O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M avzuni m ustahkam lash uchun savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M avzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. Shaxsning huquqiy holati nima?
2. Shaxs huquqiy holatining konstitutsiyaviy asoslari qanday belgilangan?
3. Fuqarolik nima?
4. Shaxs fuqaro bo‘lgach qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
5. Fuqarolarning qonun oldida tengligi nimani bildiradi?
6. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklash mumkinmi?
7. Yagona fuqarolik nima, uning ahamiyati nimada?
8. Fuqarolikka qanday ega bo‘linadi?
9. Fuqarolik qanday hollarda yo‘qotiladi?
10. Fuqarolarning huquqlari mamlakat ichkarisida va tashqarisida qanday 
himoya qilinadi?
11. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari qanday 
himoya qilinadi?
12. Fuqarolik to‘g ‘risida qonunchilikda qanday yangiliklar o‘rnatildi?
* «Tarixiy adolatning yana bir tantanasi*, «Xalq s o ‘zi*, № 56 (7558), 2020-yi! 17-mart.
2 Qarang: «Yangi 0 ‘zbekiston*, 2020-yil 25-yanvar.
109


IX bob. FUQAROLARNING SHAXSIY HUQUQ
VA ERKINLIKLARI
l-§ . «Shaxsiy huquq va erkinliklar» tushunchasi
«Shaxsiy huquq va erkinliklar» tushunchasini aniqlashdan avval um um an, 
«huquq», «erkinlik» degan tushunchalarni aniqlash lozim. Huquq - davlat 
tomonidan ta ’minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish
munosib yashash sharoitiga ega bo‘lish, zo‘rliklardan himoya qilinishning tabiiy 
imkoniyatidir. Erkinlik esa - biror-bir narsada (xulq-atvorda, faoliyatda) qonun 
bilan taqiqlanmagan, biror-bir cheklashning yo‘qligidir. Ya’ni huquqda asosiy 
masala imkoniyatga ega bo‘lish, erkinlikda esa, cheklashning yo‘qligidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquq va 
erkinliklari uch guru h g a bo‘lib m ustahkam langan. Bular: «Shaxsiy huquq va 
erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar».
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ustuvor huquq hisoblanadi va 
bu 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida birinchi o‘rinda berilganidan ham 
ko‘rinadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning hayoti, so g ‘lig‘i, e’tiqodi bilan 
bog‘liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon etuvchi 
imkoniyatdir.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, odatda, tabiiy huquqlar deb ham yuritiladi. 
Ular inson t u g ‘ilishi bilan vujudga keladi. Ularni davlat bermaydi. Faqat shu 
huquqlarni davlat ta ’minlaydi va shunga majbur. Shaxsiy, ya’ni tabiiy huquqlar 
barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta ’minlanadi. Shaxsiy huquq 
va erkinliklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va qabul qilishda 
fuqarolarning shaxsiy huquqlari belgilangan xalqaro hujjatlar, jumladan, Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga amal qilindi.
Natijada, birinchi marta, Konstitutsiyada yashash huquqi qayd qilinib, bu 
huquqni ta ’minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash 
mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati bo‘lsa, bu Konstitutsiya 
asosida, unda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni ba’zi hollarda cheklash 
qonunga asosan amalga oshirilishi belgilangan.
Lekin shunday huquqlar borki, ularni aslo cheklash, ulardan m ahrum qilish 
mumkin emas. Masalan, yashash huquqi.
Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qat’iy nazar foydalanadi 
va davlat ham barchaga, fuqaroligidan qat’iy nazar, shaxsiy huquq va 
erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi.
Konstitutsiyaga asosan shaxsiy huquq va erkinliklar bilan bog‘liq insonning 
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
110


hisoblanishi ham bu huquqlarning huquq va erkinliklar tizimida ustuvor 
hisoblanishiga olib keladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin