Sport va harakatli



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/89
tarix01.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#170659
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
Sport o`yinlari. darslik

 
 


140 
X-MAVZU. FUTBOL O`YIN TEXNIKASI VA TAKTIKASINING 
TASNIFI 
 
Futbol texnikasining klassifikatsiyasi texnik priyomlarni umumiy 
(yoki o‘xshash) spetsifik belgilariga qarab guruhlarga bo‘lishdan iborat. 
O‘yin faoliyati harakteriga qarab futbol texnikasida ikkita yirik 
bo‘lim ajratiladi: maydon o‘yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. 
Har qaysi bo‘lim esa quyidagi: harakatlanish texnikasi va to‘pni 
boshqarish texnikasi bo‘limlariga bo‘linadi. Kichik bo‘limlar turli 
usullarda ijro etiladigan konkret texnik priyomlardan: harakatlanish 
texnikasi va priyomlari va usullaridan iborat. Bulardan maydon 
o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi . Ammo ayrim priyom va usullar 
o‘zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy 
mexanizmi bo‘lib, detallaridagina farq bo‘ladi. Har xil priyom, usul va 
turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
Futbol texnikasining klassifikatsiyasi berilgan. O‘rganilayotgan 
materialni sistemalashtirish, priyom, usul, turlarni tuzukroq tushunishga, 
ularni 
to‘g’ri 
tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni 
takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi. 
Futbol texnikasining xarakteristikasi maydon o‘yinchisi va 
darvozabon uchun umimiy kichik bo‘lim bo‘lgan harakatlanish 
texnikasidan boshlanadi.
10.1 Harakatlanish texnikasi 
Harakatlanish texnikasi quyidagi priyomlar guruhini o‘z ichiga 
oladi: yugurish, sakrash, to‘xtash, burilish. Harakatlanish texnikasining 
klassifikatsiyasi ko‘rsatilgan. O‘yin vaqtida harakatlanish texnikasi 
priyomlaridan xilma-xil tarzda qo‘shib foydalaniladi. Mana, masalan, 
futbolchining harakatlanish tezligi nihoyatda xilma-xil, sekin yurishdan 
boshlab startdagi tezlanishi maksimal tezlikka qadar o‘zgaradi, 
yugurishning maromi va yo‘nalishi qo‘qqisdan o‘zgarib turadi. 
Yugurishning xilma-xil priyomlarini sakrash, to‘xtash, burilish bilan 
birga qo‘shib olib borish futbolchi harakatlanishiga xos xususiyat 
hisoblanadi. Harakatlanish texnikasining priyomlari maydon o‘yinchilari 
va darvozabonning to‘pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog’liq. 
Harakatlanish texnikasi priyomlarini keragicha hamda kompleks tarzda 
qo‘llanish ko‘p taktik vazifalarni (to‘p olish uchun ochilish va raqibini 



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin