O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

2-§. Yashash huquqi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi
Insonning hayoti, shaxsi va erkinligi daxlsizdir1, - deb qayd qilingan 
Konstitutsiya qabul qilinayotgan Oliy Kengash sessiyasida va shu g ‘oya 
Konstitutsiyada to‘la o‘z ifodasini topgan.
Inson hayoti Konstitutsiyada yashash huquqining belgilanishi va har 
tomonlama ta’minlanishi bilan kafolatlanadi.
Konstitutsiyaning 24-moddasida: «Yashash huquqi har bir insonning uzviy 
huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», - deb belgilangan.
Insonning yashash huquqi qonunlar bilan himoya qilinadi. Yashash huquqi 
hayot kechirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun inson hayotiga har qanday tajovuz 
qonunga asosan jazolanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida 
inson hayotiga qilingan tajovuzlarga jazo belgilangan. Kodeksning 97-moddasida 
qasddan odam o‘ldirish uchun, 98-moddada kuchli ruhiy hayajon natijasida 
qasddan odam o‘ldirish uchun, 99-moddada onaning o‘z chaqalog‘ini (bolasini) 
o‘ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Xuddi shuningdek, Jinoyat 
kodeksida ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish, zaruriy mudofaa chegarasidan 
chiqib odam o‘ldirish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.
O g ‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarni o‘lim jazosi orqali hayotdan m ahrum
qilish masalasi ham yashash huquqi bilan bog‘liq hodisa. Bu ayrim davlatlarda 
oxirgi chora tariqasida qo‘llaniladigan jazo. Mamlakatimizda demokratlashtirish 
jarayoni chuqurlashib borishi bilan bu masalaga ham yondashuv o‘zgarib 
bormoqda. 0 ‘zbekiston XXI asrga ijtimoiy hayotning barcha sohalarini 
erkinlashtirish vazifasi bilan kirib keldi. Bu borada 2001-yil ikkinchi chaqiriq 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida qabul qilingan «Jinoiy 
jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda M a ’muriy javobgarlik to‘g ‘risidagi 
kodeksga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun2 muhim rol 
o‘ynaydi.
Umuman, 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘lim jazosini qo‘llashni 
kamaytirishga harakat qildi. Mustaqillikka erishilgan vaqtda Jinoyat kodeksining 
30 dan ortiq moddalarida o‘lim jazosi belgilangan bo‘lsa, 1994-yilda 13 ta moddada
1998-yilda 8 ta moddada, 2001-yilda 4 ta moddada o‘lim jazosi ko‘zda tutildi.
2005-yil 28-yanvarda Prezident 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin