79
o`yin vositalari, usullari
va shakllarini aniqlab, qo`llay olishdan iborat.
Taktik kombinatsiya – bu bir o`yinchiga hujum qilishi uchun qulay
sharoit yaratib berishga qaratilgan bir necha o`yinchining harakat
faoliyatidir. O`yin intizomi – har bir o`yinchi faoliyatining jamoa
faoliyatiga bo`ysunishi, bo`lajak o`yinda
rejalashtirilgan taktik
ko`rsatmalarni amalga oshirish, o`yin qoidalari va umuminsoniy
xislatlarga amal qilish va hakozo.
O`yin taktikasida quyidagi tushunchalar qo`llaniladi:
Birinchi temp atamasi hujum kombinatsiyasini birinchi bo`lib
boshlaydigan o`yinchiga tegishli bo`lib, u deyarli “past” va tez
uzatiladigan to`p bilan hujum uyushtiradi.Hujumchilarni «temp
bo`yicha» ajratish
shartli asosda qabul qilingan, shuning uchun
hujumchilardan barcha hujum usullarini va taktik kombinatsiyalarni
amalga oshirish talab etiladi.
Bog`lovchi o`yinchi o`yinning borishini to`g`ri baholay olishi va
turlicha bo`lgan o`yin vaziyatlaridan hujumni samarali tashkil eta olishi
lozim. Shu sababli bu funktsiyani bajarishga o`yinni nozik jihatlarigacha
tushunadigan,
jamoaning fikrini tezda anglab, o`yin mohiyatiga mos
kombinatsiyalarni tashkil eta oladigan, keng fikrli, vazmin o`yinchilar
tanlanadi. O`yinni samarali tashkil etishda jamoa imkoniyatlaridan kelib
chiqib, uni quyidagi tamoyilda tashkil etish mumkin: 4+2 (to`rtta
hujumchi va ikkita bog`lovchi o`yinchilar) va 5+1 (beshta hujumchi va
bitta bog`lovchi o`yinchi). Oxirgi variant
hozirgi zamon voleybolida
juda keng qo`llaniladi.
Taktikaning yakka guruh va jamoa shakllari mavjud. Taktikaning
usulari o`yin tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning
vositalariga esa o`yin malaka (priyom)lari va ularni barcha turlari kiradi.
Muayyan musobaqalarga mo`ljallangan taktik yo`nalish, taktik shakl,
usul va vositalar oldindan rejalashtirilgan strategik dasturga bo`ysinish
lozim. Barcha taktik harakatlar taktik bilimlar, fikrlash, vaziyatni to`g`ri
baholash, maqsadga
muvofiq qaror qabul qilish, jismoniy qobiliyat,
texnik mahorat va iroda imkoniyatlariga asoslanishi kerak.Taktik
harakat kibernetika nuqtai nazaridan murakkab vaziyatda eng samarali
qarorni topish unga munosib harakat qilish bilan bog`liq bo`lgan o`z-
o`zini sozlab boshqaruvchi faoliyatni anglatadi.
Taktik harakat MNSning afferent – efferent nerv retseptorlari,
tolalariishtirokida tashqi muhit ta’sirotlarini
qabul qilish, xotirada
saqlash, tahlil qilish vaziyatga munosib ravishda qayta ishlab
motivizatsiyani qoniqtiruvchi qarorga kelish kabi faoliyatlar bilan
80
bog`liq bo`lgan psixofiziologik jarayondan iboratdir.
Taktik harakatning samarali bo`lishida
bosh miya yarim sharlari
vaziyatini oldindan bilish (aks ettirish) qobiliyati alohida o`rin egallaydi.
Mazkur qobiliyat musobaqa vaziyatlariga nisbatan to`g`ri qarorga kelish
va maqsadga muvofiq taktik harakat qilish samarasini oshirishga imkon
yaratadi. Albatta, bunday qobiliyatni takomillashuvi sportchini o`yin
tajribasiga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun o`quv-mashg`ulotlar
jarayonida hali ro`y bermagan vaziyatni oldindan fahmlash, unga xos
qarorni tayyorlash va taxminiy harakat rejasini xotirada aks ettirish
qobiliyatlarini rivojlantirishga oid mashqlarni tanlash va ulardan unumli
foydalanish juda katta ahamiyatga ega.
Yuqori darajada takomillashgan mazkur qobiliyat taktik va strategik
rejani amalga oshirishda muhim poydevor bo`lib hisoblanadi.Oldindan
fahmlash
va
vaziyatga
munosib
harakat
qilish
qobiliyatini
rivojlantirishga oid mashqlar qo`llashda 3 ta jarayondan iborat faoliyatni
bajarish zarur bo`ladi.O`yin taktikasi ikki
qismdan hujum va himoya
taktikasidan iborat bo`lib, individual, guruhli va jamoa taktik harakatlari
asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: