O. T. Husanov konstitutsiyaviy


« 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g ‘risida*gi Qonun, 22-modda



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 « 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g ‘risida*gi Qonun, 22-modda.
103


e) 
ag ar shaxs chet davlatning fuqaroligini tu g ‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet 
davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga 
yetm agan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet 
davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.
0 ‘zbekiston 
fuqaroligini yo‘qotganlik uning erining (xotinining) 
va 
farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
5-§. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish
Shaxs fuqaro bo‘lgach, fuqaro va davlat o‘rtasida ma’lum munosabatlar orqali 
uzviy bog‘lanish vujudga keladi. Bu bog‘liqlik o‘zaro huquq va majburiyatlar 
orqali mustahkamlanadi.
Fuqaroning davlat oldidagi majburiyatlari uning Konstitutsiya va qonunlarda 
belgilangan burchlari orqali amalga oshirilsa, o‘z navbatida, davlatning fuqaro 
oldidagi majburiyatlari ham Konstitutsiyada belgilangan m as’uliyati orqali 
amalga oshiriladi.
Davlatning fuqaro oldidagi m as’ulligi konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari 
darajasiga ko‘tarilganligi (2-modda) mamlakat ichkarisida ham, tashqarida 
ham davlat faoliyatini fuqarolarning huquqlarini, manfaatini himoyalashga 
yo‘naltirishga asos bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 22-moddasida bu masalaning qonuniy ifodasi o‘z o‘rnini 
topgan. Unga asosan, « 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning 
tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik 
ko‘rsatishni kafolatlaydi».
Fuqarolarni m amlakat hududida himoya qilish turli vositalar orqali amalga 
oshiriladi. Bular:
- fuqarolar huquq va erkinliklarining Konstitutsiya va qonunlarda belgilab 
qo‘yilishi;
- fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta ’minlovchi, buzilgan huquqlarni 
tiklovchi davlat organlari tizimining o‘rnatilishi;
- fuqarolarning huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat tuzilmalari faoliyatiga 
ko‘maklashish.
Avval aytilganidek, fuqarolar huquqlarini ta’minlashda sud organlarining 
faoliyati alohidadir. «Sudlar to‘g ‘risida»gi Qonunda sudlarning asosiy vazifasi 
fuqarolar huquqlarini himoya qilish, deb ko‘rsatilgan. Boshqa davlat organlarining 
faoliyatiga tegishli qonunlarda ham fuqarolarning huquqlari, xavfsizligini 
ta ’minlash vazifasi mavjudligini ko‘ramiz.
Konstitutsiyaning 100-moddasida, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga 
kiritilgan vazifalar qatorida, fuqarolarning xavfsizligini ta ’minlash ko‘rsatilgan, 
bu «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qonunda yanada kengroq 
ifodalangan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, 
Adliya vazirligi tarkibida inson huquqlarini himoya qiluvchi maxsus tuzilmalar 
tashkil qilingan va ular samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
104


0 ‘zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar tizimi 
yaratilgan. Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 
va Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson 
huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynovchi milliy institutlardandir.
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, manfaatlari nafaqat 
mamlakat ichkarisida, balki boshqa mamlakatlar hududida ham davlat tomonidan 
himoya qilinadi. Bu vazifani bevosita 0 ‘zbekistonning chet mamlakatlardagi 
diplomatik va konsullik idoralari bajaradi. 0 ‘zbekiston fuqarolari chet ellarda 
surishtiruv, tergov, sud organlari tomonidan javobgarlikka tortilsa, davlat ularni 
huquqiy himoya qilish, advokatlar bilan ta ’minlash choralarini ko‘rishi mumkin.
Bularning 
barchasi 
0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasining 
43-moddasida 
mustahkamlangan: 
«Davlat 
fuqarolarning 
Konstitutsiya 
va 
qonunlarda 
m ustahkam langan huquqlari va erkinliklarini ta ’minlaydi», - degan qoidaning 
amaliy ifodasidir. Davlatning fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta ’minlash 
m as’uliyati mamlakat ichkarisida ham, xorijiy mamlakatlarda ham amalga 
oshiriladi.
Fuqarolar huquqlarini himoya qilishda Ombudsman instituti muhim rol 
o‘ynaydi, bu haqda Prezidentimiz shunday degan edi: «Oliy Majlis tarkibida 
inson huquqlari masalasi bilan shug‘ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga 
muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylayman. Bu Oliy qonunchilik organimiz maqomiga 
mos keladi. Muhimi u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni 
yangi sifat darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi»1.
2004-yil 
avgustda 
«Oliy Majlisning Inson 
huquqlari 
bo‘yicha 
vakili 
(Ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu Qonunda 
Vakilni saylash tartibi takomillashtirildi. Shuningdek, uning huquqiy maqomi 
birmuncha aniqlashtirildi. Uning asosiy vazifasi sifatida fuqarolarning qonuniy huquq 
va manfaatlarini himoya qilish belgilandi. Bundan tashqari, Vakilning huquqlari va 
shikoyatlarni ko‘rib chiqish chog‘idagi huquqlari alohida tartibda belgilandi.
Xuddi 
shuningdek, 
1996-yil 
31-oktabrdagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Milliy markazi fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda alohida 
o‘ringa ega. Unga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- inson huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarini 
amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga 
ko‘maklashish;
- inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- mamlakatda inson huquqlari ahvoli haqida milliy ma’ruzalar tayyorlash 
va boshqalar. M arkazga fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish,

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin