9-§. Deputat va senatorlarni chaqirib olish
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Qonunchilik palatasi
deputatlari va Senat a’zolarining vakolatini muddatidan avval tugatish yo‘llaridan
biri, ularni muddatdan avval chaqirib olishdir.
D e p u t a t va s e n a t o r l a r n i m u d d a td a n av v al c h a q irib o lish m a s a l a s i
2 0 0 4-y il 2-dekabrdagi
«Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini,
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va
Senati a’zosini chaqirib olish to‘g ‘risida»gi Qonun1 bilan tartibga solinadi.
Qonunga asosan, deputatni, senatorni chaqirib olishga quyidagilar sabab
bo‘ladi:
- deputatning, senatorning 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini
jinoiy, fuqaroviy, ma’muriy hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa turdagi
javobgarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda buzganligi;
- deputatning, senatorning axloq, deputatlik odobining um um e’tirof etilgan
normalarini qo'pol ravishda buzuvchi va deputat, senator nomiga dog‘ tushiruvchi
hamda davlat hokimiyati vakillik organlarining obro‘siga putur yetkazuvchi
harakatlar, nojo‘ya ishlar sodir etilganligi;
- deputatning, senatorning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘z
vazifalarini
m untazam
ravishda
uzrli
sabablarsiz
bajarmaganligi,
shu
jumladan, tegishli xalq deputatlari Kengashlarining, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘plami. - Т.:
2007, 230-233-b etlar.
2 3 3
Senatining majlislarida, ularning organlari ishida ishtirok etmaganligi, ularning
topshiriqlarini bajarmaganligi.
Qonun hujjatlarini, axloq va deputatlik odobi normalarini buzgan, o‘z
vazifalarini m u ntazam ravishda bajarmayotgan deputatni, senatorni chaqirib
olish zarurligi to‘g ‘risidagi qaror tegishlicha xalq deputatlari viloyat, tum an,
shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan
qabul qilinadi.
Deputatni, senatorni chaqirib olish masalasini ko‘rish uchun huquqni
muhofaza qiluvchi organlar va prokuratura tomonidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda berilgan so'rov ham asos bo‘lishi mumkin.
Deputatning, senatorning qonun hujjatlarini buzganligi dalillariga oid
materiallar xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik
palatasi yoki Senat (Senat Kengashi) tomonidan tegishlicha viloyat, tum an,
shahar prokuroriga yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga dastlabki
tarzda ko‘rib chiqish va ushbu masala yuzasidan xalq deputatlari Kengashining,
Qonunchilik
palatasining yoki
Senatining deputatlik
odobi
qo‘mitasiga
(komissiyasiga) xulosa taqdim etish uchun topshiriladi.
Xalq deputatlari viloyat, tum an, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi
yoki Senat (Senat Kengashi) deputatlik odobi qo‘mitasining (komissiyasining)
va prokurorning xulosalarini eshitish yakunlari bo‘yicha deputatni, senatorni
chaqirib olish haqidagi masalaning qo‘yilishi asosliligi yoxud asossizligi to‘g ‘risida
qaror chiqaradi.
Chaqirib olish to‘g ‘risidagi masalasi qo'yilgan deputatning, senatorning hamda
m azkur m asalaga doir materiallarni o‘rgangan va tayyorlagan prokurorning fikri
xalq deputatlari viloyat, tum an, shahar Kengashining, Qonunchilik palatasining
yoki Senatning (Senat Kengashining) majlisida eshitilishi mumkin.
Chaqirib olish to‘g ‘risidagi taklif asosli deb e’tirof etilgan taqdirda, davlat
hokimiyati vakillik organining tegishli qarori deputatni, senatorni chaqirib olish
bo‘yicha ovoz berishni tashkil etish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy
saylov komissiyasiga yuboriladi.
Tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisida saylangan
senator, eng avvalo, tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi,
xalq deputatlari viloyat, tum an, shahar Kengashining deputati bo‘lib, u tegishli
davlat hokimiyati vakillik organining deputati sifatida chaqirib olinadi.
M arkaziy saylov komissiyasi Senatning senatorni chaqirib olish zarurligi
to‘g ‘risidagi qaroriga muvofiq senator tegishli davlat hokimiyati vakillik organi
deputati etib saylangan saylov okrugida ovoz berishni tashkil etadi. Bunda ovoz
berish deputatni chaqirib olish bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tegishli davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisida saylangan
senator deputatlik maqomini yo‘qotganidan keyin, tegishincha deputatni
chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish natijalari ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran
senatorlik maqomini ham yo‘qotadi.
234
Qonun hujjatlariga muvofiq deputatni chaqirib olish u saylangan okrug
saylovchilarining yashirin ovoz berishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni Markaziy saylov komissiyasi
Saylov kodeksi talablari asosida tashkil qiladi.
M arkaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlarining
deputatni chaqirib olish masalasi bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazish zarurligi
to‘g ‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida qonunga
muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputatini,
shuningdek, Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish bo‘y»cha okrug
komissiyasi tuzilishini ta ’minlaydi hamda ovoz berish vaqti va joyini tayinlaydi.
M arkaziy saylov komissiyasi bu haqda tegishincha xalq deputatlari viloyat,
tuman, shahar Kengashini, Qonunchilik palatasini yoki Senatni xabardor qiladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, Qonunchilik palatasi
yoki Senat (Senat Kengashi) deputatni, senatorni chaqirib olish uchun ushbu
Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan materiallar tushgan
kundan e’tiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay, deputatga, senatorga
tushgan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yozma xabarnoma yuboradi.
Chaqirib olish haqidagi masalasi qo‘yilgan deputat saylovchilar bilan
uchrashishga,
saylovchilarning yig‘ilishlarida,
davlat
hokimiyati
vakillik
organlarining sessiyalari va majlislarida chaqirib olinishi haqidagi masala ko‘rib
chiqilayotganda ishtirok etishga hamda o‘zini himoya qilib so‘zga chiqishga haqli.
Deputatni, senatorni chaqirib olish haqidagi masala qo‘yilishiga sabab bo‘lgan
yolg‘on axborotni bila turib taqdim etgan shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Deputatni chaqirib olish ishlarini tashkil etish tegishli okrug komissiyasi
zimmasiga yuklanadi.
Deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazish uchun ovoz
berishga kechi bilan yigirma besh kun qolganida ovoz berish uchastkalari va
kechi bilan yigirma kun qolganida uchastka komissiyalari tuziladi.
Tegishli saylov okrugi saylovchilarining ro‘yxati ovoz berish kuniga kechi
bilan o‘n kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi.
Ovoz berish uchastkalari va komissiyalarni tuzish, komissiyalarning
vakolatlari, saylovchilar ro‘yxatini tuzish, ovoz berishni o‘tkazish Saylov
kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Deputatni chaqirib olish bo‘yicha yashirin ovoz berish byulletenida uning
familiyasi, ismi, otasining ismi, tu g ‘ilgan sanasi, lavozimi (m ashg‘ulotning turi)
koYsatiladi. Byulletenga alohida-alohida gorizontal qator qilib quyidagi matn
joylashtiriladi. «Deputatning chaqirib olinishini yoqlayman» va «Deputatning
chaqirib olinishiga qarshiman». Har bir qatorning ro‘parasida, o‘ng tomonga
bo‘sh kvadrat joylashtiriladi.
Saylovchi deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish chog‘ida deputatning
chaqirib olinishini yoqlashidan yoki uning chaqirib olinishiga qarshi ekanligidan
kelib chiqib, tegishli bo‘sh kvadratga belgi - krestik qo'yadi.
235
O krug va uchastka komissiyalarining vakolatlari muddati deputatni chaqirib
olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari chiqarilganidan keyin tugaydi.
Ovoz berish natijalari deputatni chaqirib olish bo‘yicha okrug komissiyasining
majlisida, ovoz berish o‘tkazilgan kunning ertasiga aniqlanib, bayonnomaga
kiritiladi, bayonnoma tegishincha Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat,
tuman, shahar saylov komissiyasiga yuboriladi.
Agar ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan ko‘pi deputatning
chaqirib olinishini yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, u chaqirib olingan hisoblanadi.
Agar ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarmidan kami deputatning
chaqirib olinishini yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, shuningdek, ovoz berishda ovoz
berish ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok
etgan bo‘lsa, deputatni chaqirib olish rad qilingan hisoblanadi.
D eputatning chaqirib olinishini yoqlab va chaqirib olinishiga qarshi berilgan
ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, deputat o‘z vakolatlarini saqlab qoladi.
Markaziy saylov komissiyasi yoki tegishli viloyat, tum an, shahar saylov
komissiyasi ovoz berish yakunlariga ta ’sir qilgan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi
tufayli ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bunday holda
takroriy ovoz berish tayinlanib, u m azkur Qonun talablariga rioya etilgan holda
kechi bilan ikki haftalik muddat ichida o‘tkaziladi.
M arkaziy saylov komissiyasi, tegishli viloyat, tum an, shahar saylov
komissiyasi okru g komissiyasidan olingan bayonnoma asosida deputatni chaqirib
olish bo‘yicha ovoz berish natijalarini besh kunlik muddat ichida ro‘yxatga oladi
hamda ommaviy axborot vositalari orqali xabar qiladi.
Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari
to‘g ‘risida M arkaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasini xabardor qiladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish
bo‘yicha ovoz berish yakunlari to‘g ‘risida tegishli viloyat, tum an, shahar saylov
komissiyasi tegishli davlat hokimiyati vakillik organini va M arkaziy saylov
komissiyasini xabardor qiladi.
D eputatning vakolatlari, agar ovoz berish natijasida chaqirib olingan bo‘lsa,
uni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish natijalari ro‘yxatga olingan paytdan
e’tiboran muddatdan ilgari tugatilgan hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan senatorni
chaqirib olish Qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan senatorni chaqirib
olish 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan amalga oshiriladi.
Deputat va senatorlarni chaqirib olishdagi qonun buzilishlar ustidan
Markaziy saylov komissiyasi yoki tegishli viloyat, tum an, shahar Kengashiga
saylov o‘tkazuvchi komissiyalarga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.
Deputatni, senatorni chaqirib olish bilan bog‘liq hujjatlar umumiy saylovdagi
kabi davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
2 3 6
1. Saylovlarning ahamiyati qanday?
2. Qaysi organlar saylov yo li bilan tashkil qilinadi?
3. Saylov huquqi nima? Saylov tizimi nima?
4. Saylov huquqining prinsiplari nimalardan iborat?
5. Saylov jarayoni nima va uning subyektlari kimlar?
6. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish asoslari qanday?
7. Saylov tsenzlari nima, saylanuvchilarga qanday talablar qo‘yiladi?
8. Mojoritar va proporsional saylov nima?
9. Saylov jarayonlari qanday bosqichlardan iborat?
10. Saylov komissiyalari tizimi qanday, ular qanday tuziladi?
11. Saylov komissiyalarining vakolatlari qanday?
12. Prezidentlikka, deputatlikka nomzod ko'rsatish tartibi qanday?
13. Tashviqot-targ‘ibot qanday olib boriladi?
14. Saylovchilar ro‘yxati qanday tuziladi?
15. Ovoz berish qanday tashkil qilinadi?
16. Saylov natijalarini aniqlash tartibi qanday?
17. Takroriy ovoz berish va takroriy saylov nima?
18. Saylanganlarni ro‘yxatga olish va natijalarni e’lon qilish tartibi qanday?
19. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov qanday o‘tkaziladi?
20. Deputat, senatorlarni chaqirib olish asoslari, tartibi qanday?
Dostları ilə paylaş: |