fuqarolarni huquqiy m a’lumotlar bilan ta’minlash borasida ham ko‘plab
vazifalar
yuklatilgan.
Tadbirkorlik bilan sh u g ‘ullanuvchi fuqarolarning huquqlarini yanada kengroq
himoya qilish maqsadida, har qanday hokimiyat organlaridan xoli institut -
«biznes ombudsman» va Vazirlar M ahkam asida Bosh
vazir huzurida tadbirkorlar
murojaatlarini ko‘rib chiquvchi qabulxona tashkil etildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida,
chet ellarda ishlayotgan va yashayotgan 0 ‘zbekiston fuqarolarini himoya qilishni
kuchaytirish kerakligini qayd etdi.
• M amlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini
yanada takomillashtirish maqsadida 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
2020-yil 26-iyundagi Farmoni bilan «Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston
Respublikasining Milliy strategiyasi» tasdiqlandi1. Unda belgilangan vazifalarni
am alga oshishi, mamlakatimizda inson huquqlari xalqaro talab darajasida
bo‘lishini ta’minlaydi.
6-§. 0 ‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lm agan
shaxslarn in g huquqlarini ta’m inlash
0 ‘zbekistonda faqat 0 ‘zbekiston fuqarolarigina emas, um um an,
har qanday
shaxsning huquq va erkinliklari ta ’minlanadi. Shuning uchun Konstitutsiyada
faqat fuqaro emas, shaxs, uning hayoti,
qadr-qimmati, sha’ni va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb ko‘rsatilgan.
Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari» deb atalgan bo‘lib, ana shuning o‘zi
huquq va erkinliklar
fuqaro bo‘lmaganlarga ham taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning muqaddimasida 0 ‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan qoidalari ustunligini tan olishi belgilangan. Xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan qoidalarida esa, har qanday shaxsning, qayerda yashashidan,
qaysi mamlakat
fuqarosi bo‘lishidan qat’iy nazar, huquq' va erkinliklari ta’minlanishi belgilangan.
Xalqaro huquq qoidalaridan kelib chiqib, Konstitutsiyamizga: « 0 ‘zbekiston
Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning
huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari
va xalqaro shartnomalari
bilan belgilangan burchlarni ado etadilar», degan qoida kiritilgan (23-modda).
0 ‘zbekiston ishtirok etgan xalqaro va ikki tomonlama shartnomalarda inson
huquqlarini hurmat qilishga sodiqlik mavjud va u mamlakatimizda turli sabablar
bilan yashab turgan chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
huquqlarini ta’minlashga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: