3-§. Tashqi siyosat prinsiplarining Konstitutsiyada
m ustahkam lanishi
Yuqorida qayd etilganidek, har qanday davlatning ichki va tashqi funksiyasi
mavjud. Tashqi funksiya tashqi siyosat orqali amalga oshiriladi. Davlatning tashqi
siyosati uning mustaqilligiga, geografik joylashuviga,
iqtisodiy salohiyatiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Uning qanday siyosat yuritishi ichki rivojlanishiga ham ta’sir qiladi.
0 ‘zbekistonning
mustaqilligi
tashqi
siyosatni
mustaqil,
o‘z
milliy
manfaatlaridan kelib chiqib belgilash imkoniyatini vujudga keltirdi. Bu
Konstitutsiyaviy tuzum ning muhim qismi davlat suverenitetiga taalluqli
bo‘lganligi tufayli konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. Konstitutsiyaning
IV bobi «Tashqi siyosat» deb nomlanib, undagi 17-moddada tashqi siyosat
prinsiplari belgilangan.
Shu moddada belgilangan prinsiplarni quyidagicha ajratish mumkin:
- davlatlarning suveren tengligini e’tirof etish;
- kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
- mamlakatlarning chegaralarini va daxlsizligini e’tirof etish;
- nizolarni tinch yo‘l
bilan hal etish;
- boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
- xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarini tan olish. Bular birgalikda
0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati prinsiplari tizimini tashkil etadi va
mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tinch-totuv yashashini, ijodkorlik bilan
s h u g ‘ullanishini ta ’minlaydi.
Bu prinsiplarning asosiy maqsadi 0 ‘zbekistonning
dunyo hamjamiyatida
tinch-totuv yashashini ta’minlash hisoblanadi. Konstitutsiyada belgilangan mazkur
prinsiplar xalqaro hujjatlar va xalqaro huquq normalariga to‘la mos keladi.
M azkur prinsiplarga amal qilish 0 ‘zbekistonning jahon miqyosida alohida
mavqega ega bo‘lishini ta ’minlab, tinch, osoyishta jarayonda ichki rivojlanishiga
ijobiy ta ’sir qiladi. Chunki xalqaro miqyosda tinchlikka erishish ichki
imkoniyatlardan, yaratuvchanlik yo‘lida foydalanishga imkon beradi.
0 ‘zbekiston mustaqil davlat bo‘lgandan boshlab biror-bir mamlakatga hududiy
e’tirozlar qilmaganligi, o‘z
navbatida, o‘zining mavjud hududi daxlsizligini
saqlash uchun, xalqaro huquq doirasida harakat qilayotganligi mamlakatimizning
Konstitutsiyaga amal qilib ish ko‘rayotganligini ko‘rsatadi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida davlatning faqat ichki tartibi, vazifasini
belgilash bilan cheklanilmaganligi, davlatning tashqi faoliyati ham konstitutsiyaviy
darajada o‘rnatilganligi konstitutsiyaviy tuzum ning barqarorligini ta’minlash
ichki va tashqi omillarga bog‘liqligidan kelib chiqadi.
0 ‘zbekistonning tashqi siyosat prinsiplarini quyidagicha tasavvur qilish
mumkin:
a)
davlatning
suveren tengligi deganda, har qanday davlat u qayerda
joylashganligidan, aholisining sonidan, davlat tuzilishi va boshqaruv shaklidan,
davlatning iqtisodiy qudrati darajasidan qat’iy nazar, xalqaro munosabatlarda
ular bilan bir xil munosabatda bo‘lish, ularning suveren davlatligini e’tirof etish,
h u rm at qilish, zaru r bo‘lsa, teng hamkorlik qilish hisoblanadi;
b) kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi turli qirg‘inbarot
u ru sh larn in g bo‘lishini
oldini oladi, ko‘plab qon to‘kilishi, vayronagarchilikka
uchrash xavfini bekor qiladi;
d) chegaralarning daxlsizligi prinsipi. 0 ‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasida
o‘zining
chegaralari,
daxlsizligi,
ajralmasligini
belgilab,
buni
davlat
suverenitetining ajralmas xususiyatlaridan biri sifatida o‘rnatgan. Xuddi shunday
boshqa davlatlarning chegaralari daxlsizligini ham hurmat qiladi. 0 ‘z hududini
boshqa davlatlar chegarasi hisobiga kengaytirishni maqsad qilib qo‘ymaydi.
Sobiq Ittifoq davrida milliy chegaralanishi natijasida vujudga kelgan qo‘shni
mamlakatlar va o‘z
chegaralarini tan oladi;
e) mamlakatimiz tashqi siyosatining muhim prinsiplari qatoriga yana
nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikni
kiritish mumkin.
H ar qanday masalada kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish yo‘li tanlangan. Bu faoliyat muzokaralar olib
borish, sabr-toqat bilan ishlashni taqozo etadi. Hozirgi kunda 0 ‘zbekistonda
diplomatik sohada ham mahoratli, yuqori malakali kadrlar tayyorlamjioqda, ular
tajribalarga ega bo‘lmoqda va natijada har qanday nizolarni tinch yo‘l bilan hal
etish imkoniyatlari kengaymoqda.
0 ‘zbekiston boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik prinsipini
dasturilamal qilib olgan va uni amaliyotda to‘liq qo‘llamoqda.
Yuqoridagi
prinsiplar
0 ‘zbekistonning
tashqi
siyosat
prinsiplarining
konstitutsiyaviy asoslari bo‘lib, ularning xalqaro huquqning um um e’tirof etilgan
qoidalariga mos tushishi bu prinsiplarga yanada hayotiylik bag‘ishlaydi.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston tashqi siyosatda xalqaro huquqning boshqa
um um e’tirof etilgan qoidalari va normalariga asoslanishi ham Konstitutsiyada
yozib qo‘yilgan (17-modda).
Dostları ilə paylaş: