148
taxminan bir chiziqda bo‘ladi. Zarba beruvchi oyoqni orqaga tortish
so‘nggi yugurish qadamidagi ortki depsinish hisobiga bajariladi. Tepish
harakati sonni oldinga bukish bilan bir vaqtda zarba beruvchi oyoqni
tashqari tomon burishdan (supinatsiyadan) boshlanadi.
Zarba berish
paytida taranglangan oyoqning uchi tashqari tomon burilgan, uning kafti
esa to‘p uchadigan yo‘nalishga nisbatan aniq to‘g’ri burchak hosil qilgan
bo‘lishi kerak. Oyoq uchi sal ko‘tarilgan bo‘ladi. Zarba berish oyoq kafti
ichki sathining o‘rtasi bilan ijro etiladi. Oyoqning zarba berish vaqtidagi
holati surib borish vaqtida ham saqlanib qoladi.
Oyoq kaftining ichki tomoni bilan tepilganda to‘pga
oyoqning
kattaroq sathi tekkani uchun bunday tepish anchagina aniq bo‘ladi.
Biroq zarba beruvchi oyoqning orqaga tortilishi maksimal darajaga
yetmagani sababli, bu usulda berilgan zarbaning kuchi boshqa
usullardagiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Bu
esa tos son suyagi boshini
bo‘g’in chuqurchasiga siqib, sonning zarba berish harakati uchun zarur
bulgan supinatsiyasini yuq qilib qo‘yishi bilan bog’liq.
Oyoq yuzining ichki qismi bilan tepish
«o‘rtacha» va «uzun»
uzatishlarda, darvozaning uzunasiga «o‘qdek» berishlar va hamma
masofalardan nishonga tepish paytlarida qo‘llaniladi. Mazkur tepishni
bajarishda to‘p va nishonga nisbatan 45
0
hosil qilib yugurib kelinadi.
Yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan xususiy chetlanishlar 30
0
dan 60
0
gacha
bo‘lishi mumkin. Bunda zarba beruvchi oyog’ining
orqaga tortilishi
maksimal darajaga yaqin bo‘ladi. Tizzasi sal bukilgan tayanch oyoq
kaftining tashqi qismi (oyoq tagining tashqi cheti) yerga qo‘yiladi.
Gavda tayanch oyoq tomonga sal engashadi. Tepish harakati sonni
bukishdan
boshlanib, boldirni keskin yozib yuborish bilan tugaydi. Oyoq
uchi pastga cho‘zilgan, oyoq tarang bo‘ladi. Zarba paytida to‘p bilan
tizza bo‘g’imini birlashtirib turuvchi shartli o‘q frontal tekislikda
og’ibroq turadi.
Ana shu shart, shuningdek zarbani to‘pning o‘rta
qismiga berish natijasida to‘p past trayektoriya bo‘ylab uchadi.
Dostları ilə paylaş: