Yuqoridagi holatlar yuzaga kelsa, Markaziy saylov komissiyasi Prezident
saylovini va alohida okruglar bo‘yicha Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini
tayinlaydi. Mahalliy Kengash deputatlari saylovi esa, tegishlicha viloyat, tuman,
shahar Kengashi tomonidan saylov o‘tkazilishiga bir oy qolganda tayinlaydi.
Prezident saylovi uch oy ichida o‘tkaziladi. Saylovlar saylov qonunlarining
barcha talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Deputatlar saylovi bir oy ichida
o‘tkazilishi munosabati bilan, saylov tadbirlari qisqartirilgan muddatda o‘tkaziladi.
Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun, uchastka saylov
komissiyalari esa, o‘n besh kun qolganda tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni
ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganda tugallanadi. Deputatlarning
vakolat muddati tugashiga olti oy qolganda o‘rin bo‘shab qolsa, shu o‘ringa
yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi ham mumkin.
0 ‘rni bo‘shab qolgan okruglarda saylov tashkil qilish va o‘tkazish,
nomzodlar ko‘rsatish, tashviqot-targ‘ibot ishlari ro‘yxatini tuzish, saylovchilarni
ogohlantirish, ovoz berishni tashkil etish, saylov natijalarini aniqlash saylov
qonunchiligida belgilangan tartiblar asosida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: