tenglashtirishga qaratilgan bo‘lib, u shaxs manfaatlarini himoya qilishni
kuchaytirishga to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri ta ’sir qiladi.
Shaxsning aybini isbotlash
uchun uni qiynoqqa solish, unga nisbatan
zo‘ravonlik qilish, insonning qadr-qimmatini kamsituvchi
har qanday harakat
sodir etish, tazyiq o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining 206, 235-moddalarida shunday
harakatlar uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan.
Shunday harakatlar sodir etilgudek bo‘lsa, aybdor shaxslar jazolanadi.
Shunday
harakatlarni
sodir
etmaslik jinoyat
qonunlarimizning
muhim
prinsiplaridan biri deb belgilangan.
0 ‘zbekiston Xalqaro huquqning um um e’tirof etilgan
qoidalariga sodiqligini
namoyon etib, 1995-yil 31-avgustda «Qiynoq hamda muomala va jazolashning
qattiq
shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga
qarshi Konvensiya»ga qo‘shilgan.
Jahon tajribasida shaxsning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazish
shaxsning qadr-qimmatiga qaratilgan qonunsiz harakat deb e’tirof etilgan.
0 ‘zbekistonda ham bunday tajribalar taqiqlanadi.
Shaxsning roziligisiz unda
turli tajribalar o‘tkazilishi natijasida insonlar naqadar xo‘rlanganligini, hayotdan,
so g ‘liqdan m ahrum bo‘lganligini Ikkinchi jahon
urushida konslagerlarda
fashistlar qilgan ishlardan bilamiz. Shunday holatlar takrorlanmasligi uchun
bizning mamlakatimizda kuchli huquqiy asoslar mavjud.
4-§. Har kim ning sha’ni, obro4siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy
hayotiga aralashishdan him oyalanish va turar joy d axlsizligi
Dostları ilə paylaş: