Kishilarning sha’ni, obro‘sini himoya qiluvchi tegishli vositalar bo'lib, ular
orasida sud muhim rol o‘ynaydi. Har bir kishi o‘zining sha’ni, obro‘sini himoya
qilishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Insonning sha’ni, obro‘siga
turm ush sharoitida, xizmat vazifasini bajarish
jarayonida putur yetishi mumkin. Shunday hollarda ular sudga murojaat qilishlari
mumkin. Sud ishni ko‘rib, inson sha’ni, obro‘sining buzilishi hollarini aniqlasa,
tegishli choralar ko‘radi. Bunday choralar natijasida
aybdorlarga turli jazolar
berilishi, zarar ma’naviy va moddiy tomondan qoplanishi mumkin. Ko‘pincha
inson sha’ni, obro‘siga tuhm at natijasida zarar keltiriladi. Ko‘ra olmaslik, hasad
kabilar ham inson sha’ni, obro‘siga tajovuzni tu g ‘diradi.
Jamiyat bir jamoa hisoblanib, uning a’zolari
umumiy manfaati, unda yashash
qoidalariga amal qilish zarurligi bilan birga, har bir kishi o‘z hayotini qonun
doirasida o‘zicha tashkil qilishi mumkin. Shuning
uchun har bir shaxsning
shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.
Har bir kishining normal hayot kechirishida turar joyi muhim rol o‘ynaydi.
Turar joy - insonlarning asosiy hayot makoni.
Kishilarning turar joyi daxlsizdir. Bu degani - hech kimning turar joyiga uning
roziligisiz kirish, tintuv o‘tkazish, biror narsani olib ketish mumkin emas. Qonun
xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish yoki unga qarshi kurashish
uchun turar joylarga kirish, tintuv o‘tkazishga ruxsat
beradi va qanday hollarda,
kimning ruxsati bilan shunday harakatlarni sodir etish tartibini belgilab qo‘yadi.
Qonunga asosan, zarurat bo‘lganda, prokurorning sanksiyasi (roziligi)
bilangina, kishilarning turar joyiga kirish, tintuv o‘tkazish mumkin.
Xuddi shuningdek, hech kim ning yozishmalari, telefonda so‘zlashuvlari
oshkor qilinishiga yo‘l
Dostları ilə paylaş: