145
To‘pga oyoq bilan zarba berish
To‘pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq
yuzining ichki, ichki va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi bilan, tovon
bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz turgan to‘pga, shuningdek turli
yo‘nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to‘pga
turgan joydan,
harakat vaqtida sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi. Oyoq bilan
to‘p juda xilma-xil bo‘lishiga qaramay, ular texnikasini sistema-
struktura jihatidan tahlil qilish ko‘p usullar uchun umumiy bo‘lgan
asosiy harakat fazalariga ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Dastlabki faza
-yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi,
uning tezligi futbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga
qarab belgilanadi. Biroq har gal yugurib kelayotganda, to‘p oldindan
o‘ylab qo‘yilgan oyoq bilan tepiladigan qilib mo‘ljal olinishi kerak.
Bunga eng so‘ngidan bitta oldingi qadamni
qisqartirib yoki uzaytirib
erishsa bo‘ladi. Yugurish qadamlarining o‘rtacha uzunligi katta yoshli
futbolchilarda 130-150 sm ga teng bo‘ladi. Yugurib kelish zarba
beruvchi bo‘g’inlar tezligini oldindan oshirib olishga yordam beradi.
Tayyorlov fazasi
- zarba beruvchi oyoqni orqaga silkish va tayanch
oyoqni yerga qo‘yish. So‘nggi yugurish qadami vaqtida ortki
depsinishdan juda muhim kichik faza-zarba beruvchi oyoqni orqaga
tortish fazasi ijro etiladi. Sonni anchagina, goho esa maksimal darajada
orqaga tortib, tizzani bukish pirovardida keraklicha kuch bilan tepish
imkonini beradi, chunki bunda oyoqning to‘pgacha yetib keladigan yo‘li
uzayadi va son oldingi yuzasining muskullari tarang tortiladi.
Bundan
tashqari,
son
anchagina
orqaga
tortilganda
harakatlantiruvchi
muskullarning hammasi ham cho‘ziladi va keyingi bukish harakatida
ishtirok etadi. Bularning hammasi harakat oxirida katta tezlikga erishish
imkonini beradi.
Zarba beruvchi oyoq orqaga tortilishini to‘g’ri bajarish uchun
yugurib kelishdagi so‘nggi qadamni sal uzaytirish kerak. Bu qadam,
odatda, boshqalaridan 35-45% uzun bo‘lib, 200-250 sm.ni tashkil etadi.
Tayanch oyoq to‘pdan o‘ng yoki so‘l tomonga qo‘yiladi.
Ishchi faza
- zarba berish harakati va surib borish. Zarba berish
harakati tayanch oyoqni yerga qo`yish paytida sonni olg’a tomon aktiv
bukishdan boshlanadi. Bunda son bilan bukilgan boldir orasida hosil
bo‘lgan burchak saqlanib turadi. Boldir
bilan oyoq kaftining son
harakatidan orqaroqda qolishi butun oyoqning og’irlik markazini tos-son
bo‘g’imi tomon yaqinlashtiradi, bu esa oyoqning aylanish tezligini
oshirishga olib keladi. Zarba berish oldidan son sal tormozlanadi
146
(«Chxaidze paradoksi»). Bunga oyoqning massasi kichikroq qismi
(boldir va oyoq kafti qismi) tezligini oshirish uchun unga kattaroq
massali bo‘g’indagi harakat miqdorini (mv) asta-sekin o‘tkazib berish
kerakligi sabab. To‘pga boldir bilan oyoq
kaftini shiddatli qilichdek
harakatlantirib zarba beriladi. Zarba berish paytida oyoqning to‘piq bilan
tizza bo‘g’imini qotirib tutish kerak. Zarba beruvchi oyoqning «qattiq
richagga» aylanishi zarba beruvchi bo‘g’im massasini ko‘paytirish
imkonini beradi.Zarba paytidagi o‘zaro ta’sir boshlanishida oyoqning
to‘pga tekkan joyi to‘pning shaklini o‘zgartiradi – deformatsiyalaydi.
Oyoq bilan to‘pning birgalikda surilish tezligi nolga tenglashguncha to‘p
qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to‘p shaklini tiklaydi-da, to‘pning
tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi. Bu tezlik zarba
berayotgan oyoqning zarba boshidagi tezligidan sal kamroq bo‘ladi.
Energiyaning bir qismi sarflangandan qolgan deformatsiyaga va
qizitishga ketadi.
Futbol to‘pining elastik deformatsiyasi anchagina. Deformatsiya
fazalari bilan shaklning tiklanishi 0,008-0,013
sekundga yaqin davom
etadi. Oyoq to‘pga tegib turgan vaqtni mumkin qadar uzoqroq davom
ettirish kerak, chunki to‘pning uchish tezligi berilgan kuch (F) bilan shu
kuch ta’siri qancha vaqt (t) davom etganiga bog’liq. Shunday qilib
ishchi fazasi surib borish degan faoliyat bilan tugaydi. Bunda zarba
beruvchi oyoq to‘p bilan birga harakat qilib boradi. Surib borish kattaroq
kuch impulsi (Ft) hosil qilish imkonini beradi va o‘z navbatida bu
to‘pning uchish tezligini oshiradi. Bundan tashqari to‘pning harakat
yo‘nalishi ham ko‘p jihatdan surib borish yo‘nalishi bilan belgilanadi.
Yakunlovchi faza
-keyingi harakatni
boshlash dastlabki holatga
o‘tish. Zarba berilgandan keyin oyoq yuqorilab olg’a tomon harakatda
davom etadi. Zarba paytida tayanch sathi ustida bo‘lgan gavda og’irlik
markazi o‘qi oyoq harakati tomonga ko‘chadi. Shu tariqa keyingi
harakatlar uchun eng yaxshi sharoit vujudga keladi.Oyoq bilan to‘p
tepishning ko‘p usullariga bu singari harakat strukturasi xosdir.
Yuqorida bayon etilgan talablarga qat’iy rioya qilish turli usullarda
anchagina kuch bilan to‘p tepish imkonini beradi. Biroq taktik
mulohazalar ko‘pincha harakat fazalarini bajarish vaqtini qisqartirish,
amplituda va muskullar kuchayishini kamaytirishini taqozo etadi.
Bundan tashqari, to‘p tepishning bir qancha usullari texnikasida ba’zi
spetsifik xususiyatlar ham bor.
Dostları ilə paylaş: