to`p tashlashning nisbatan pastligi
(0,5 m gacha); zarba beruvchi qo`lni orqaga nisbatan qisqa
73
harakatlantirish; kuchli (tezkor), va “aldamchi” (sekin) zarbalar berish.
Hujum zarbasini 2 yo`l bilan bajarish mumkin: to`g`ri (to`rga
nisbatan to`g`ri turgan holda) va yon tomon bilan (to`rga nisbatan).
6.9-rasm
Yuqoridan yon tomon bilan to`p kiritish. Yuqoridan yon tomon
bilan to`p kiritish usulida o`yinchi to`rga nisbatan yon tomon bilan
oyoqlarini tizzadan bukkan holda turadi (6.10-rasm). To`p 1
m gacha
balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O`ng qo`l bilan zarba berilganda, u
pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib, gavdaning
og`irligi o`ng oyoqqa o`tkaziladi. Zarba beruvchi qo`l orqadan-yuqoriga
yoy bo`yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi.
Gavda chapga
buriladi va og`irlik kuchi chap oyoqqa ko`chiriladi. Bu harakat
zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi.
6.10-rasm
Sakrab to`p kiritish. Hozirda sakrab to`p kiritish usuli keng
qo`llanilmoqda. Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum
zarbasini berishga o`xshashligi sababli uning mohiyati quyiroqda
yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: