XXI bob. OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI
l-§. 0 ‘zbekistonda Prezidentlik institutining vujudga
kelishi va rivojlanishi
Dunyo miqyosida prezidentlik institutining vujudga kelishi demokratik
kuchlarning g'alabasi sifatida qaraladi. Chunki Prezident davlat boshlig‘i sifatida
paydo bo‘lgach, xalq o‘z davlat boshlig‘ini o‘zi saylab qo‘yadigan bo‘ldi yoki
prezident xalq saylagan vakillar tomonidan saylanishi va bunday mamlakatlarda
davlat boshlig‘i lavozimini merosga qoldirish tartibi barham topdi. Hozirgi vaqtda
BMTga a’zo bo‘lgan 192 ta davlatning 143 tasida prezidentlik lavozimi mavjud.
Shuning o‘zi ham dunyo xalqlari o‘z taqdirini Prezident bilan bog‘laganini
ko‘rsatadi.
Turli m am lakatlarning
rivojlanishida, jahon hamjamiyatida o‘rin tutishida
mam lakat prezidentlari ijobiy rol o‘ynaydi. Jorj Vashington, F. Ruzvelt, Mustafo
O ta Turk, Shari De Gol, I. Tito kabi prezidentlar o‘z mamlakatining taraqqiyotiga
katta hissa qo‘shib, xalqning, millatning iftixori, milliy qahramoniga aylangan.
0 ‘zbekistonda Prezidentlik institutining vujudga kelishi ham 0 ‘zbekistonning
mustaqilligi bilan bog‘liq va taraqqiyoti kafolatlaridan hisoblanadi.
Sobiq Ittifoqning oxirgi yillarida ijtimoiy hayotning
ham ma sohalaridagi
tartibsizliklar, inqirozlarga uchrash 0 ‘zbekistonda ham yaqqol sezila boshladi.
H am m a sohalarning mutlaqo izdan chiqib ketishi respublika miqyosida
yangicha boshqaruvga o‘tishni, Respublika bilan ittifoq o‘rtasida yangicha
munosabat o‘rnatishni taqozo qila boshladi. Buning uchun Respublikada aholini
birlashtira oladigan, markaz hujumlariga bardosh beradigan, m arkazning
roziligisiz, ishtirokisiz vujudga keladigan davlat boshlig‘i lavozimiga ehtiyoj
sezildi.
Bundan
tashqari, 0 ‘zbekiston shu paytda ham mustaqil respublika - davlat
hisoblansa-da, davlat boshlig‘i degan lavozim (bunday lavozimlar ittifoqda ham
yo‘q edi) bo‘lmagan. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi barcha davlatlar konstitutsiyalari
o‘rnatgan davlat boshlig‘i, degan institutni chetlab o‘tgan edi. Davlat boshlig‘i
vazifasini har doim kommunistik partiya rahbarlari bajarib kelgan edi. Bu hech
bir qonunda qayd qilinmagan edi. Shuning uchun bo‘xronli 90-yillarning oxirida
har qanday mamlakatda legitim davlat boshlig‘i lavozimi bo‘lishini davrning o‘zi
taqozo etdi.
Shuning uchun avval sobiq ittifoqda davlat boshlig‘i - prezident lavozimi
o‘rnatildi va 1990-yili m art oyida 0 ‘zbekistonda sobiq ittifoqdagi respublikalar
orasida birinchi bo‘lib Prezidentlik lavozimi - instituti o‘rnatildi.
Bu m arkazning
roziligini olmasdan, uning taqiqlashlariga qaramasdan
qilingan katta voqea bo‘ldi va aytish mumkinki, Prezidentlik lavozimining
o‘rnatilishi 0 ‘zbekistonning mustaqillik yo‘lidagi eng salmoqli va to‘g ‘ri qadami
bo‘ldi.
2 3 8
1991-yil dekabr oyida I. Karimov umumxalq tomonidan, muqobillik asosida
Prezident etib saylandi.
Shundan keyin mamlakatda boshqaruvni barqarorlashtirish,
ijro hokimiyatini
kuchaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. 0 ‘zbekistonning yangi
Konstitutsiya loyihasi ustida ishlashi jadallashtirildi.
1991-yil 31-avgustda mamlakat Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Soveti minbaridan 0 ‘zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi. Bu katta
tarixiy voqea bo‘lib, o‘zbek xalqining azaliy orzusi ushalishi edi. Shundan
keyin Prezident rahbarligida 0 ‘zbekistonning mustaqilligini amalda saqlash
chora-tadbirlari ko‘riladi. Xavfsizlikni ta ’minlash maqsadida mamlakat qurolli
kuchlari tashkil qilinib, mustahkamlanib bordi. M amlakatning
iqtisodiy tizimi
mustahkamlandi. M amlakat hududidagi barcha mulklar respublika mulki deb
e’lon qilindi. Hokimiyat tizimida rivojlangan mamlakatlar tajribasida qo‘llanib
kelgan hokimiyat bo‘linishi prinsipi qo‘llana boshladi.
Prezident rahbarligida qilingan yana bir muhim voqea bu - mustaqil
0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish bo‘ldi.
Konstitutsiya 0 ‘zbekistonning davlat suverenitetini mustahkamladi. Xalq
hokimiyatchiligini o‘rnatdi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat deb belgiladi.
Konstitutsiyada 0 ‘zbekiston demokratik, suveren respublika deb e’tirof etildi.
Davlat boshlig‘i sifatida Prezident belgilandi va Konstitutsiyada Prezidentni
saylash, Prezident nomzodiga qo‘yiladigan talablar, Prezident vazifasi hamda
vakolatlari belgilab qo‘yildi. 0 ‘zbekiston Prezidentiga taalluqli asosiy masalalar
Konstitutsiyaning « 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti»
degan XIX bobida
mustahkamlandi. Unda Prezident davlat va ijroiya hokimiyati boshlig‘i, degan
qoida bilan bir qatorda, Prezident bir vaqtning ozida Vazirlar M ahkam asining
ham Raisi, degan qoida o‘rnatildi.
0 ‘tish davrida, ayniqsa, ijroni ta ’minlashda bu to‘g ‘ri yo‘l edi.
0 ‘zbekistonning Birinchi Prezidenti m a’lum davrda shu mavqeni egallab,
0 ‘zbekistonda barqarorlikni ta’minlashga, milliy totuvlikka erishishda, iqtisodiy
tizimga bozor munosabatlarini joriy qilishda,
mamlakat xavfsizligini, fuqarolar
manfaatini himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. 0 ‘zbekistonning
jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni egallashiga, xalqaro huquqning to‘la
huquqli subyekti sifatida e’tirof etilishiga katta hissa qo‘shdi.
M amlakatimiz XXI asrga qadam qo‘yar ekan, jamiyatni rivojlantirish ustuvor
yo‘nalishlarini Prezident rahbarligida belgilab oldi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri
etib - mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish belgilandi1.
Erkinlashtirish davlat qurilishi va boshqaruvidagi islohotlarning asosini tashkil
etib, u boshqa hokimiyat tarmoqlariga,
shu jumladan, Prezidentning maqomiga
ham taalluqli bo‘ldi. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilgan voqealardan
Dostları ilə paylaş: