S h u n in g uchun ham Konstitutsiyamizning 16-moddasi birinchi bandida:
«M azkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi 0 ‘zbekiston Respublikasi huquq va
m anfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas», - deb
yozib qo‘yilgan.
Konstitutsiya qoidalari nafaqat mamlakat manfaatlariga, balki fuqarolar,
jamiyat manfaatiga zarar yetkazadigan tarzda talqin qilinmasligi kerak. Bu
Konstitutsiyaning ustunligi prinsipining muhim shartlaridan biridir.
K onstitutsiyadagi barcha qoidalar m am lakat, fuqaro, jam iyat m an fa atlarig a
mos ta rz d a qabul qilingan. S h u n in g uchun shu qoidalarni u la rn in g zara rig a,
u larg a z a r a r y etk azad ig an darajada talqin qilish aslo m um kin em as.
Shunday
hoi ro‘y bersa (Konstitutsiya qoidalari noto‘g ‘ri talqin qilinsa), bu narsa
faqat K onstitutsiyani buzish, u nga zarar yetkazish em as, 0 ‘zb ek isto n n in g
m ustaqilligi, davlat suverenitetiga, xalq xohish-irodasiga qarshi h a rak a t
hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 16-moddasi ikkinchi bandida «Birorta ham qonun yoki
boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari
va qoidalariga zid kelishi
mum kin emas», - deb belgilab qo‘yilgan.
Bu - Konstitutsiyaning ustunligini ta ’minlovchi muhim prinsip va amaliy
choradir.
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar nafaqat Konstitutsiyaga, balki qonunlarga
ham zid kelmasligi kerak. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar deganda, Prezident
farmoni, qarori, farmoyishi,
hukumat qarori va farmoyishi, mahalliy hokimiyat
organlari hujjatlari, markaziy idoralar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar
tushuniladi. Konstitutsiya va qonunga normativ-huquqiy hujjatlargina emas, har
qanday boshqa hujjatlar ham zid bo‘lmasligi kerak. Sud, prokuratura organlarining
qabul qilgan hujjatlari, jamoat birlashmalari, nodavlat
tashkilotlarning hujjatlari
ham Konstitutsiya va qonunlarga mos bo‘lishi, ularga zid kelmasligi kerak.
Konstitutsiya va qonunlarga har qanday hujjatlarning mos bo'lishi turli usul
va vositalar orqali ta ’minlanadi. Bunda prokuratura faoliyati, Konstitutsiyaviy
sud faoliyati muhimdir.
Sud hujjatlari: hukm, ajrim, qarorlar bekor bo‘lishining asosiy sababi ularning
Konstitutsiya va qonunlarga mos kelmasligi, zidligidir.
Davlat o‘z faoliyatida tayanadigan prinsiplardan biri adolat bo‘lsa, ikkinchisi,
qonuniylikdir. Qonuniylik prinsipida Konstitutsiya va
qonun ustuvorligi alohida
muhim rol o‘ynaydi. Bu masalani jamiyat, fuqaro, davlat hayotida muhimligini
uning Konstitutsiya maxsus bobida mustahkamlanganida ham ko‘rish mumkin.
M am lakatning taraqqiyoti unda qonunlarning ko‘plab qabul qilinishiga emas,
mavjud qonunlarga amal qilishga bog‘liqdir. Bunda fuqarolarning huquqiy ongi
yuksak bo‘lishi muhimdir.
Mansabdor shaxslar, davlat xizmatchilarining huquqiy ongi bilimi,
huquqiy
madaniyati yuqori darajada bo‘lishi kerak. Chunki ko‘p hollarda, Konstitutsiya
va qonunlarga zid hujjatlar idoraviy manfaatlarni ko‘zlab qabul qilinadi. Aslida
8 8
esa, ham m a uchun umumdavlat manfaati, xalq manfaati, fuqaro manfaati yuqori
turishi kerak.
Dostları ilə paylaş: