Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

 
Hujum taktikasi 
 
Hujum taktikasi deganda jamoaning taktik harakati, guruhli taktik 
harakat individual taktik harakatlar tushuniladi. Hujumdagi keng 
qamrovli taktik faoliyat ma’lum bir taktik kombinatsiya asosida 
boshlanadi va kombinatsiya so`ngida individual harakat usuli bilan 
yakunlanadi. Hujum taktikasining mantiqiy ketma-ketligini mazmunini 
quyidagi tartibda ko`rib chiqamiz. Jamoaviy taktik harakatlar hujumdagi 
jamoaviy taktik harakatlar quyidagi yo`nalish bo`yicha amalga 
oshiriladi: ikkinchi to`p uzatishdan so`ng oldingi qator zonasi) dagi 
o`yinchilar tomonidan; ikkinchi to`p uzatishdan so`ng ikkinchi qator
zonasi) dagi o`yinchilar tomonidan; birinchi to`p uzatishdan so`ng. 
Quyida o`yinchilar va to`p harakatining shartli belgilari berilgan.


81 
Bog`lovchi o`yinchi oldingi zonada joylashganda hujumni 
uyushtirish variantlari 6.17-rasmda berilgan. Bunday hujumni 
uyushtirishning sezilarli kamchiliklaridan biri – bu hujumda oldingi 
qator o`yinchilaridan ikki kishining ishtirok etishi mumkinligidir. Lekin 
zamonaviy voleybolda himoya zonasidan tashkil qilinadigan hujum 
zarbalari ushbu kamchilikni deyarli bartaraf etgan desa bo`ladi. 
6.17-rasm 
Hujumni uyushtirishda bog`lovchi o`yinchi orqa qatordan to`r oldiga 
chiqib ikkinchi to`pni uzatganda, hujum qilish va uning samarasini 
oshirish imkoniyati kengayadi. Bog`lovchi o`yinchi orqada joylashgan 
1, 5, 6 zonalardan to`r oldiga chiqib, turli hujum kombinatsiyalarini 
tashkil qilish chizmasi 6.18-rasmda keltirilmoqda.
Shartli belgilar izohi 


82 
6.18-rasm 
Birinchi to`pni uzatishdan so`ng hujum qilish yoki aldab to`p 
tashlash (otkidka) hujum harakatlarini (6.19-rasm) samarali hal qilishga 
imkon bersa-da, ammo bu usullarni bajarish uchun zarur sharoit 
(uzatilgan to`pning juda qulay bo`lishi) va hujumchidan katta malaka 
talab etiladi. Aldab to`p tashlaganda, hujumchi yoki bog`lovchi o`yinchi 
(oldingi zonada joylashgan vaqtdagina) sakrab hujum zarbasini 
bajarayotganday (imitatsiya) bo`lib, aldamchi harakatni amalga oshiradi.
Guruhli 
taktik 
harakat 
deganda 
ikki 
yoki 
undan 
ortiq 
o`yinchilarning hujum vazifasini hal qilishi tushuniladi. Guruhli taktik 
harakatlar quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Bog`lovchi o`yinchi oldingi qatorda bo`lganda, uning ishtirokida 
hujum uyushtirish;
2. Xuddi shunday, faqat bog`lovchi o`yinchi orqa qatorda 
joylashganda;
3. To`pni qabul qilish va hujumchi tomonidan ikkinchi to`pning 
zarba beruvchi hujumchiga yetkazib berilishi;
4. Hujumchining hujum zarbasiga taqlid qilish bilan aldamchi to`p 
tashlashni amalga oshirishi.
Har bir guruhli harakat oldindan kelishilgan va o`rgatilgan taktik 
kombinatsiyalar orqali bajariladi. Hujumchilar hujum harakatlarini 
amalga 
oshirishda 
quyidagi 
tartibda 
harakatlanadilar: 
harakat 
yo`nalishini o`zgartirmasdan (har kim o`z zonasida); harakat 
yo`nalishini o`zgartirib; chalkash harakat yo`nalishida. Yuqorida 
ko`rsatilgan 
yo`nalishlar 
bo`yicha 
tashkil 
qilinadigan 
taktik 
kombinatsiyalarni ko`rib chiqamiz.
1. To`pni qabul qiluvchi uni 3 zonada joylashgan bog`lovchiga 
yetkazib beradi, o`z navbatida, bog`lovchi to`pni 4 yoki 2 zonaga (bosh 


83 
orqasidan) uzatadi. Agarda bog`lovchi 2 zonada joylashgan bo`lsa u 
to`pni 4 yoki 3 zonalarning biriga uzatadi. Ushbu kombinatsiyani 
bog`lovchi orqa zonadan oldingi zonaga chiqib to`p uzatishda ham 
qo`llashi mumkin. Bu kombinatsiyada asosiy vazifani 3 zonadagi 
o`yinchi bajaradi. U raqibda past, qisqa yoki tezlashib uchib boruvchi 
to`pni hujum qilinishi mumkin degan tasavvurni hosil qilishi kerak.
2. To`pni qabul qiluvchi uni 3 zonadagi bog`lovchi o`yinchiga 
yetkazib beradi. Bog`lovchi o`yinchi esa to`pni quyidagicha uzatib 
berishi mumkin: 4-3 zonalar oralig`iga qisqa zarba uchun; past 
trayektoriya bo`yicha o`z zonasiga; past trayektoriya bo`yicha bosh 
orqasiga; 3-2 zonalar oralig`iga qisqartirilgan masof bo`yicha. 
Hujumchilar 
zarba 
berish 
uchun 
ma’lum burchak asosida 
harakatlanadilar. Hujumchilarning shu tartibdagi bir qator harakatlari 
ma’lum ma’nodagi kombinatsiyalarning nomlanishiga sabab bo`ladi. 
Bularga «eshelon» va «to`lqin» kombinatsiyalarini misol keltirish 
mumkin. 
6.19-rasm 6.20-rasm 6.21-rasm 
«To`lqin» kombinatsiyasida uchta o`yinchi – bog`lovchi va 3-4 
zonalardagi hujumchi ishtirok etadi (6.20-rasm). 3 zonadagi o`yinchi 
past to`p uzatish (qisqa, uchishda) bilan bo`ladigan hujumni boshlab 
berish uchun yugurib keladi. To`p 4 zonadagi o`yinchiga, 4 va 3 zonalar 
oralig`iga uzatib beriladi. 3 zonadagi o`yinchi hujum zarbasiga taqlid 
qilib, raqibning to`siq qo`yuvchi o`yinchilarini chalg`itadi. Bu esa 4 
zona o`yinchisining hujumni samarali yakunlashiga (to`siqsiz yoki to`siq 
qo`yish kechikkanligi bilan bog`liq) imkon yaratadi. Kelishuvga asosan 
to`p uzatish uzunligi o`zgartirib boriladi. Agarda to`pni qabul qilish 4 
zonaga yaqin joyda sodir bo`lgan bo`lsa, «eshelon» (6.21-rasm) 
kombinatsiyasini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bu 
holda 3 zonadagi o`yinchining harakati yuqoridagi kabi bo`ladi, 4 


84 
zonadagi o`yinchi yugurish yo`nalishini o`zgartirib, 3 zonadagi 
o`yinchining orqasiga o`tmoqchi bo`ladi, ammo bu harakatni bir temp 
keyinroq bajaradi. Ushbu kombinatsiyani to`p 2 zona yaqiniga uzatilgan 
bo`lsa, 3 va 2 zonalarda ham bajarish mumkin.
3. Chalkashma kesim harakatlanishlar bilan amalga oshiriladigan 
taktik kombinatsiyalarni bajarish yuqori tayyorgarlik va malaka talab 
etadi. Bularga «Krest» (asosiy), «Oldinga krest», «Orqaga krest» 
kombinatsiyalari kiradi. «Krest» hujumida 3 va 4 zonalardagi 
hujumchilar ishtirok etadi. 4 zonadagi hujumchi tezkor harakat bilan 
bog`lovchi o`yinchi yoniga past (qisqa, uchib) uzatilgan to`pga hujum 
zarbasini berish yoki taqlid qilish uchun boradi (6.22-rasm). 3 zonadagi 
o`yinchi bir oz keyinroq 4 zona o`yinchisining orqasiga o`tadi va 
hujumni yakunlaydi. To`p uzatish trayektoriyasi oldindan kelishib 
olinadi, ammo to`p uzatish o`rtachadan baland bo`lmasligi zarur aks 
holda kombinatsiya o`z mohiyatini yo`qotadi. 
6.22-rasim 6.23-rasim 
«Oldinga krest» kombinatsiyasini 3 zona o`yinchisi boshlaydi (6.23 
a-rasm), 2 zonadagi sherigi uning orqasiga o`tib, bir oz kechikib 
sakraydi va hujumni yakunlaydi.«Orqaga krest» kombinatsiyasida esa 
harakatlanishni birinchi bo`lib 2 zona o`yinchisi boshlab beradi, 3 zona 
o`yinchisi esa uning orqasidan 2 zonada hujum qilish uchun 
harakatlanadi. Bu variantdagi kombinatsiya birmuncha murakkabroq 
hisoblanadi. Guruhli hujum harakatlari birinchi to`p uzatishdan keyin 
ham amalga oshirilishi yuqorida bayon etilgan edi. Bunday hujum 
harakatlarini faqatgina birinchi to`p sifatli qabul qilinganda (raqib 
jamoasi o`z harakatlarini hujum bilan yakunlay olmasa, o`yinga 
kiritilgan to`p qiyinchilik tug`dirmasa) amalga oshirish mumkin. Bunda 
hujum ikki xil variantda yakunlanishi mumkin. Birinchi variantda hujum 
zarbasi beriladi (6.24 a-rasm), ikkinchi variantda aldamchi to`p tashlash 
(6.24b-rasm) amalga oshiriladi.


85 
6.24-rasim 
Afsuski, 
yosh 
voleybolchilar 
bilan 
ishlaganda, 
taktik 
kombinatsiyalarni o`rgatish va ularni o`yin jarayonida qo`llanilishiga 
kam e’tibor beriladi. Taktik kombinatsiyalarni qo`llashda quyidagi ikki 
holatdan kelib chiqish zarur:
1. Taktik kombinatsiyalarni qo`llash aniq o`yin sharoitidan kelib 
chiqishi kerak;
2. 
Kombinatsiyalar 
jamoaning 
texnik-taktik 
tayyorgarlik 
imkoniyatlariga asoslanishi kerak.
Yakka taktik harakatlar jamoa va guruhli o`yin harakatlarining 
asosiy tarkibi bo`lib hisoblanadi. Ular to`psiz va to`p bilan bo`ladigan 
arakatlarga bo`linadi. To`psiz harakatlarga to`pni o`yinga kiritish, to`p 
uzatish, hujum qilish uchun joy tanlash va jamoa, guruhli harakatlarga 
ko`ra mos harakatlanishlar kiradi.
Hujum zarbasi uchun to`p uzatishda o`yinchining harakatlariga 
quyidagilar kiradi:
1) bog`lovchi o`yinchi oldida turgan hujumchiga to`p uzatish;
2) bog`lovchi o`yinchi orqasida turgan hujumchiga to`p uzatish;
3) hujumchilarga bir me’yorda to`p uzatishni taqsimlash;
4) raqib jamoasining kuchsiz to`siq qo`yuvchisiga nisbatan to`p 
uzatish;
5) to`pni qabul qilish va o`yinning taktik rejasidan kelib chiqib to`p 
uzatish trayektoriyasini belgilash;
6) to`pni aldamchi harakatlar bilan taqlid tarzida uzatishlar: oldinga 
to`p uzatayotganday bo`lib, uni raqib maydonchasiga tashlash; oldinga 
to`p uzatgandek ko`rsatib, bosh orqasiga to`p uzatish; bosh orqasiga to`p 
uzatishni ko`rsatib oldinga to`p uzatish.


86 
To`pni o`yinga kiritishda quyidagilar asosiy taktik harakatlar 
hisoblanadi:
1) to`pni kuch jihatiga ko`ra navbatlashtirish;
2) to`pni raqib jamoasining samarasiz qabul qiluvchi o`yinchisi 
tomon yo`naltirish;
3) to`pni raqibning asosiy hujumchisiga yo`llash;
4) to`pni yangi tushgan o`yinchiga yo`llash;
5) to`pni orqa zonadan chiqayotgan bog`lovchi o`yinchiga yo`llash;
6) to`pni o`yinchilar orasiga yo`llash;
7) to`pni maydonning bo`sh va qiyin qabul qilinadigan joylariga 
yo`llash.
Hujumdagi va hujum zarbalarini berishdagi asosiy taktik harakatlarga
quyidagilar kiradi:
1) hujum qilish usulini tanlash;
2) hujum zarbasini va aldamchi harakatlarni imitasiya qilish;
3) o`yin vaziyatidan kelib chiqib hujum zarbalarini berish usullarini
navbatlashtirish;
4) to`siq ustidan zarba berish, to`siq uchun ko`tarilgan qo`llar 
orasidan, to`pni to`siqdan maydon chekkasiga chiqarib yuborishni 
mo`ljallab zarba berish;
5) hujum zarbasini imitasiya qilib, sakrab to`p uzatish;
6) sakrab to`p uzatishni imitasiya qilib aldamchi harakat bilan to`pni 
raqib maydoniga tashlash.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin